O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə19/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
majmua

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi. O‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishda va rivoj-lantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma'naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogika an'analariga suyangan holda ish ko‘rilishi maqsadga muvofiq. Xalq pedagogikasining bola tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga to‘la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari, Sharqona urf-odatlar, boy an'analari hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Xalqimizning ko‘p asrli qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas.
O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ismoil-al Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sa'di Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya'ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlik-dan ana shu go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga ahamiyat berganlar.
Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish qoidasi. Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik pallalarini bosib o‘tadilar.
Shu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, umuman atrofimizni o‘rab olgan dunyo haqida aniq bilimlarga ega bo’ladilar. Ularnig axloqi ham o‘zgarib boradi. Shu yillar ichida bolaning axloqiy tuyg‘ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o‘rtasida uyg‘unlik vujudga 231
keladi, xarakteri tarkib topadi, o‘z xulqi va xatti-harakatlarini ehti-yojga va sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiya-lanadi.
Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko‘ra ularga beriladi-gan tarbiyaning mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham o‘zgarib boradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktab-dagi o‘z asosiy vazifalarini: o‘zini maktabda, uyda, ko‘chada qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday odatlar ularga namuna ko‘rsatish, tushuntirish yo‘li bilan singdiriladi. Bolalarning yoshi ulg‘aygan sari ularga talab ham orta boradi. Shu tufayli o‘rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga suyanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalarning kuchi va imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga ortiqcha baho berib yuborish ham yaramaydi.
Tarbiya berishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan tashqari, har qaysi bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ham katta ahamiyatga ega. Bolalarning yoshi, bo‘yi bir xil bo‘lsa-da, ularnig mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har xil bo‘ladi. Bu farqlar bolalarning xulqida, o‘qish va mehnatida aks etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan muvofiq bo‘lgan tarbiya uslubini boshqa bir o‘quvchiga nisbatan qo‘llaganda u kutilgan natijani bermasligi mumkin. Sinfdagi o‘quvchilarning ba’zilariga oddiy tanbehning o‘ziyoq samarali ta’sir ko‘rsatadi, ammo boshqa o‘quvchilarga tanbeh berishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ba’zi bir o‘quvchi ayrim axloqiy fazilatlarni tezda uqib oladi va unga amal qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil sifatlarni o‘zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar.
Ayrim o‘quvchilar o‘zlarining faolliklari, saranjom-sarishta-ligi, intizomliligi, fahm-farosati bilan o‘qituvchi va bolalar jamoa-sining ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘ladilar, boshqalari esa intizomsizligi, pala-partishligi, betgachoparligi, bema’ni qiliqlari bilan tezda “tanilib” qoladilar. Demak, har bir o‘quvchining qobi-liyati, qiziqishi, his-tuyg‘ulari, kuchli va zaif jihatlarini aniqlab, tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga olish tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.232

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə