O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Darslik va uning didaktik xarakteristikalari



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə31/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
majmua

Darslik va uning didaktik xarakteristikalari Darslik o‘zining mazmun va tuzilishi jihatidan o‘quv dasturi va o‘quv predmetiga mos kelishi jihatidan o‘quv adabiyotlari ichida alohida o‘rin egallaydi. Shuning bilan birga u ta’lim jarayonini mustaqil tashkil etishning muhim vositasi ham hisoblanadi.
Darsliklar ta’lim mazmuning tarkibiy qismi sifatida ta’lim maqsadlaridan, DTS talablaridan, o‘quv dasturiga mos holda tayyorlanadi.
Ma’lumki, ta’lim sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri darslikdir. Uning sifati u qanday yozilganligi, qanday xarak-teristikalarga ega ekanligi, bugungi kun talablariga mosligiga, didaktik tamoyillarni qay darajada aks ettira olishligiga bog‘liqdir.
Bugungi kunga kelib darsliklarga qo‘yiladigan alohida talablar birmuncha shakllangan bo‘lib, umumiy holda quyidagilardan iborat: o‘rganilishi zarur bo‘lgan o‘quv materialining qadrliligi va muhimligi; uning ilmiyligi; taqdim etilayotgan faktlarning hayotiy obrazlar bilan o‘zaro bog‘liqligi; yoritilayotgan bilimlarning hayot bilan bog‘liqligi va b.
Darsliklarga qo‘yiladigan talablar doimiy tarzda yangilanib bormoqda. Albatta, darsliklar ta’lim mazmunining barcha talablariga javob berishi, qiziqarli bo‘lishi, lo‘nda va tushunarli tilda yozilishi, o‘quvchi tomonidan o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirish imkonini berishi kerak.
Didaktikada darsliklarning vazifalari aniqlangan bo‘lib, bugungi kunda ular quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:  Axborot tashuvchi funksiya. Darslik o‘quvchiga o‘quv predmetiga oid uning dunyoqarashini shakllantirishga, ma’naviy ozuqa beruvchi va olamni anglashga qaratilgan yetarli mahlu-motlarni yetkazishi;  Transformatsion funksiya o‘rganishi kerak bo‘lgan ilmiy bilimlarni pedagogik tamoyillarga asosan qayta ishlash bilan bog‘liq. Darslikdagi o‘quv materiali ilmiylik, tizimlilik va ketma-ketlilik, yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materialining hayot va amaliy faoliyat bilan bog‘liqlik kabi didaktik tamoyillar asosida pedagogik moslashtiriladi;119
Tizimlilik funksiyasi o‘quv predmetiga oid o‘quv materiallarini tizimli va ketma-ketlikda bayon etilish talablarini amalga oshiradi;  Mustahkamlovchi va nazorat funksiyasi o‘quv materialini takrorlash imkonini berish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘quv materiallarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash bilan bog‘liq;  Integratsion funksiya avval egallagan bilimlarini boshqa fanlarga oid qo‘shimcha axborotlar bilan to‘ldirish imkonini beradi.
Mazkur vazifaning yana bir jihati shundan iboratki, o‘quv predmetining mazmuni fanning asoslaridan iboratligidandir;  Muvofiqlashtiruvchi funksiya o‘quv materiallarini o‘zlash-tirish jarayoniga turli o‘quv vositalarini (xaritalar, mashqlar to‘plami, elektron o‘quv vositalari, ensiklopediya, audio va video materiallar, o‘quv qo‘llanmalarni) jalb etishni taqozo etadi.  Darslik mazmunining o‘quvchiga ma’naviy qadriyatlar orqali ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiyaviy funksiyasi.
Darslik asosan matndan iborat bo‘lib, u o‘z navbatida ta’rif beruvchi matn, bayon etuvchi, mulohaza yurituvchi matnlarga bo‘linadi. Bundan tashqari darslikda qo‘shimcha komponentlar ham ishtirok etishi muhim hisoblanadi: savollar, topshiriqlar, masala va mashqlar, eslatmalar, jadvallar, muhim termin, ta’rif va tushunchalarni alohida shriftlar bilan ajratilishi, grafik va illyustrativ materiallardan iborat bo‘lishi, sarlavhalarga ajratilishi.
Darslik bilan o‘quv jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lib, unda savollar, topshiriqlar, jadvallardan, statistik, xronologik ma’lu-motlar va hokazolardan o‘z o‘rnida foydalanish lozim.
Darsliklardagi savollar va topshiriqlar ta’lim konsepsiyasi asosida tuzilgan va metodik nuqtayi nazardan to‘g‘ri joylashtirilgan (kamol toptirish maqsadida yoki rasmlar orqali ifodalangan) bo‘lishi lozim. Ular, asosan, quyidagi uch guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruhga bilimlarni musta’kamlash, o‘zlashtirilgan narsalarni esga tushirish va malakalarni shakllantirishga doir savol va topshiriqlar kiradi.
Ikkinchi guruh tafakkurni o‘stiradigan (mustaqil ishlashni, taqqoslash, umumlashtirish, baholash, xulosa chiqarish, bilimlar 120
tizimini musta’kamlash, aniqlash va tajribaga solishni talab qiladigan) savol va topshiriqlardan iboratdir.
Uchinchi guruh o‘zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‘llashga (mustaqil ishlarni bajarish va malakalarni egallashga) doir savol va topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
Darslikda dasturning barcha talablari aks etishi va asosiy g‘oyalar, xulosalar yaqqol ifodalanishi lozim.
Darslikni bolalarga moslashtirishda quyidagilarni alohida e’tiborga olishni bilish kerak:  materiallarni darsliklarga to‘g‘ri taqsimlash;  o‘quvchilarga beriladigan vazifalarni asta-sekin qiyin-lashtirib borish (tizimga solish);  o‘quvchilarga tabaqali yondashishni nazarda tutish (topshiriqlarni qiyin yoki osonligiga qarab tanlash);  darsda, uy vazifalarini bajarishda, takrorlashda asosiy va qo‘shimcha materiallarni ajratish;  darslikdagi savol va topshiriqlarning mo‘ljallangan vaqtga mosligi va o‘quvchilarni qiynab qo‘ymasligi;  darslikning mazmuni (o‘quvchilarni qiziqtirishi, matnlar-ning g‘oyaviy va estetik jihatlari) uni o‘rgatishning metodik tizimiga muvofiq bo‘lishi;  darslik tilining osonligi va ravonligi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun namuna bo‘la olishi.
Darslikning asosiy komponenti uning matnidir. Matnlar asosiy va qo‘shimcha materiallardan (murojaat, hujjat, xrestomatiya va hokazolardan) hamda tushuntirishlardan iborat bo‘ladi.
Darslikni tahlil qilishda uning tuzilishi, mavzularning o‘rni, illyustratsiyalarga boyligi va eng muhimi o‘quvchilarga ta’siri hisobga olinishi kerak. Mana shu talablar amalga oshirilishi uchun har bir yangi darslikni yaratishning o‘ziga xos muammolarini to‘g‘ri hal qilish, darslik o‘quv-metodik ishlarining asosi bo‘lishi kerakligini nazarda tutish shart.1 Darslikni tahlil qilishda uning tuzilishi, mavzularning o‘rni, illyustratsiyalarga boyligi va eng
1 Peter Menck. Looking Into Classrooms: Papers on Didactics. 2010-y121
muhimi o‘quvchilarga ta’siri hisobga olinishi kerak. Mana shu talablar amalga oshirilishi uchun har bir yangi darslikni yaratish-ning o‘ziga xos muammolarini to‘g‘ri hal qilish, darslik o‘quv-metodik ishlarining asosi bo‘lishi kerakligini nazarda tutish shart.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə