O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171
6:0 himoya tizimi
. Barcha himoyachilar darvoza maydoni bo„ylab 
joylashadi. Bu boshlang„ich saflanishdir. Himoya harakatlarini quyidagi 
usullarda amalga oshirish mumkin: 
1) himoyachilar darvozabon maydonida joylashib, faqat
-
gina to„p 
yo„nalishiga qarab siljishadi. Bu himoya chiqishsiz amalga oshiriladi. 
Bu uslubni uzoq masofadan to„p otishni amalga oshiraolmaydigan 
jamoalarga qarshi qo„llash mumkin. Bunda barcha himoyachilar to„pga 
to„siq qo„yishni bilishlari shart. 


64 
2) chiqib himoya qilish. Agar bir hujumchi yaqin to„p otishlar 
zonasi yaqinida to„pni qabul qilsa, uning qarshisida joylashgan 
himoyachi oldinga chiqib uni ta‟qib qiladi va to„pni to„sishga, urib 
chiqarishga, olib qo„yishga harakat qiladi (43
-
rasm). Hosil bo„lgan 
bo„shliqni esa himoyachidan chap yoki o„ng tarafda joylashgan 
jamoadoshlari nazorat qiladi. Hujumchini to„pdan qutulishga majbur 
etgan himoyachi yana joyiga qaytib keladi. 
43
-
rasm
“6: 0” himoya tizimi. 
Chiziqqa qaytib kelishning ikki usuli bor: 
1)
himoyachi o„z o„rniga qaytib keladi va doimiy ravishda 
o„zining aniq jamoadoshlari o„rtasida bo„ladi; 
2)
hujumchini ta‟qib qilish uchun uzoq masofaga chiqqan 
himoyachi o„zining o„rniga eng qisqa yo„l bilan qaytib keladi.
Bu usulning ikkinchi varianti ilg„or hisoblanadi, lekin himoya
-
chilarning barchasidan har qanday vaziyatda himoya harakatlarini olib 
borish uchun yuqori darajadagi mahoratni talab etadi.
 
6:0 uslubi keng frontli harakat etadigan va yaxshi qanot 
o„yinchilarga ega bo„lgan jamoalarga qarshi qo„llaniladi. 
5:1 himoya qilish tizimi
. Bu tizimda besh himoyachi 6 metrli 
chiziq bo„ylab joylashadi, bir o„yinchi esa ular oldida 9 metrli chiziqdan 
o„rin oladi (44
-
rasm). Oldinda joylashgan o„yinchi vazifasiga 
hujumchiga to„p bilan erkin harakat qilishga qo„ymaslik va markaziy 
pozitsiyadan darvozaga to„p otishga to„siqinlik qilish kiradi. Bu o„yinchi 
chaqqon, serg„ayrat, tolmas va qat‟iyatli bo„lishi kerak. Qolgan 
o„yinchilar 6:0 himoya tizimi tamoyiliga ko„ra oldiga chiqmasdan 
harakat qiladilar.
 
 
44
-
rasm


65 
«5:1» himoya tizimi 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə