O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171
1.
Pozitsiya (joy) tanlash
. Joyni to„g„ri tanlash darvozabonga 
kamroq kuch sarflash hamda raqib zarbalarini qabul qilib olish imkonini 
beradi. Bunda to„pga egalik qiluvchi hujumkor jamoa o„yinchisini 
joylashgan o„rnini, ya‟ni zarba berilishi mumkin bo„lgan burchakni 
hisobga olish kerak. Burchak qanchalik o„tkir bo„lsa, darvozabon to„pga 
egalik qiluvchi o„yinchiga nisbatan oldindagi ustunga shunchalik 
yaqinroq joylashadi. Markaz bo„ylab hujumda darvozabon to„p otilish 
burchagini kamaytirishi va darvozani istagan burchagiga yo„naltirilgan 
to„pni qabul qilib olishini yengillashtirish uchun birmuncha oldinga 
siljishi kerak. 
Joyni to„g„ri tanlaydigan darvozabon kamdan
-
kam hollarda 
yiqiladi, bu esa raqib to„pni to„g„ridan
-
to„g„ri darvozabonga 
uzatayotgandek fikr uyg„otadi, aynan shu joyni to„g„ri tanlash 
qobiliyatini yuqori baholashdir. 
2.
Darvozabonlar raqiblar harakatini mufassal o„rganib chiqib

raqib peshqadamlarining har biriga o„ziga xos harakat tuzadi. Bu esa 
pozitsiya tanlashni osonlashtiradi. Shuning uchun darvozabon (to„g„ri 
pozitsiya)dan u yoki bu tomonga siljib, muvofiq harakatlaniladi. 
3.
O„z harakatlarining kuchli va sust tomonlarini bilish.
Alohida 
hollarda о„уinchi yiqilgan holda to„pni qabul qilib olish qulay bo„lgan 
tomonda darvozaning katta qismini tark etadi. Bu darvozani ko„proq 
qismini bekitish uchun pozitsiyani to„g„ri tanlashga imkon yaratadi. Joy 
(pozitsiya) tanlash qobiliyatini takomillashtirish doimo mashq qilish, har 
bir taym davomida katta diqqat
-
e‟tiborni, xotirjamlik va dadillikni talab 
qiladi. 


68 
Harakat usulini tanlash darvozabonga zarbani neytrallash uchun 
texnik usulni to„g„ri bajarish imkonini beradi. Bunda darvozabon 
darvozada egallagan pozitsiyasini hisobga oladi. 
Darvozabon himoya vaqtida sheriklari bilan aniq kelishib 
harakatlansa, o„yin ishonchliroq bo„ladi. Darvozabon, birinchidan, 
mashq qilish, o„rtoqlik va taqvimiy o„yinlar jarayonida takomillashadi
ikkinchidan, o„yinning borishi darvozabonni o„yinchilari bilan oldindan 
kelishib olganiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. Shuningdek, sheriklar 
bilan ularga darvozabondan qanday to„pni qabul qilib olish qulayligini 
kelishib olish kerak. 
Darvozabon bu xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bundan 
tashqari, to„pni o„yinga kiritishda umumiy qoidaga rioya qilish lozim: 
sherikka to„pni raqibdan uzoqroq tomonga uzatish kerak (raqib to„pni 
to„sib olmasligi uchun). 
Oliy toifali darvozabonlar qisqa va o„rtacha uzatishlarini xush 
ko„rishadi, chunki ular aniqroqdir. 
Darvozabon uchun har bir o„yinda butun diqqat
-
e‟tiborini jamlash 
qobiliyati ham muhim hisoblanadi. Bu psixologik xislatlarini rivojlanish 
darajasiga bog„liq bo„ladi. O„yinga sozlanish qobiliyati ko„p jihatdan 
darvozabonni muvaffaqiyatli o„yinini belgilab beradi. Albatta, har bir 
darvozabon o„yinga o„ziga xos tarzda sozlanadi va hech kim bu borada 
aniq tavsiya berolmaydi. Bu borada darvozabonlar buni qanday amalga 
oshirishgani qiziqish uyg„otadi. Shu tariqa yuqorida keltirilgan 
malumotlarga hotima sifatida shuni aytish mumkinki, muvaffaqiyatli 
o„yin olib borish uchun darvozabon atletik xossalarga, yuqori darajada 
rivojlangan jismoniy va ruhiy xislatlarga, raqib hujumini qanday tarzda 
rivojlanishini oldindan bilish qobiliyatiga va dadillikka ega bo„lishi 
kerak. Bunday xislatlarsiz darvozabon biror yutuqqa erishishi mushkul 
bo„ladi. 
Darvozabonlardan nafaqat texnik usullarini to„g„ri bajarish, balki 
ularni yuzaga kelgan o„yin vaziyatida maqsadga muvofiqligi jihatidan 
tahlil qilish ham talab etiladi. Kuch va tezkor
-
kuch xislatlarini 
rivojlantirish uchun mashqlar yotgan yoki o„tirgan holatda kichik vaznli 
tezkor harakatlarni bajarilishini nazarda tutadi. Bunda shtanga, gantellar 
va turli yordamchi uskunalar qo„llaniladi. 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə