O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o`rni



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə17/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

3.Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o`rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo`ladi.
Faoliyat o`zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko`rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko`ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalgaoshirishi uchun uni to`g`ri tashkil etish lozim. Lekin ko`p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo`ladi.O`smir va o`spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o`yin, o`qish va mehnat kiradi. Ular yo`nalishiga ko`ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko`ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.Faoliyat faol va passiv bo`lishi mumkin. O`smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o`z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o`zini shaxs sifatida ko`rsataolishi unda o`z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko`zga tashlanadi.Ta’lim jarayonidagi faollik o`quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o`z qobiliyatini namoyon etishga yo`llaydi. Bilishga bo`lgan faollik o`quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.Faollik ko`rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko`ra, o`quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlcha bo`ladi. Ta’lim muassasasida, hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o`zgarib turishi kerak.Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o`z mehnati, g`ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O`qituvchi qanchalik yaxshi o`qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o`zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barchama’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o`z faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`ymaganligidadir.
131 Shaxsga hurmat
Tomas Edison, Bil Gayts Reychil Karson , Rosa Parks- bularning barchasi dunyo manzarasini tubdan o`zgartirib yuborgan shaxslar hisoblanadi. Elektr lampalaridan tortib kompyutergacha va kishilar erkinliklari sog’lom muhitga erishgungacha , yagona shaxslar o`zgarishlar yasashning kaliti bo`lgan.
Albatta yakka holatda muvoffiqiyatlarga kamdan kam erishiladi, buyuk muvaffaqiyatlarga boshqalarning yordami bilan erishilishi haqiqat va bu albatta yuqorida eslatib o`tilgan ixtirochilar uchun ayni haqiqat. Shu bilan birga bu ilmiy va jamoaviy o`zgarishlar yasagan shaxslar sinf honalarida o`tirgan. Ular yoshlik va o`smirlik paytida ham bugungi maktab zallarida sang’ib yuradigan bolalarga o`xshamagan.
Kelgusida dunyoda innovatsion texnalogiyada, meditsina sohasida, yoki jamiyatda qanday o`zgarishlar sodir bo`lishi aytish qiyin. Lekin bir narsa aniqki, bunday katta mahoratni egallagan shaxslar bugunning talabalaridir. Pedagoglar ularni o`zlari istagan sohani mutahhassi bo`lishi uchun kerakli mahoratlar bilan tanishtirishi va qurollantirishi kerak.
Jamiyatga foyda keltiradugan, tajribali , o`zini har sohada nazorat qila oladigan yosh kadr zarur. Shuningdek maktablar jamiyatning hozirgi hayotini o`zgatirishiga hissa qo`shadigan yaratuvchan ijodkor yoshlar- novatorlarni yetishtirib berishi kerak. Bunga erishish uchun maktablar o`quvchi shaxsini hurmat qilgan holda ularga ko`maklashishlari kerak. Talabalar tomonidan aytilagan kuchli istaklari, orzu hohishlari kelajakdagi muhim qadamlari uchun katta rol o`ynaydi, Har bir hohish istakning amalga oshishi dunyoga o`zining ma’noli hissasini qo`shadi. O`qituvchilar o`quvchilar uchun umumiy sistemaga bog’liq normalarni tanlagandan ko`ra ularning o`zlarini namoyon qila olishini qanday o`rgatishi mumkin? Pedagoglar qanday qilib ta’limni individuallashtiradi va talabalarni o`zlarining kelajagining asoschisi qilishga intiladi?4
134 Talaba shaxsiga hurmat. O`tgan davrlarda bo`lgani kabi, o`qituvchilar turli xil jamoatchi-iqtisodchi talabalar jamoasi bilan bog’liqdir. O`ziga hoslikdan faxrlanishning ma’nosi talabalarning kelib chiqishini bilishi va madaniy hilma xillikni hurmat qilishni talabalarga o`rgata olishdir. Talabarga ularning madaniyati va turli hil usumlari haqida malumotlarni bo`lishishga imkon berish nafaqat loyihalar va faoliyatlar o`rtasidagi moslikni mustahkamlaydi, balki bu sinfdoshlarni bir birini chuqurroq o`rganish tajribasi ekanligini isbotlaydi.Ko`plab o`qituvchilar bu g’oyani qabul qilishda muammolarga duch kelishlari mumkin. Talabalarning sinfdan tashqari kechadigan hayoti va faoliyati ular dars davomida o`rganadigan fanlari singari hayotda o`z o`rinlarini topishga hizmat qiluvchi asosiy omillardir. Sport, teatr to`garaklari, va bahs munozaralar, maktabdan tashqari darslar – bularning barchasi hayotiy mahoratni o`stirish uchun muhim omildir. Bu faoliyatlarning barchasi vaqt talab qiladigan va shunga qaramay maktab topshiriqlari bilan vaqt masalasi bo`yicha muammo bo`lishi mumkin. O`qituvchi malum bir topshiriqni bajrish uchun talaba uchun noqulay vaqt belgilasa, o`quvchi tayinlangan vazifani amalga oshira olmasligi va bundan aziyat chekishi hamma uchun oydin. Garchi talaba uchun vaqtni, muddatni qadrlash muhim bo`lsada, o`qituvchining gohi-gohida talabalarga imkon berishi ularning fanga va vaqt tushunchasiga bo`lgan hurmat hissini kuchaytiradi.
Bundan tashqari, talaba kamchilik va salohiyati bilan bir biridan tubdan farq qiladi. Tabiiy fanlarda o`zining bor mahoratini ko`rsata olgan o`quvchi , ijtimoyi fanlarni o`zlashtirishda birmuncha qiyinchilliklarga duch kelishi mumkin. Bazi talabalar ta’lim sohasida barkamollikka erishadilar- bu pedagoglarning yutug’idir va buni ezozlashimiz keak.Qanday sinf o`quvchilariga dars o`tishdan qatiy nazar pedagog o`quvchilarning iqtidor doirasidagi sohalarida muvaffaqiyatga erishishlari uchun ularni ruhlantira olishi kerak; hoh bu ilmiy soha yoki mehanik soha bo`lsin. Talabalarning muvaffaqiyatiga etibor qaratib va uni qadrlagan holda kelajakda o`zlari orzu qilgan kasb egasi bo`lishiga yordam beradi.5
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə