O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T., «O‘qituvchi», 1992- y, 23- bet



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə24/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
majmua

1 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T., «O‘qituvchi», 1992- y, 23- bet.
A Avloniy, ilm-tarbiya jarayonida o‘zlashtiriladi va u yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi, deb hisoblaydi. U tarbiya bilan ta’limning birligi muammosini ishlab chiqdi. Garchi Avloniy ta’lim bilan tarbiya o ‘rtasida ozgina farq borligini aytgan bo‘lsa ham, ular tana va jon singari bir-biriga chambarchas bog‘liqdir, deydi1.
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) I sinf uchun «Yengil adabiyot», П sinf uchun «O'qish kitobi» va «Qiroat kitobi» kabi darsliklar yozgan. Ammo mazkur darsliklar qo‘lyozmaligicha qolib ketdi. O‘sha paytlarda nashr etish imkoni bo‘lmagan.
Hamza o‘z tadqiqotlarida tovushli savod o‘rgatish metodini ishlab chiqqan. Uning tadqiqotidagi asosiy g‘oya o‘qitish va tarbiyalashga kompleks yondashish, yoshlaming aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasini o‘zaro bogMiq holda amalga oshirishdan iborat edi.
Yuqoridagi asarlaming nomlaridan va pedagogik fikrlardan ay on bo‘ladiki, mazkur mualliflar didaktikaga o‘qitish san’ati sifatida, shuningdek, o‘ziga xos amaliy ko‘nikma sifatida qaraganlar. Didaktika tushunchasini Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ham ana shu yo‘sinda sharhlagan. Uning bu boradagi fikr-mulohazalari 1657-yilda nashr etilgan «Hammaga hamma narsani o‘qitishning universal san’ati ifodalangan buyuk didaktika» nomli asarida bayon qilingan Komenskiy didaktika faqat o‘qitish san’atidangina emas, balki tarbiyalash san’atidan ham iboratligini qayd qilgan va tarbiya har tomonlama axloqiylik
58yo‘nalishidagi fe’l-atvorni shakllantirishning zarur sharti ekanini ham uqtirgan.
Didaktikani yuqoridagicha tushunish XIX asr boshigacha, ya’ni taniqli nemis pedagogi va faylasufi Iogan Genrix Gerbart (1776-1841) didaktikaning asosiy nazariyasini ishlab chiqqunicha davom etgan.
Binobarm. u didaktikani pedagogikaga bo’ysunadigan tarbiyalovchi ta’limning yaxlit va ziddiyatsiz nazariyasi sifatida talqin qiladi.
Gerbart va xususan, uning izdoshlari ana shu nazariyaning rolini hisobga olib, didaktikaning asosiy vazifasini - darsda bayon qilinadigan material ekanini rad etdilar. Gerbart konsepsiyasiga muvofiq, o'qituvchi. asosan, o'quvchilami yangi o‘quv materiali bilan tanishtirishga doir harakatlarini tahlil qilishi lozim edi.
XVIII asrda shveysariyalik pedagog I.G. Pestalossi kamol toptiruvchi ta’limning prinsiplari tizimini asosladi. XIX asrda esa nemis pedagogi A. Disterveg o‘zining «Nemis o‘qituvchilari tichun» qo‘llanmasida o‘quv jarayonini faollashtiradigan talablaming butun bir kompleksini taklif qildi. Fan va texnika shunday tezlikda taraqqiy topmoqdaki, maktab ta’limi bilan ulaming ketidan quvib yetish mumkin emas. Lekin maktabni bitirgan yoshlar, albatta, o'zlari bilmaydigan ilmiy kashfiyot- larga, jamiyatni rivojlantirishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi tizimiga duch keladilar. Lozim darajadagi aqlga, irodaga va hissiyotga ega bo‘lgan kishilargina notanish ma’lumotlami tezroq o'zlashtirib olishi mumkin.
Bilim va malakalami tarkib toptirish naqadar zarur bo‘lsa-da, hozirgi didaktika ana shu soha bilangina chegaralanib qola olmaydi.
Endilikda o‘quvchilami kamol toptirishda optimal natijalar beradigan o'qitish jarayonining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarurati tug*ildi. O‘quvchilaming kamol topishi ta’lim jarayonida amalga oshishi Iftbabli bilim va malakalami o‘zlashtirishga qaratilgan didaktik prinsiplar malum natijalami beradi. Lekin vazifa qandaydir natijalarga erishishdan emas, balki o'quvchilami kamol toptirish uchun o'qitishning eng yuqori samaradorligini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun esa o‘quv jarayonining qurilishini ishlab chiqish kerak. Didaktikada tarbiyalovchi dunyoqarashni shakllantirish masalalari ko‘riladi, ta’lim Jgrayonida o'quvchilarda mustaqillikni, tashabbuskorlikni va shaxsning boihqa ayrim sifatlarini tarbiyalash vazifalari tahlil qilinadi. Mana Ithundey muliim masalalaming ко‘rib chiqilishi maktabdagi ta’lim- tarbiyanlng birligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, mazkur vazifani amalga oshirish uchun zarur ilmiy-pedagogik asoslarni
59yaratish didaktika sohasidan ko‘ra ko‘proq tarbiya nazariyasiga taalluqlidir. CPqitish negizi yuksak axloqli qilib kamol toptirishdan iborat. Ana shunday harakatlarda o‘qishga da’vat qilish, o‘qituvchi bilan o‘quvchilaming o‘zaro munosabatlari va ta’limning mctodlari masalalari boshqacha tus oladi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə