O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə21/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

2.Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog`liq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o`zaro bog`langan ko`plab elementlar (tarkibiy qismlar) o`rtasidagi mustahkam birlik va o`zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko`plab o`zaro bog`liq quyidagi elementlarni o`z chigaoladi: ta’lim maqsadi, o`quv axborotlari, o`qituvchi va o`quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagcha namoyon bo`ladi (4-chizma):


Barcha tarkibiy qismlarning o`zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo`luvchi ta’lim jarayonining negizini o`qituvchi va o`quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.


128. Ta’limdagi ushbu yangi 3ta R (QMM): rigor (qattiqqollik), relevance(muvofiqlik), relationship(munosabat) larning o`rni insonning o`zaro ta’siri muhim ustuvorlik kasb etadi. Yuqori samaradorlikka erishuvchi o`qituvchilar maktabga kelgandan boshlab kulmaydigan (jiddiy)lardir. Chorakning boshida talabalarga o`zini xushchaqchaqlik bilan tanishtiradiganlar ham bor. Ular do`stona ko`makdosh va butun maktab davomida hamma uchun hurmatga sazovor bo`ladilar. Bunday o`qituvchilar hurmat qozona olgani uchun talabalar bilan samarali ish olib bora olishadi. Xonalaridan kulgu eshitilib turadi. Talabalar vazifalar ustida ishlaydi va yaratuvchan bo`ladi. O`qituvchilar individual ehtiyojlar va qobiliyat darajalariga e’tiborli bo`lgani sababli talabalar o`rganib boradi va ular talabalarni rivojlantirish uchun ular bilan individual ishlaydi. Shuning uchun, ota-onalar va ularning o`rnini bosuvchi mas’ul shaxslar bilan aloqa o`rnatish o`qitish jarayonidagi muhim va kuchli kelishuv hisoblanadi. Bu kasbning talablari va murakkabliklari sababli ta’lim beruvchilar ta’lim jarayoni va dasturlarini rivojlantirish uchun boshqalar bilan birga hamkorlikda ishlashlari zarur. Va nihoyat aloqalari orqali o`qituvchilar o`zlarining atrofidagilarga ta’sir o`tkaza olish uchun yetarli kuchga ega bo`ladi. Nemis shoiri Gyote aytishicha , quydagi fikr atrofidagilarga ta’sir o`tkaza olish uchun individual kuch haqida juda yaxshi bayon beradi:
“ Men shunday qo`rqinchli xulosaga keldimki, men hal qiluvchi elementman. Iqlimimni yaratish bu mening shaxsiy fikrlashim. Ob-havomni yaratish bu mening kunlik faoliyatim. Hayotni qo`rqinchli yoki zavqli qila oladigan kuchga men egalik qilaman. Men ilhomlantirish quroli yoki azoblarning manbai bula olishim mumkin. Ayblay olishim ham hazilga yo`yishim ham , azoblashim yoki tuzatishim ham mumkin. Barcha hollarda ham, har qanday qaltis vaziyatni kuchaytirish yoki kamaytirishga qaror qilish bu mening javobgarligimdir.”
Agar biz odamlarga ular qanday bo`lsa , shunday murojaat qilsak biz ularni yomon ahvolga solib qo`yamiz. Ya’ni biz ularga qanday bo`lishi kerak bo`lsa shunday bo`lishlariga yordam beramiz.
Bir paytning o`zida Gyotening so`zlari hayotga bo`lgan qiziqishni yaqqol ilhomlantiradi hamda uning tushunchasi sinfga ta’sir ko`rsatadi. Talabalar bizning haridorlarimiz va ishimizning manbaidir, bir paytning o`zida o`qituvchilarning o`zlari darsdagi eng muhim inson hisoblanadi. Chunki ular ko`plab talabalarning muvaffaqiyatiga hissa qo`shadigan omillarni nazorat qiladi.
O`qituvchilarning harakati va munosabatlari hamkasblari bilan bo`lgan ijobiy kasbiy munosabatlari ota onalar bilan birgalida ishlashni taminlaydi. Shunighdek maktablar va o`qituvchi ota onalar bilan birga ishlashni taminlaydi. Bundan tashqari maktab va o`qituvchilar ota onalarni taklif qilib farzandlarining talim tarbiyasi bo`yicha sherik bo`lib ishlashini anglatadi.
O`qituvchi risoladagidek namunali darsni tashkillashtira oladi lekin munosabat o`rnatish orqaligina darsning yutuqlarini keskin kuchaytira oladi.7

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə