O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 199,56 Kb.
səhifə17/65
tarix28.11.2023
ölçüsü199,56 Kb.
#133387
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
majmua

2.Tarbiya qoidalari Tarbiya qoidasi - pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir.
Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil xarakterga ega bo‘lib, tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi. tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi. tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarning hisobga olish qoidasi izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar.
Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko‘zda tutadi. Umumiy ta'lim maktabining asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg‘uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Shuningdek, o‘quvchilarda milliy g‘urur va milliy axloq-odobni shakllanitirishni ko‘zda tutadi.
Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyaning umumiy maqsadlari bilan bog‘lashni, uni rejali tarzda va qat’iy suratda amalga oshirishga harakat qilishini talab etadi. 229
Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi bolalar jamoa-sining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o‘ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo‘ysundirilgan bo‘lsa, uning g‘oyaviy-siyosiy darajasini ko‘taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta'siri yuqori bo‘ladi.

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə