O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə18/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
majmua

Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O‘quv yurtlari yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs, o‘z ishining ustasi bo‘lgan o‘qituvchiga muhtoj.
O‘qituvchining bilim saviyasi, ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan biridir.
O‘qituvchi yurish-turishi, xatti-harakati, kiyinishi, muomalasi bilan o‘quvchi qalbiga kirishi, uni ezgulik sari yo‘naltirishi kerak. O‘quv yurtlarida ruhiy xizmatdan foydalanib bolalar kayfiyatini, intilishini va qobiliyatlarini aniqlash ta’lim-tarbiya jarayonlariga ijodiy yondoshishga imkon beradi.
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur'oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanish juda muhim.
Shunday ekan, o‘quv yurtlarida o‘quvchilarga gumanitar - ijtimoiy fanlardan ta'lim berishda tarbiyaga ko‘proq e’tiborni qaratmoq lozim. Ayniqsa hozirgi sharoitda O‘zbekiston tarixi, adabiyotini o‘qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bo‘lgan milliy mana-viyatga, milliy ruh, urf-odat va, shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga alohida urg‘u berish zarur. Yaxshi o‘qituvchi o‘quv-chilarning so‘zini diqqat bilan tinglaydi ularga dalda beradi, tinchlantiradi, to‘g‘ri baho qo‘yadi, hammani teng ko‘radi, bolalarni sevadi. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir.
O‘qituvchi o‘quvchiga, avvalgidek, tarbiya obyekti emas, xuddi o‘zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya'ni o‘quvchiga faqat mening buyrug‘imni bajaruvchi emas, balki mening o‘zim bilan teng huquqli, birga ishlovchi, hamkorlik qiluvchi deb qarashi lozim. Bola butun qalbini darsga bag‘ishlasa, uni og‘ir ahvolga solib qo‘ygan bo‘lamiz, u faqat o‘quvchigina emas, avvalo, rang-230
barang qiziqishlar, ehtiyojlar, intilishlarga ega bo‘lgan insondir.
Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o‘zligini anglash huquqini ta'minlaydi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə