O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


MAVZU: DIDAKTIKA-TA’LIM NAZARIYASI. PEDAGOGIK JARAYON. TA’LIM TAMOYILLARI VA QOIDALARI



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə22/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
majmua

6. MAVZU: DIDAKTIKA-TA’LIM NAZARIYASI. PEDAGOGIK JARAYON. TA’LIM TAMOYILLARI VA QOIDALARI.
Reja:
1.Didaktikaning predmeti va uning vazifalari.
2.G’arb va Sharq allomalarining ta’lim nazariyasi to’g’risidagi qarashlari.
3.Didaktikaning asosiy kategoriyalari.

DIDAKTIKANING PREDMETI VA UNING VAZIFALARI
Didaktikaning predmeti ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir.
Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.
Didaktika pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmog‘idir.
Didaktika yunoncha «didaktikos» so‘zidan kelib chiqqan boklib, o‘qitish, o‘rganish ma’nos ini bildiradi. Yaqin va 0 ‘rta Sharqda Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi mutafakkirlar ilmiy didaktikaga asos solgan bo'lsalar, Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog I. G. Pestalossi, nemis pedagogi A.
Disterveglar Yevropada didaktikaning rivojlani shiga katta hissa qo‘shdilar.
Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Tusiy va ulaming izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga, mana shu predmetning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish sodir bo‘ lishi hamda shakllanishiga e’tibor berganlar.
Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o’rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar.
Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivoj- lentirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi.
Kindiy substansivani barcha ilmiy bilimlaming bosh predmeti sifatida ko‘rib chiqishda, eng awalo, miqdor va sifatni hissiy idrok etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substansiyani bilishdan ham mahrumligini uqtirdi. Olim opining didaktik g‘oyalarida
55hissiy va ratsional bilishni ifodaladi, Hissiy bilish - yakka narsalami bilishdan iborat bo‘lsa, oqilona bilish - umumiy narsalami bilish ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat aql uchun material beradi.
Sabablar haqiqatni bilishda va o‘zining ana shu haqiqatga muvofiq xatti-harakatlarini anglashda insonning aqliga ko‘maklashadi, «Haqiqat, - deb yozgan edi Kindiy, - har qanday narsani va uning barqaroriigini bilishning sababidir, binobarin, hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi bi Jan mavjuddir. Haaiqatni bilish zarur va shunga ko‘ra mavjud narsalami bilish mumkin» .
Forobiy o‘qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ulami amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliy yo'nalishi va kishilaming hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog‘liqligi g‘oyalarini olg‘a surgan. Olim o‘qitishning tajriba ko‘rsatmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e’tibor bergan. Barcha metodlami o‘quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan ho Ida birlashtirgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan talablami ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo*yib, o'quvchilarga material™ tushuntirishda nimalarga alohida e’tibor berish haqida, eng muhim narsalami fanga ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hokazolar bo‘yicha o'qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan* 1.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə