O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə15/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
majmua

Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiya-lanuvchi) lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘-naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuv-chining ongi shakllana boradi, xis-tuyg‘ulari rivojlanadi. Tarbiya ja-rayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘-ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va xohishlarini ifoda-laydi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuyg‘ularini ham o‘stira borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘-yadigan ahloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining on-giga (ta’lim jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, hulqini idora qilish jarayonida) sistemali va muntazam ta’sir etib boriladi. O‘quv-chini tarbiyalashda bularning birontasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkab jarayon deb yuritiladi. Uning xususiyatlari 1-shaklda quyidagicha aks ettiriladi.
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va
Uyushtirish jarayoni
Qarama-qarshiliklardan iborat Ikki tomonlama aloqa jarayoni
Ko‘p qirrali jarayon Uzoq muddatli jarayon
Tarbiya jarayonining
xususiyatlari Uzluksiz jarayon224
ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi. Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar bisotida donishmandlarning pand nasihatlari va o‘gitlari va tarbiya haqidagi fikrlari alohida o‘rin egallaydi. Donishmandlarning pand-nasihatlari umrboqiy ma’naviy boylik hisoblanadi. Chunki ular hayotdan, hayot tajribalaridan kelib chiqqan va ezgu orzu niyatni ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lo-zimki, eng qadimgi tarbiya haqidagi fikrlar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Bu fikrlar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyatining yillar davomida rivojlanishi natijasidan dalolat beradi. Shuning uchun ham har bir davrda yashab ijod etgan mutafakkir allomalarimiz «tarbiya» so‘zini turlicha izohlagan.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə