O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə10/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
majmua

Oliy ta’lim. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. (O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 14- moddasi).
Oliy o*quv yurtidan keyingi ta’lim. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktorantura, muslaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
42Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlami tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjallarida belgilanadi. (O‘ zbekiston Respublikasi «Т a’ lim to4 g‘ risida»gi qonunning 15- moddasi).
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi 0 ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 16- moddasi).
Maktabdan tashqari ta’lim. Bolalar va o‘smirlaming yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ulaming bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy. sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə