O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə56/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Nazorat uchun savollar:
1. Zamonaviy ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.
2. “Ta’limning tashkiliy tizimi” tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering.
3. Ta’limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat?
4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo`yiladi?
6. O`quvchilar bilish faoliyatining individual, guruhli, frontal shakllaridan foydalanib mutaxassislik fani bo`ycha dars rejasi va konspektini ishlab chiqing.
7. Har bir darsda o`quvchilar faoliyatini nazorat qilishni amalgaoshirish va baholash kerakmi? Agarda zarur deb hisoblasangiz mumkin bo`lgan metodik variantlarini ko`rsatib bering.


10-Mavzu: O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish
Reja:
1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
2. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobgaolish, ularning vazifalari.
3.Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
4.O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash mezonlari.
Tayanch tushunchalar:
Ta’lim-education
ta’lim olganlik-teaching sytem
tashxis etish-diagnosis
mohiyat-essence
ta’lim jarayonida nazorat-control in education system
hisobgaolish-accounting system
nazorat qilish-control
o`quvchi-student
bilim-knowledge
baholash mezonlari-the criteria of evaluation
Adabiyotlar:
1.To`xtaxadjaeva M. Pedagogika. - T.: O`zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.176-190b.
2.Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.44-47b.
1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxisning mohiyati haqida gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv hamda tashxis-lashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida farqlab olaylik. Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta’-lim olganlik ajratib olinadi. SHuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalgaoshirish darajasi sifatida ham qara-ladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o`quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog`liq holda o`z vaqtidaaniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma’lum bo`ladiki, tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat nati-jalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarni ularga erishish yo`llari va vositalari, usullari bilan aloqa-dorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bos-qchlarni aniqlaydi.Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to`plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o`z chigaoladi.


O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish, ba-holash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedago-gik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo`lib kelgan. SHunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg`in munozaralar da-vom etmoqda. Avval bo`lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lo-zimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular baho nimani ko`rsatishi lozimli-gi: ta’lim oluvchi o`zlashtirishning qat’iy belgilovchisi – sifat ko`rsatki-chi bo`lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko`rsatkchi bo`lishi kerakmi degan masalada bahslashib kelmoqda. Ta’limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug`ilishini buyuk pedagog YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o`tgan edi. U pedagoglarni o`zlari ega bo`lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluv-chilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo`lishiga erishish didaktik tizim-larning asosida yotadi.Olimlarning ta’kidlashcha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo`lmasligi lozim, Didaktik nazorat o`qitishning o`zigaxos metodi sifatidaaniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo`nalganlikga ega bo`lishi, o`z-o`zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o`zi uchun zarur va foydali bo`lishi lozim. Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko`nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o`qishga undashning eskirgan shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O`quvchilarning o`quv meh-natini rag`batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya soha-sida kuch to`plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangcha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashxislash tizimida baho rag`batlantirish vositasi sifa-tida bir qator afzalliklarga ega bo`ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo`llanishi mumkin bo`lgan tashxislash natijalari shaxsning o`z darajasini belgilashga ko`maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi.



Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə