O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Talabaga istemolchi sifatida muomala qiling



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə13/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

120. Talabaga istemolchi sifatida muomala qiling
Do`kon, mehmonhona va restoranlarning mijozi sifatida har bir o`qituvchi istemol hizmatlarini turli darajada taklif qiladi. Qoniqarsiz hizmat boshqaruvchi bilan muammo keltirib chiqarishi mumkin; ko`pincha bunga javoban mijozlar bu yerga qaytib kelishmaydi. A’lo hizmat esa haridorlarni o`zlarining doimiy mjoziga aylantiradi. Haridorlar bu joyga qaytib yana kelishni hohlashadi.
O`qituvchi sifatida o`quvchilarda o`qishga rag’bat uyg’otish uchun darsxona tuzilishini o`zgartirish shartmi, yoki o`qituvchi dars tizimini o`zgartirishi kerakmi? O`qituvchining do`kon hodimidan farqi shundaki o`qituvchi savdogar singari hairdo kutib o`tirmaydi, o`quvchilar doim o`qituvchi bilan birgadir. Bu kasbda ustunlikka ega o`qituvchilar dars davomida o`zlarini havfsiz his qiladilar. Ular sinf qoidalarini joriy qiladilar va talabalarning ijrosini kutishadi. Ko`plab yozuv ishlari bilan band o`lgan o`qituvchi sinfiga yangi o`quvchi kelganida hafa bo`lishi yoki yomon hulqli o`quvchisi boshqa guruhga o`tib ketganida hursand bo`lishi mumkin.
Lekin o`zi ustida ishlaydigan, faol o`qituvchilar esa har bir talaba bilan alohida ishlaydi, agar o`qitish uslubi o`quvchiga mutanosib bo`lmasa boshqa imkoni borligini o`quvchiga tushuntiradi.
Maktub konsepsiyasining asosi bu talaba o`z o`qish joyini tanlashga imkon berish tushunchasidir- huddi hairdo o`zi hohlagan tovarni o`zi hohlagan joydan olgani kabi. Yani talabalar o`z hohishlariga ko`ra boshqa ta’lim muassasiga ko`chirilishi yoki o`ituvchini o`zlari tanlashi mumkin.
O`zlarini qadrli haridordek his qilgan talabalar boshqalardan ko`ra qattiqroq va chin dildan o`rganishadi. Boshqa talabalardan ko`ra do`stona muomalada bo`lishadi va ko`proq harakat qilib yaxshiroq natijalarga erishishadi. 3
3.Pedagoglik kasbi, uning paydo bo`lishi va ravnaq topishi. Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog`liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o`zlari bilan ergashtirib yurib, ulargaov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o`simliklarning ildizi kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalgaoshirishni o`rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug`)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalgaoshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo`lidaolib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ulardaamaliy ko`nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamidaatrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o`zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo`lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosidaamalgaoshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo`lishi, shuningdek, urug` jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalargaajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg`or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
Turli tabiiy ofatlar ta’siridan himoyalanish, kishilar hayotigaxavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun etarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo`lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma’lum mehnat faoliyati yo`nalishidaetarlcha bilimga ega bo`lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko`rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o`rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma’lum yo`nalishlar bo`ycha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablar qadimgi SHarqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo`lib, ularda bolalarga ma’muriy-xo`jalik boshqaruvi asoslari o`rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi YUnonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so`zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrdaAfina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o`z shogirdlariga ma’ruzalar o`qigan bo`lib, keyinchalik ta’lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, qudorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlarigaolib borish vaolib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma’nosi «bolaetaklovchi» demakdir.Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqchlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug`ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar. Feodalizm davridaaksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o`rgatilgan.O`rtaasrlar davrida, SHarqdaakademiya ko`rinishidagi ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo`lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag`dod), «Ma’mun akademiyasi» (XI ar boshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo`nalishlari bo`ycha kuchli bilimga ega bo`lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo`lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, medisina, astronomiya kabi yo`nalishlarda keng ko`lamli tadqiqotlar olib borilgan.
O`rtaasrlar hamda kapital ishlab chiqarishigaasoslangan jamiyatlardaakademiya (SHarqda madrasa)lar ko`rinishidagi maktablarda ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk, turli sohalar bo`ycha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlarigaalohidaahamiyat qaratilgan. CHunonchi, Muhammad Tarag`ay Ulug`bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o`z davrining taniqli olimlari – Ali qushchi, Taftazoniy, qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, g`iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta’lim berganlar.XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma’rifatparvarlar – Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, AbdullaAvloniy, Abduqodir SHakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma’naviy etuk inson sifatida ham nom qozondilar.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə