O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə20/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Nazorat uchun savollar:


1.«Individ», «shaxs», «individuallik» tushunchalarini sharhlang.
2.Rivojlanish va shaxs rivojlanishini ta’riflang.
3.Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida nimalarni bilasiz?
4.Shaxs faoliyati haqida so`zlab bering.
5.O`quvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.
6.Shaxsning ijtimoiylashuvini qanday tushunasiz?

4-Mavzu: Yaxlit pedagogik jarayon
Reja:
1.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati
2. Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi
3. Ta’lim funksiyalari
Tayanch tushunchalar:
Ta’lim jarayoni-Education process
yaxlit tizim-integrated system
tushuncha-meaning
mohiyat-essence
yaxlit tizim-integrated system
sifat-quality
tavsif-definition
ta’lim funksiya-education function


Adabiyotlar:
1. To`xtaxadjaeva M. Pedagogika. - T.: O`zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.66-190b.
2.Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.128b.


1.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlamaaloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqaxususiyatlar xosdir. Ta’lim o`qituvchi tomonidan boshqariluvchi o`zigaxos anglash jarayonidir. O`qituvchining yo`naltiruvchi sifatidagi roli o`quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko`nikma va malakalarni to`liq o`zlashtiraolishlarida ko`rinadi.
Ta’lim o`qituvchining o`quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi.Uo`quvchilarga o`quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo`l qo`yilgan xatolarni to`g`rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko`rsatadi. Har qanday ta’lim o`zida o`qituvchi va o`quvchining faoliyati, ya’ni, o`qituvchining o`rgatish hamda o`quvchining o`rganishga yo`naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to`g`ridan to`g`ri, bevosita va nisbiy munosabat1aks etadi.
Ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida o`zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko`ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish, ulardaamaliy ko`nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo`naltirilgan jarayondir. Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o`zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formulaasosida to`laqonli anglash mumkin:
DJ q M q O`fqB
Bu erda; DJ – didaktik jarayon;
M – o`quvchilarning o`qish (ta’lim olish) motivasiyasi;
O`f –o`quvchilarning o`zlashtirish faoliyati;
B –o`quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə