O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/77
tarix01.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#99888
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterina

 
4. 
Optik xodisalar.
REJA:
Yorug’likning tabiati va uning tarqalish qonunlari. Moddalarning sindirish 
ko’rsatkichini 
o’lchashning 
refraktometriya 
usuli. 
Refraktometrlarning 
veterinariyada qo’llash. To’la ichki qaytish hodisasi va undan optik asboblarda 
foydalanish. 
Tola optikasi va uning tibbiyot va veterinariyada ahamiyati. Endoskop-
larning ishlash prinsipi va qo’llanilish. Fotometriya asoslari. 
Yorug’likning yutilishi. Yutilish qonunlari. Kalorimetrik usul
 
va ulardan
 
veterinariyada foydalanish. Polyarimetr va saxarimetrlar, ularning biologik 
suyuqliklar tarkibidagi uglevodlarni aniqlashda qo’llanilishi. Quyosh nurining 
biologik ahamiyati Ultrabinafsha nurlar, ulardan parrandaxonalarni sanasiyalashda, 
sutlarni stirlizasiyalashda, veterinariya orizoterapiyasida ayrim kasalliklarni 
profilaktika qilishda va diagnostikasida qo’llanilishi. Fotobiologik jarayonlar va 
ularning tirik mavjudot uchun zarurligi
Yorug’likning kvant tabiati. Plank 
formulasi. Yorug’lik kvant tabiatiga asoslangan optik jarayonlar, yorug’lik bosimi, 
fotoeffekt hodisasi, uning turlari va qonuniyatlari. Fotoelektron asboblar va 
fotoelement , ularning ishlatilishi, ko’rish sistemasining tuzilishi va unda 
bo’ladigan fizik jarayonlar. 
 
Tayanch tushunchalar
: Sindirish ko’rsatkichi refraktometriya, to’la ichki 
qaytish, endoskoplar, svetovodlar, yorug’lik oqimi, yoritilganlik, yorug’lik kuchi, 
ravshanlik. Yorug’likning yutilishi, kolorametriya, qutblanish, ikkilanib sinish, 


45 
saxarometrlar, fotosintez, zagar.
Fotoeffekt, fotoeffektning qizil chegarasi, 
fotoelement, issiqlik nurlanishi, absolyut qora jism, fotosintez, 
Optika
– grekcha optos – ko’rish degan ma’noni bildiradi.. XVII asrda 
yorug’likning to’lqin (Gyuygens) va korpuskulyar (Nyuton) nazariyalari paydo 
bo’ldi. XVIII asrda korpuskulyar nazariya ko’proq g’alaba qilgan bo’lsa, XIX 
asrda to’lqin nazariyasi oldinda bo’ldi. Lekin to’lqin «Dunyo efirida» tarqaladi 
degan fikr noto’g’ri edi. Maksvell elektromagnit to’lqinlar nazariyasini 
yaratgandan so’ng «Dunyo efiri»ga hojat qolmadi. Maksvell nazariyasini Fizo 
(1849 y), Fuko (1850) va Maykelson (1881 y) tajribalari tasdiqladi. Lebedev esa 
(1899 y) yorug’likning bosimini o’lchadi. Shu davrda yana fotoeffekt, Kompton 
effekt va boshqa hodisalarning ochilishi elektromagnit to’lqinlar nazariyasi bilan 
tushuntirib bo’lmadi. Faqatgina 1900 yili Plak kvant nazariyasini yaratgandan 
so’ng va Eynshteynning yorug’lik kvant nazariyasi e’lon qilingandan so’ng bu 
qarama-qarshilik barham topa boshladi. Eynshteyn nazariyasiga binoan yorug’lik 
fotonlar oqimidan iborat deb faraz qilindi. Bu nazariyani N.Bor (1913), Shredenger 
(1925), Fok (1957), Feyman (1949 y) yoqlab chiqdi. Hozirgi davrda yorug’lik 
to’g’risidagi ikkala ta’limot ham o’rinli ekani va korpuskulyar – to’lqin dualizmi 
haqida gap yuritiladi. 
Geometrik optikaning to’rtta qonuni mavjud. 
1.
Yorug’lik bir jinsli optik muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Bunga 
yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni deyiladi. 
2.
Yorug’lik nurining mustaqillik qonuni. Yorug’lik to’lqinlari bir-biri bilan 
kesishganda ular bir-biriga halaqit bermaydi. 
3.
Qaytish qonuni. Qaytgan nur, tushuvchi nur va ikki muhit chegarasiga 
o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi qaytish 
burchagiga tengdir. 
4. Yorug’likning sinish qonuni. Tushuvchi nur, singan nur va ikki muhit
chagarasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi 
sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan moddalar uchun doimiy 
bo’lib ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko’rsatkichi 
deyiladi. 
21
2
1
n
Sini
Sini

(4.1) 
Barcha nuqtalarida yorug’likning tarqalish tezligi bir xil bo’lgan muhitga optik bir 
jinsli muhit deyiladi. 
Muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi deb, yorug’likning vakuumdagi C 
tezligining moddadagi V tezligiga nisbatiga aytiladi. 
V
C
n

(4.2) 
U holda (4.1) ga asosan
2
2

C
n

1
1

C
n

Ya’ni,
2
1
1
2
1
2
2
1





V
V
n
n
Sini
Sini


46 
Sindirish ko’rsatkichi yorug’likning muhitga tushganda tezligining qanchaga 
kamayishini ko’rsatar ekan. i

= 0 bo’lsa, i
2
= 0 bo’ladi, demak ikki muhitning 
ajralish chegarasiga normal tushuvchi nur sinmaydi. Sindirish ko’rsatkichining 
kattaligi optik zichlikni ko’rsatadi.
Yer atmosferasi bir jinsli emas, shu sababli uning sindirish ko’rsatkichi Yer 
sirtidan ko’tarilgan sari kamayib bordai. Shuning uchun yorug’lik Yerga kelguncha 
parallel qatlamlarda sinib qabariqlanadi. Bu hodisaga 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə