O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə16/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
majmua

Tarbiya – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rganish, odob o‘rgatish, mehribonlik ko‘rsatish, himoya qilish singari ma’nolarni anglatadi. Shu o‘rinda Zardushtlik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto” katta ahamiyatga ega. “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib yetishi-shida uning so‘zi, fikri, ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yara-tilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, “Avesto”da inson tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati to‘liq yoritilgan. Zardusht ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr bildirilgan.
Tarbiya – hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin deb aytadi va yana yaxshi ovqatlanadigan xalqdan yaxshi nasl – sog‘lom avlod qoladi” – deb ta’kidlaydi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan vujudga keladi, taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. Tarbiya xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar – axloqiy ong axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirishning pedagogik jarayoni bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya – o‘sib kelayotgan yosh avlodda 225
hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqodni, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.
Tarbiya deb - tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarini tarbiya-lanuvchilarning ongiga singdirishi uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilganidan umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.
Tarbiya – biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muayyan rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolatga ega bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iy’moni va vijdoni, bilimi – malakasi, xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajribasi, davr talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uyg‘unlashtirib shakllantirishga, rivojlantirishga harakat qilganlar. O‘z oldiga inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan muayyan maqsadlarni qo‘ygan davlatlar ham ta’lim–tarbiya ishlariga befarq qaramagan.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari – o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik urug‘-larining unishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishiga yordam beradi.
Shu bois mutafakkir allomalarimizdan Bahovuddin Naqsh-band, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Xojib, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foydalanib bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Bahovuddin Naqshbandiyning tarbiya haqidagi fikr mulo-hazalari va pandu nasihatlari g‘oyat qimmatlidir. U barkamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kidlab Shunday degan edi: “Adab hulqni chiroyli qilish, so‘z va fe’lni soz qilishdir... Adab saqlash – muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxtining urug‘i hamdir. Agar adabdan ozgina nuqsonga yo‘l qo‘ysangiz ham, nimaiki qilsang, beadablik ko‘rinadi. Odam o‘zining bir xil sifat va ko‘rinishida olib yurishi lozimki, toki odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo‘lmasin”.
Abu Nasr Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif 226
bergan olimdir. Ta’lim – so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish–tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l orqali amalga oshiriladi, deydi.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam bo‘lishi uchun unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali esa kishilar bilan mulo-qotni, axloqiy qadr qimmatni va amaliy faoliyatni o‘rganadi. Foro-biy bolalarning fe’l – atvoriga qarab tarbiya jarayonida “ qattiq” yoki “yumshoq” usullardan foydalanish kerak deb hisoblaydi: 1.Tarbiyalanuvchilar o‘qish – o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llanadi. 2.Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatiz bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanilishi lozim degan fikrni bildiradi. Yusuf Xos Xojib – tarbiya kishini ezgulikka o‘rgatmog‘i kerak. Ezguning har ishi chiroyli, har bir qadami go‘zal. Ezgulik aslo qarimaydi.
Yusuf Xos Xojib tarbiyani juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab qiladi degan fikrni bildiradi.
Abu Rayhon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql–zakovat ato etilgan, shuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim», – deydi.
Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi.
Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki olijanob vazifasi deb biladi. Ibn Sino bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi kerak deydi.
Umar Xayyomning ta’kidlashicha tarbiyaning maqsadi “sog‘lom fikr, ziyrak aql va o‘tkir zehnga ega bo‘lgan insonni shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak”. Faqat chuqur zehngina, barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning yordami bilan yuksak aql-idrok farog‘atni hosil qilish mumkin, lekin shuning o‘zi kifoya qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega bo‘lishi, yaqinlarini sevishi lozim.
Jaloliddin Devoniy bolaning tarbiya olishi, odob axloqli 227
bo‘lishi, uning keyingi tarbiyasiga bog‘liq. Chunki hayotda har kuni bola ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshdagilarni hurmat qilish, to‘g‘rilik va rostgo‘ylikni o‘rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so‘zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o‘rganiladi.
Munavvarqori bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas, balki muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab etdi. U yoshlarni bilimlarni puxta egallashga, mehnat qilishga, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishga chorladi, ota-onalarni farzandlarida ma’naviyat, nafosat, go‘zallik tuyg‘usini rivojlantirishga da’vat qildi. Munavvarqo-rining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bilangina millatni uyg‘o-tish, Vatanni ozod qilish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish, turmush-ni farovonlashtirish mumkin. Adib yoshligidan bolalarda mehnatga qiziqish, g‘ayrat, jasorat fazilatlarini tarbiyalashni tavsiya etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat yo falokat masalasidur1. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi hususiy ish emas, balki ij-timoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlat-larning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Shu o‘rinda yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak ”. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Jamiyatimiz komil insonni tarbiyalashda, uning ma’naviyatini shakllantirishda eng asosiy o‘rinni egallaydi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustivor sohasi hisoblanadi. Komil inson deganda biz, avvalo yuksak ongli, mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz.
1 Abdulla Avloniy, Turkiy guliston yoxud ahloq. Toshkent, O’qituvchi, 1992.228

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə