O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə12/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Bakalavriat- mutaxassisliklar yo`nalishi bo`ycha fundamental vaamaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to`rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.Bakalavr darajasiga ega bo`lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo`nalishidagi o`zi tanlagan soha bo`ychaoliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo`ladi.
Magistraturaaniq mutaxassislik bo`ycha fundamental vaamaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo`lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikasion davlat attestasiyasiga muvofiq olib boriladi. Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo`ycha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko`rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega. O`zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat ko`rsatadi:


Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalaridaaspirantura, ad’yunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosidaamalgaoshiriladi. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik dissertasiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestasiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo`lish huquqini beradi.


Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo`ychaoliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonidaasosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo`nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalaridaamalgaoshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o`qish natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo`ladilar.
Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda yo`lga qo`yilib, bolalar hamda o`smirlarning ta’limga bo`lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadidaolib boriladi.
4.Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg`or pedagogik vaaxborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo`lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi yangi fundamental vaamaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo`ychaaxborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangcha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqei vaobro`sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi»1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o`quv darsliklari va qo`llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalgaoshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi»2.
5.Ishlab chiqarish – kadrlarga bo`lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchischisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo`nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi»1.
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlardaalohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o`quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag`batlantiradi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo`llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi»2.
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo`lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o`zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o`z talablarini qo`ya oladi. SHu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab etishtirish yo`lida uzluksiz ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo`llab-quvvatlash majburiyatini o`z zimmasigaoladi. SHu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisigaaylandi.
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o`zbek xalqining milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi qo`llanilib kelingan bo`lib, u o`zida keng ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo`lish o`zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o`rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo`lish emas, ayni vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasidaana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo`ladi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə