O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə11/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Maktabgacha ta’lim bolaning sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o`qishga intilish hissini uyg`otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bolaolti-etti yoshgaetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari vaoilalardaamalgaoshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat vaxayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Umumiy o`rta ta’lim to`qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o`rta ta’lim boshlang`ch ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqchda o`quvchilarning fanlar asoslari bo`ycha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o`zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlargaasoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitgaongli munosabatda bo`lish, shuningdek, kasb tanlash ko`nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o`quvchilarning umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish vazifasi maktab jamoasi vaota-onalar hamkorligida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligidaamalgaoshiriladi.O`qish muddati uch yil bo`lgan majburiy o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o`rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo`nalishi bo`lgan – akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o`quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik lisey o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobgaolgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo`naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o`rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.Akademik liseylarda o`quvchilar o`zlari tanlab olgan ta’lim yo`nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo`ycha bilim saviyalarini oshirish hamda o`zlarida fanni chuqur o`rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko`nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.Akademik liseylar asosan oliy o`quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o`quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko`nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo`nalishlar bo`ycha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko`nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo`ycha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo`lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o`quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqchlarida o`qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo`ycha mehnat faoliyati bilan shug`ullanish huquqini qo`lga kiritadilar.
Oliy ta’limo`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizigaasoslanib, ikki bosqch (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo`nalishlari bo`ychaxalq xo`jaligining turli sohalarigaoliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosdaamalgaoshiriladi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə