O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/77
tarix01.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#99888
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterina

Magnit kuch chizigi 
deb – uning ixtiyoriy nuqtasiga o’tkazilgan urunma magnit 
maydonning shu nuqtasidagi musbat magnit qutbiga ta’sir etuvchi kuch bilan bir 
xil yo’nalgan xayoliy chiziqqa aytiladi. Magnit kuch chiziqlari doimo berk bo’ladi. 
Tokli o’tkazgich atrofida hosil bo’ladigan magnit maydon yo’nalishi parma 
qoidasiga asosan aniqlanadi. Unga binoan agar parma ilgarilanma harakat 
yo’nalishi tok yo’nalishi bilan mos kelsa, parma dastasining harakat yo’nalishi 
magnit maydon yo’nalishini ko’rsatadi.
Demak ikkalasi o’xshash. Shuning uchun 1820 y Amper doimiy magnitning 
sababchisi aylanma toklar ekanligi haqidagi gipotezani ilgari surdi. Aylanma toklar 


41 
esa elektronlarning o’z o’qi va yadro atrofida aylanishi natijasida hosil bo’ladi. 
Magnit maydonni miqdoriy tomondan baholash uchun magnit induksiya vektori 
degan tushuncha kiritiladi. Bir jismli 
magnit maydon induksiyasi
birlik ramkaga 
ta’sir etuvchi maksimal magnit momentiga son jihatidan teng bo’lgan fizik 
kattalikdir. 
m
P
M
B
max

(3.18) 
Mikrotoklar magnit maydonini magnit maydon kuchlanganligi ifodalaydi, B 
esa ham makro, ham mikrotoklar magnit maydonini xarakterlaydi. U holda ular 
orasida qo’yidagi bog’lanish mavjud.
H
B
0


(3.19) 
0

– magnit doimiysi, 4
 

 
x10
-7
Gn/m 

– o’lchamsiz kattalik bo’lib magnit kirituvchanlik deyiladi. U makrotoklar 
maydoni mikrotoklar maydoni hisobiga qanchaga kuchayishini ko’rsatadi. 
Magnit maydoni ham superpozisiya prinsipiga amal qiladi. 
Magnit induksiyasi birligi qilib Tesla (tl) qabul qilingan.
1 Tl – bu shunday bir jinsli magnit maydon induksiyasiki, agarda undan 1 A 
tok o’tsa, uning har bir metriga 1 H kuch ta’sir qiladi. 
Amper aniqlashicha magnit maydonidagi dl o’tkazgichga maydon tomo-
nidan ta’sir etadigan dF kuch undan o’tuvchi tokka, dl element uzunligiga va 
magnit maydon induksiyasiga proporsionaldir. 
Ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi chap qo’l qoidasiga asosan topiladi. 
Agar chap qo’limiz shunday qo’yilsaki, unga normal holda magnit kuch 
chiziqlari kirsa va tok to’rtala barmog’imiz yo’nalishida oqsa, u holda bosh 
barmog’imiz ta’sir etuvchi kuch yo’nalishini ko’rsatadi. Amper kuchi moduli. 

IBdlSin
dF

(3.20) 
Ikkita parallel tok uchun Amper qonuni qo’yidagicha bo’ladi. 
dF = 

o
2I , I
2
dl (3.21) 



Harakatlanayotgan zarrachaga magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuch 
Lorens formulasi orqali ifodalanadi. 
F = QVB Sin

(3.22) 
Tabiatdagi barcha moddalar o’zlarining magnit xususiyatlariga ko’ra 3 
guruhga bo’linadi: dia, para va ferromagnitlarga. Jismlar atom va molekulalardan 
tashkil topganligi uchun ularning magnit xususiyatini ham shu zarrachalarning 
magnit xususiyati belgilaydi. Klassik nuqtai nazardan qarasak elektron orbita 
bo’ylab V tezlik bilan aylanadi. Bu aylanma tokka o’xshash.
Tashqi maydonga kiritilgan paramagnitdagi magnit momentlar magnit 
maydon bo’ylab joylashadi. Ular uchun


> 1. Paramagnit moddalarga misol; 
alyuminiy, O
2
, molebden va boshqalar kiradi.
Diamagnitlar uchun

< 1. Misol, azot, vodorod, mis, suv va boshqalar. 
Bir jismlimas maydonda diamagnit maydondan itariladi. Masalan alanga 
itariladi. Ferromagnitlarda

>> 1.


42 
Ferromagnit tabiati kvant nazariyasi asosida tushuntiriladi. Masalan, Fe, Ni, 
kobalt, qotishmalar. Ularda gisterezis hodisasi kuzatiladi. Ya’ni magnitlanish 
darajasi maydon induksiyasiga bog’liq. Ferromagnitlarda domenlar mavjud. Ularda 
shunday bir temperatura mavjudki, undan past temperaturada ferromagnit, yuqori 
temperaturada esa paramagnit. Bu nuqtaga Kyuri nuqtasi deyiladi.
Magnit maydonidan amalda ko’p maqsadlarda foydalanadilar. Medisinada 
kuchli magnit maydoni yordamida ko’zdagi temir buyumlarni operasiyasiz olishda 
ishlatiladi. Organizmning ko’p qismi diamagnitdir. Organizmdagi ion va 
molekulalar paramagnitdir. Organizmda ferromagnit zarrachalar yo’q. 
Organizmdagi 
biotoklar 
kuchsiz 
magnit 
maydoni 
hosil 
qiladi, 
magnitokardiografiya. 
Magnitobiologiya magnit maydonning organizmga ta’sirini o’rganadi. 
Qonning xarakteristikasi magnit maydonda o’zgarishi mumkin, o’simliklarning 
rivojlanishi va hakozo ta’sirlar. Bunga sabab molekulalarning magnit maydonda 
orentirlanishi. Ionlarning Xoll effekti tufayli siljishidir.
Yaxlit metallarda uyurmali toklar hosil bo’ladi. Bunday toklar biologik 
organlarda ham hosil bo’lishi mumkin. Fizoterapiyada uyurmali toklar yordamida 
terining ba’zi qismlarini isitishda foydalanadilar (induktoterapiya). 
Magnit maydoni yordamida qoramollar yutgan temir buyumlarni oshqo-
zondan olish mumkin. 
Baland kengliklarda qutb yog’dusining ko’plab hosil bo’lishi, Er magnit 
maydonining ta’siri bilan tushuntiriladi. Kosmosdan yerga uchib kelayotgan 
zaryadli zarrachalar Erning magnit maydoniga tushadi va maydonning kuch chi-
ziqlari bo’ylab, ularga «o’ralgan» holda harakatlanadi. Er magnit maydonining 
konfigurasiyasi shundayki zarralar Erga asosan qutb sohalarida yaqinlashadi va 
erkin atmosferada yolqin razryad hosil qiladi. Rus olimi Chinovskiy ko’plab 
biologik jarayonlarning davriy takrorlanishini aniqladi. Bu esa quyoshda 
aktivlikning o’zgarishi bilan bog’liqdir. Hayvonlar va hashoratlar populyasiyasi 
epidiyalarning takrorlanishi, sezondan boshqa davrda hayvonlarning migrasiyasi
inson va hayvon qon to’qimasi tarkibining o’zgarishi, tug’ilish va o’lish hattoki 
avtomabil halokatlari va travmatizmning o’zgarishi ham magnit bo’ronlariga 
bog’liq ekan. Magnitabiologik effektlar asosan quyidagilardan iborat: 1. Doimiy 
magnit asosan tomirlarga, jigarga, o’pkaga ta’sir qiladi. 2. Lekosit va eritromisetlar 
ko’payadi. 3. Miyaning elektr aktivligi oshadi. 4. Hayvonlar harakatchanligi 
oshadi. Baliq va qushlarda 4000 x 10
-4
Tl. maydonda to’la harakat to’xtaydi. 
Erning o’rtacha magnit maydoni 0,7 x 10
-4
Tl.
Qonning turli tomirlardagi tezligini o’lchash uchun maxsus elektromagnit 
hisoblagich ixtiro qilingan. Bu qurulma zaryadlangan zarrachalarning magnit 
maydonida harakatiga asoslangan. Qonda juda ko’p zaryadli ionlar mavjud. 
Masalan, qon plazmasida 145 mmol/l Na
+
ionlari, 125 mmol/l Cl
-
ionlari mavjud. 
Boshqa ionlar konsentrasiyasi ancha kam, faraz ma’lum miqdor bir zaryadli 
ionlar arteriyada V tezlik bilan harakat qilsa va u magnit maydoniga joylashtirilsa, 
bu ionlar arteriyaning turli tomonlariga harakatlanadi. Arteriyada U patensiallar 
farqi hosil bo’ladi. U holda tezlik 


43 
Bd
U


(3.23)
Demak, qon harakati tezligini o’lchash uchun patensiallar farqini bilish 
zarur. d – tomir diametri. 
Erkin radikallar – bu molekula yoki molekulaning bir qismi bo’lib, u 
konpensasiyalanmagan elektron spinga ega. 
Erkin radikalning magnit momenti mavjud, shu sababli to’g’ridan-to’g’ri 
magnit kirituvchanlikni o’lchash yo’li bilan erkin radikalni aniqlash mumkin. 1944 
y Zavayskiy elektron paramagnit rezonans usulini aniqladi. Bunda elektromagnit 
energiyaning yutilishiga asoslangan. Rezonans yutilish moddaning magnit xossasi 
bilan bog’liqdir, ya’ni elektron va atom yadrosi magnit xossalariga asoslangan. 
EPR yordamida biologik sistemalarda erkin radikallarni aniqlash mumkin. 
Silliq sirtli urug’larni (beda, zig’ir, yo’ngichka) yovvoyi o’tlarning g’adur-
budur sirtli urug’lardan tozalaydigan urug’ tozalash magnit mashinasini ishlashi 
ham ferromagnit xossalariga asoslangan. Bu urug’lar aralashmasiga ferromagnit 
kukunlar aralashtiriladi. Ular yovvoyi o’t urug’lari g’adurbuduriga kirib qoladi va 
elektromagnit barabaniga tortiladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə