O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə22/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

3.Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko`rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim berish funksiyasi ta’lim jarayonining o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to`laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi vaamaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to`g`ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o`quvchilarda ular tomonidan o`zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko`nikma va malakalarning shakllanishi ham alohidaahamiyatga ega.
Ko`nikma – olingan bilimlargaasoslanib qo`yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig`indisi.
Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.Umumiy ko`nikma va malakalargaog`zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalanaolish, o`qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim jarayonida, bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`quvchining rivojlanishi sodir bo`lishini ko`rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo`nalishlarda sodir bo`ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emosional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To`g`ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o`qituvchi va o`quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o`zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta’limning o`quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali. XXasr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi.
Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o`quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlargaajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o`rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)gaxizmat qilishini anglatadi.Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o`rtasidagi bog`liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.
Tarbiyalash funksiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo`ladi. Tarbiyalash funksiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o`qituvchi hamda o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonidaetakchi o`rin tutadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunidaaks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o`quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori. Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o`qituvchi va o`quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o`qish jarayoni ishtirokchilarining o`zaro munosabatlari, o`quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o`qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o`quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatgaolinishini anglatadi.


Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə