O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171
Shaxsiy himoya –
bu jamoa harakatlari turida har bir himoyachi 
o„z hujumchisini ta‟qib etadi. Bu himoya turida to„pni uzatish va 
darvozaga otish qiyinlashadi, chunki har bir o„yinchi ta‟qib ostida 
bo„ladi. O„yinchilarni taqsimlab olish quyidagicha amalga oshiriladi: 
1)
murabbiy har bir hujumchini uning mahorati va tajribasiga ko„ra 
taqsimlaydi, tezkor hujumchilarni chaqqon himoyachilar ta‟qib ostiga 
oladi.
2) himoyachilar o„zlariga yaqin bo„lgan hujumchilarni taqsimlab 
olishadi. Bu usulning ikkinchi varianti faqat barcha o„yinchilarning 
himoya harakatlariga bir xil tayyorgarlikka ega bo„lgan hollarida amalga 
oshirilishi mumkin.
Shaxsiy himoya butun maydon bo„ylab yoki o„z maydonida 
quyidagi hollarda qo„llaniladi: 
1)
agar raqib jamoasidan bir o„yinchi o„yindan chetlatilgan bo„lsa; 
2)
agar raqib jamosiga qulay bo„lgan taktikani buzish kerak bo„lsa;
3)
agar raqib jamoasi jismoniy va texnik jihatdan kuchsiz bo„lsa; 
4)
agar to„pni tezlik bilan egallash kerak bo„lsa. 
Zonali himoya
– bu jamoa harakatlari turida har bir himoyachi 
o„yinchilarning harakatlanish tizimida muayyan vazifalarni bajaradi va 
shu tizimning muayyan bir qismi uchun javobgarlikni oladi. Zonali 
himoyada o„yinchilarning harakatlanishi raqibning joylashishi va 
hujumning yo„nalishiga qarab amalga oshiriladi. Himoyada o„yinchilar 
joylashishining bir necha variantlari mavjud. Shulardan asosan turttasi 
zonada joylashishga harakat qiladilar: burchaklarda, markazda, va 
ikkitasi ularning orasida. 
Bunday holda birdan uchgacha mudofaa chizig„ini tashkil qilishi 
mumkin. Eng baland bo„yli himoyachilar o„rtada, qolganlari esa birin
-
ketin burchak tarafga joylashadi. 
Zonali himoya qilish tizim
-
lari qatoriga quyidagilar kiradi: 6:0, 
5:1, 4:2, 3:3 tizimlari keng qo„llaniladi.

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə