O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə32/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
majmua

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini izohlang
2. O‘quv rejasi, dasturlar va darsliklar nimalarga asoslanib tuziladi.
3. O‘quv rejasini tuzishda qanday omillarga asoslaniladi?
4. O‘quv dasturi qanday prinsiplarni o‘z ichiga oladi?
5. Darsliklarni tahlil qilishda nimalarga e’tibor berishimiz


8. MAVZU: PEDAGOGIK KASBIY KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK.TA’ LIM TARBIYA JARAYONIDA ILMIY VA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH.
Reja:
1. Kreativ ta’lim deb nimaga aytiladi?
2. Kreativ ta’limning mazmun mohiyati nimalardan iborat?
3. Kreativlik va uning tashxislanishi haqida
4. Kreativ dars tuzilishi.
5. Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni nimalardan iborat?


Kreativ ta’limga zamonaviy yondashish
Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarining rivojlanishi. Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal rivojlanayotgan innovatsion ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, ijod potensiali, o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy individuallik va kreativlik talablariga javob berish muammosiga katta e’tibor qaratishi lozim.Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining alohida muhimligini belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning dinamik (rivojlanib, o‘sib boruvchi) tasniflanishi kreativlik va uning asosiy qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va pedagogika fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsa-da, «kreativlik» tushunchasi tegishli lug‘atlarda munosib defferensiyasini topmagan va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. O‘nlab ilmiy ishlarda ilmiy ijodkorlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o‘ziga va na unga taalluqli bo‘lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas.
Hozirda, rivojlanishning zamonaviy bosqichida, mazkur an’a-nalari inson faktorining hal qiluvchi o‘rnini belgilamoqda. Bu faktorning fenomenologiyasida ijodkorlik uning belgilangan asosi-ni tashkil etadi. Ijodkorlik inson fenomenining namoyon bo‘ladigan yuksak ko‘rinishi bo‘lishiga qaramasdan, u eng kam o‘rganilgan soha bo‘lib, tabiiy qonuniyat sifatida qaraladi. Gap shundaki, ijod jarayonining tabiatidagi tasodifanlik, kutilmaganlik avval-199
boshdanoq uning zamonaviy ilmiy metodlarda o‘rganish imkoniyatini chegaraladi. Zamonaviy fan imkoniyatlari ijodkorlik tabiatining mavjud dalillar va savollarni to‘liq qoniqtiradigan uni-versal tushuntirish imkoniyatiga ega emas. Hozirgacha Vatanimiz-da va chet ellarda to‘plangan bilimlar ijodkorlik psixologiyasi mo-hiyatini tushunishga yetarli emas. Jamiyat taraqqiyoti tajribasida psixologiya va pedagogikada ijodkorlik psixologiyasi sohasida izlanishlarni faollashtirish taqozo etilmoqda, chunki ijodkorlik natijalari faqatgina shaxsiy tasnifga ega emas, balki ijtimoiy ahamiyatga egadir.
Psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi alohida yo‘nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga keldi. Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy) likni o‘rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanish-ning asosiy mexanizmi sifatida (N.V.Kipiaki, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, I.N.Semenov va boshqalar) qaraladi va uning o‘rganilishi M.S.Bernshteyn, V.S.Bibler, V.N.Shkin, O.K.Tixo-mirov, E.G.Yudin va boshqalar nomi bilan bog‘liq.
Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo‘nali-shi ustida g‘arb olimlari: J.Gilford, S.Liding, V.Smit, D.Xalperik va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Chet el olimlarining krea-tivlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va umum-lashtirib R.Xameni yozadi: «Kreativlik o‘zida yangicha yo‘sinda amalga oshirilgan o‘zlashtirish to‘lqinini (Makkelif), yangicha aloqadorliklarni aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish (Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga sabab bo‘luvchi faoliyatidir». Ko‘pchilik tadqiqotchilar kreativ-likni belgilashda shaxsning o‘ziga xosligi va xususiyatlariga e’tibor qaratadilar. J.Gilfodning fikricha, kreativlik va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. E.Torrens kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning yetarli bo‘lmasligi muammosi, qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya va taxminlarning shakllanishi, yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens, 1996y.)200
Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida – ijod-korlik determinantlari borasida, jamoa ijodkorligini boshqarishda tashkilotchilik muammosi, jamoaning funksional-rolli differen-siyasi yo‘nalishi bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Kreativlik ijodiy tafakkurning yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi ta’kidlanadi. V. Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli bo‘lgan obyektga qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha: «Kreativlik bilim, faoliyat va istakning uyg‘unligi». Psixologiyada evristika muammosini o‘rganish borasida V.N.Pushkin: «Evrestik faoliyat shunday psixologik jarayonki, uning yordamida muammo yechimi topiladi, yangi yondashuv ishlab chiqiladi, evrestik faoliyat deb ataluvchi qan-daydir yangilik yaratiladi», degan edi. Kreativlikning tasniflanishi kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi psixik komplekslar tarkibi bilan bog‘liq. Kreativlikning psixologik izlanishlardagi asosiy urg‘u muammolarni mustaqil yechishga undovchi, o‘ziga xos katta hajmdagi g‘oyalarni yuzaga keltiruvchi va ularning o‘ziga xos yechimini topishga asos bo‘luvchi individning intellektual va shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi. Kreativlik istisno etilgan va g‘aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki izlanishlardan farqli ravishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan individ kompleksi sifatida qaralmoqda.
Bu kreativlik muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon bo‘ladi: u faqatgina har bir shaxs ham qo‘lga kirita olmaydigan natija emas, balki refleksi va o‘z-o‘zini baholashdagi shaxsning yangicha sifat ko‘rsatkichi deb o‘rganilmoqda. Kreativlik haqidagi ko‘pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda mavjud bo‘ladigan psixologik kreativlik mexanizmi va ijodkorlik imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
An’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilgan: Kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida (D.B.Bogolevs-201
kaya, L.B.Yermolayeva-Tomina), yoki shaxs sifatlarining integ-ratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Biroq oliy ta’lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat ko‘rsatkichini va namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning o‘zi yetarli emas.
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir.
Shu sababli, kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o‘rganish zarur.
O‘tgan asrning 60–70 yillari pedagogikada kreativlik muammosini o‘rganishda keskin burilish yillari bo‘ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo‘ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limning psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandilar. (V.V.Da-vidov, I.A.Zimnaya, N.V.Kuzmina, A.M.Matyushkin, Y.A.Pono-marev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) Kreativlikni o‘rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo‘llashning umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o‘ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida qaraymiz. Kreativlik – shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishning murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat ongli, balki ong osti tushunchalari paydo bo‘ladi.202
Kreativlik tabiatini o‘rganish muammosiga bag‘ishlangan psi-xologo-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilib, odatda, intellektual kreativlik masalasiga duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik kreativlik sohasida amalga oshirilgan izlanishlar ancha kam. Ko‘p hollarda tadqiqotchilar pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik muloqot jarayonini o‘rganadilar, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini yaxshilash uchun tavsiyalar beradilar. Pedagogika va psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: bu hodisa yaxlit va tuzilish jihatdan tushunish uchun yagona tu-shunchalar tizimi mavjud emas. Inson shaxsida kreativlik, uning darajasi, tuzilishi va o‘ziga xosligi inson individualligining boshqa bir jihatini o‘zlashtirish jarayonining o‘ziga xosligi va shaxsiy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlikni tasniflash kreativlik hodisasining kelajakda o‘rganilishi kutilayotgan yangi bir yo‘nalishidir.Kreativlikni intellektual kreativlik va ijtimoiy kreativlikka bo‘lish mumkin. Intellektual kreativlik analiz va sintezdan iborat. Analiz va sintez qila olish qobiliyati umumiy intellektning asosidir. Ijtimoiy kreativlik o‘zida kasbiy kreativlikni mujassamlashtiradi, uning ko‘pgina turlari orasida pedagogik kreativlik ham mavjud.Pedagogik kreativlik kommunikativ va didaktik kreativlikdan iborat. Didaktik kreativlik o‘zida intellektual boyliklarga intilish va shu bilan birga novatorlik qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Kommunikativ va didaktik kreativlik pedagogik qobiliyatning asosi hisoblanadi. Pedagogik qobiliyat ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi. Pedagogik ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.
Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlarni kreativ emas insonlardan farqlovchi hissiy chizgilari (o‘z-o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o‘z-o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va boshqalar fikriga toqatsizlik) individning shaxsiy o‘ziga xosligi katta ta’sir ko‘rsatadi.Kreativlikning motivlikka munosabatini belgilovchi yagona qarashlar tizimi mavjud emas. Nuqtayi nazarlardan biriga ko‘ra, kreativlikda individ o‘z imkoniyatlaridan 203
maksimal darajada foydalanadi, faoliyatning yangi qirralarini izlab topadi. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra kreativ kishilarni motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish, o‘z imkoniyatlari chegarasini aniqlashga intilishdir.
Aytish mumkinki, har ikkala nuqtayi nazar ham o‘zida kreativ insonlarning, motivlashning individual variantlarini mujassam-lashtirgan. Innovatsion faoliyatning o‘ziga xosligi muammosida o‘qituvchi xulq-atvorining o‘quvchilar kreativligini rivojlantirish bilan bog‘liq tasniflanishi katta ahamiyatga ega, chunki oxir-oqibat bilim emas, balki rivojlanish omili bo‘lgan alohida malakalar va ularning xulq-atvorga qo‘llanishi muhimdir. Torransning izlanishlarida o‘qituvchi xulq-atvorida bolalar kreativ rivojlani-shiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi dalillar keltirilgan: ijodiy fikrlash qiymatini baholash, bolalarni atrofdagi qo‘zg‘atuvchi omillarga nisbatan sezuvchanligini oshirish, obyekt va g‘oyalarni erkin boshqara olish, ijod jarayoni haqida konstruktiv axborotni rivojlan-tirish, tanqidchilikni emas, konstruktiv tanqidni rivojlantirish, o‘z-o‘ziga hurmatni orttirish, baholanishdan qo‘rqish hissining oldini olish va boshqalar. Shunday qilib, potensial kreativlik imkoniyatlar kreativligidir.
Imkoniyatlar kreativligi amaldagi kreativlikka – dolzarb kre-ativlikka aylanishi uchun, dastlabkisi ma’lum faoliyatda o‘zlash-tirilishi uchun ichki o‘zgarishlarga duch keladi. Shunday qilib, kreativlik o‘zlashtirilganlar asosida rivojlantiriladi, keyinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi, o‘qituvchining mavjud tajribasi qayta tuziladi. Pedagogik innovatsiyalarga moslashishdan toki qayta tuzishgacha bo‘lgan yo‘l o‘qituvchi innovatsion faoliyati dinamikasi asosini tashkil qiladi.
Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini ko‘rsatadilar: birinchi daraja – bu sinf bilan elementar munosabat.
O‘qituvchi teskari aloqani qo‘llaydi, uning natijasiga ko‘ra o‘z harakatlarini belgilaydi. Lekin bu faoliyat metodik qo‘llanmalar yoki boshqa o‘qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi daraja – dars faoliyatini, uning rejasini tuzishdanoq optimal-lashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o‘qituvchiga ma’lum maqsadni amalga oshirishda mazmun, metod va shakllarni to‘g‘ri 204
tanlashdan iborat. Uchinchi daraja – evristik. Pedagog o‘quvchilar bilan jonli muloqotning ijodiy imkoniyatlarini qo‘llaydi.
O‘qituvchining eng yuqori darajadagi ijodkorligi uning to‘liq mustaqil faoliyatida namoyon bo‘ladi. U avvaldan ma’lum bo‘lgan usullarni qo‘llashi mumkin, ammo u ularga o‘zining shaxsiy munosabatini qo‘llaydi. O‘qituvchi ijodiy individualligi, tarbiyalanuvchining shaxsiy o‘ziga xosligi, ta’limning aniq darajasi, tarbiyalanganlik darajasi, sinfning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda zaruriyat taqozo etgan darajada ish olib bora-di. Tayyor tavsiyalarni amalda qo‘llash darajalari ham farqlanadi: optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy, mustaqil.Tadqiqotchilar fikrlari orasida kreativ insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan, o‘zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar, degan fikr yetakchilik qiladi. O‘rganilayotgan muammoga V.A.Slastenin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki turga bo‘lishni taklif qiladilar: potensial va dolzarb. Potensial kreativlik – muallifning fikricha, kreativlik faoliyatidir, individiumni potensial joylashuvi ma’lum tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning asos tayyorgarligini tashkil etadi; potensial kreativlik – ijodning subyektiv zarur sharoitidir.V.A.Slastenin, L.S.Podimova potensial kreativlikning dolzarb kreativlikka izchil taqlid qilish mexanizmi orqali o‘tishi muammosiga o‘ziga xos yondashganlar. Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko‘chirishdan ijodiy nusxa ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib boradi. Tabiiyki, barcha o‘qituvchilar ham kreativ rivojlanishning barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: ba’zilar tayyor metodik tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajaga erishadilar; ikkinchilari to‘liq konsepsiya va tizimlarga ega bo‘lmasdan turib, ba’zi metodik usullarga o‘zgartirishlar kiritadilar, uchinchilari ma’lum g‘oya asosida to‘liq mazmun, metod va shakllarni ishlab chiqadilar; to‘rtinchilar esa ta’lim va tarbiyada o‘zlarining kon-sepsiya va metodikalarini tavsiya etadilar. Yuqoridagilarga muno-sabat bildirib aytish mumkinki, dastlabki uchtasi taqlid bosqichida bo‘lib, to‘rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda ijod bosqichida.
Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari 205
bilan taqqoslash, ikkala yo‘nalish orasida ma’lum mutanosiblikni, innovatsion-pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomil-lashib borish darajasidagi tushunchalarni aniqlashga imkon berdi.
Pedagog faolligining borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko‘tarilib borishi kelajakda innovatsion ta’lim strategiyasini tashkil qilishni belgilaydi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə