68
Harakat usulini tanlash darvozabonga zarbani neytrallash uchun
texnik usulni to„g„ri bajarish imkonini beradi.
Bunda darvozabon
darvozada egallagan pozitsiyasini hisobga oladi.
Darvozabon himoya vaqtida sheriklari bilan aniq kelishib
harakatlansa, o„yin ishonchliroq bo„ladi. Darvozabon, birinchidan,
mashq qilish, o„rtoqlik va taqvimiy o„yinlar
jarayonida takomillashadi;
ikkinchidan, o„yinning borishi darvozabonni o„yinchilari bilan oldindan
kelishib olganiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. Shuningdek, sheriklar
bilan ularga darvozabondan qanday to„pni qabul qilib olish qulayligini
kelishib olish kerak.
Darvozabon bu xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
Bundan
tashqari, to„pni o„yinga kiritishda umumiy qoidaga rioya qilish lozim:
sherikka to„pni raqibdan uzoqroq tomonga uzatish kerak (raqib to„pni
to„sib olmasligi uchun).
Oliy toifali darvozabonlar qisqa va o„rtacha uzatishlarini xush
ko„rishadi, chunki ular aniqroqdir.
Darvozabon uchun har bir o„yinda butun diqqat
-
e‟tiborini jamlash
qobiliyati ham muhim hisoblanadi. Bu psixologik xislatlarini rivojlanish
darajasiga bog„liq bo„ladi. O„yinga sozlanish qobiliyati ko„p jihatdan
darvozabonni muvaffaqiyatli o„yinini belgilab beradi. Albatta, har bir
darvozabon o„yinga o„ziga xos tarzda sozlanadi va hech kim bu borada
aniq tavsiya berolmaydi. Bu borada darvozabonlar buni qanday amalga
oshirishgani qiziqish uyg„otadi. Shu
tariqa yuqorida keltirilgan
malumotlarga hotima sifatida shuni aytish mumkinki, muvaffaqiyatli
o„yin olib borish uchun darvozabon atletik xossalarga,
yuqori darajada
rivojlangan jismoniy va ruhiy xislatlarga, raqib hujumini qanday tarzda
rivojlanishini oldindan bilish qobiliyatiga va dadillikka ega bo„lishi
kerak. Bunday xislatlarsiz darvozabon biror yutuqqa erishishi mushkul
bo„ladi.
Darvozabonlardan nafaqat texnik usullarini to„g„ri bajarish,
balki
ularni yuzaga kelgan o„yin vaziyatida maqsadga muvofiqligi jihatidan
tahlil qilish ham talab etiladi. Kuch va tezkor
-
kuch xislatlarini
rivojlantirish uchun mashqlar yotgan yoki o„tirgan holatda kichik vaznli
tezkor harakatlarni bajarilishini nazarda tutadi. Bunda shtanga, gantellar
va turli yordamchi uskunalar qo„llaniladi.
Dostları ilə paylaş: