O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


O'RTA MAXSUS VA KASB-HUNAR TA'LIMI MAZMUNI



Yüklə 2 Mb.
səhifə47/96
tarix24.02.2022
ölçüsü2 Mb.
#84080
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

O'RTA MAXSUS VA KASB-HUNAR TA'LIMI MAZMUNI

Reja:

1. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o'quv rejalari. O'quv
dasturlari, darslik va o'quv qoilanmalar tavsiflari va ularni yaratishga yangicha yondashuv

2. Elektron o'quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo'yilgan talablar.

3. O’qituvchilarni o’quv dasturlari va darsliklardan ijodiy foydalanishga yoilash

4. O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g’risida»gi Qonuni asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o’quv fanlari bo'yicha Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish



Mavzuning maqsadi: ta'lim mazmuni va unga qo'yilgan zamonaviy talablar hamda o’rta maxsus kasb-hunar ta'limi (O’MKHT)da ularga e'tibor, shuningdek, O’MKHT tizimining me'yoriy va metodologik asoslarini ta'lim oluvchilar ongiga singdirish.

Mavzuning vazifalari:
  1. Ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar va yangi nomdagi fanlarning


    paydo bo'lishi hamda ular mazmuniga qo'yilgan talablarni ta'lim oluvchilar ongiga singdirish.
  2. Ta'lim oluvchilarga kompyuterning ikki muhim xususiyati


    to'g'risida ma'lumot berish.
  3. Nazariya va amaliyot integratsiyasida ta'lim mazmunining roli


    va o'rnini yoritish.
  4. Zamonaviy ta'lim mazmunining me'yoriy va huquqiy asoslari


    haqida ta'lim oluvchilarga ma'lumot berish.
  5. Ta'lim mazmuni tamoyillari va ulardan amaliyo faoliyatda foydalanish mexanizmini ta'lim oluvchilar ongiga singdirish.


  6. Ta'ilimni insonparvarlashtirishda «o'z-o'zingni angla» tamoyiliga amal qilinishining mazmun-mohiyatini yoritish.


  7. Boiajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda o'quv


    rejadagi fanlar bloklari aloqadorligining ahamiyati.
  8. O'quv rejalari va dasturlari hamda o'quv adabiyotlarni yaratishga yangicha yondashuv qilish ahamiyati.


  9. Elektron o'quv adabiyotlar avlodini yaratish texnologiyasini


    ta'lim oluvchilar ongiga singdirish.
  1. O'quv-me'yoriy hujjatlar va o'quv adabiyotlaridan ijodiy foydalanishga yoilanma berish.


  2. Zamonaviy darsliklarning asosiy funksiyalari ta'lim oluvchi­lar ongiga singirish.


Mavzu bo'yicha tayanch iboralar:

Ilmiy-texnika, ta'lim mazmuni, ixtisoslashgan ilmiy kengashlar, kibernetika, informatika, geofizika, bionetika, matematik mingvistika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, texnik estetika, kompyuter-lashtirish, kompyuterli tizimlar, «Fan—>ta'lim—>amaliyot», «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», DTS, Kasb-hunar ta'limi, kasb-hunar kollejlari, ta'lim mazmuni tamoyilla-ri, ta'limni insonparvarlashtirish, ijtimoiy tajribalar, umumta'lim fan-lari, ijtimoiy fanlar, mutaxassislik fanlari, o'quv fanlari bloki, ixti-soslik (mutaxassislik) fanlari bloki, o'quv amaliyoti bloki, kollej ixti-yoridagi soatlar bloki, o'quv reja, o'quv fani dasturi, darslik, o'quv qo'llanma, elektron kitoblar, darslikning asosiy funksiyalari, xalqaro standart tasniflash, ta'limning tarmoq standarti.

8.1. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o'quv rejalari. O'quv dasturlari, darslik va o'quv qo’llanmalar tavsiflari va ularni yaratishga yangicha yondashuv

O’quv reja - har bir mutaxassislik bo'yicha malaka va DTSda keltirilgan talablarni ta'minlovchi muayyan ta'iim yo'nalishi bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida o'rganishning izchilligi va soatlaridagi qatnashishini belgilaydigan hujjat. O'quv rejasiga kirgan fanlar mazmunini o'quv dasturlari va mavzular rejasi tashkil etadi. O'quv rejasi o'quv shakllarini, o'quv predmetlarining ro'yxatini va hajmini, ularning o'quv haftalari, yarim yilliklari bo'yicha taqsimlanishini belgilaydigan, bo'lajak mutaxassislarni o'quv predmetlari, kasbiy va umumta'lim tayyorgarligi orasida o'zaro bog'liqlikni ta'minlovchi me'yoriy hujjat.

O'quv fani dasturi ham xuddi o'quv rejasi kabi muhim davlat hujjati bo'lib, unda muayyan o'quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o'quv yili davomida ta'lim oluvchilar tomonidan o'zlashtirilishi zarur boigan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi ko'rsatiladi. O'quv fani dasturi ta'lim mazmuni, uning ta'lim oluvchilar tomonidan o'zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko'rsatilgan normativ hujjat. O'quv fani dasturlari tegishli ta'lim (umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta' lim) turidagi barcha ta'lim muassasalari uchun yagona, uning talablari toia ravishda bajarilishi majburiydir. Dastur tushuntirish xati, bo'lim va mavzular bo'yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.

O'quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:

  1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatiga egaligi.


  2. Dastur mazmunining ijtimoiy-g'oyaviy xususiyatga egaligi.


  3. Nazariy g'oyalarning amaliyot bilan birligi.


  1. Dastur mazmunining ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egaligi va


    aniq g'oyaga asoslanganligi.
  2. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bo'lishi.


  3. O'quv predmetlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, bogianish-


    larning mavjudligi.
  4. O'quv dasturini tayyorlashdagi ta'lim oluvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini e'tiborga olish.


Demak, o'quv rejasi va dasturi ta'lim muassasasi ma'muriyati, ta'lim oluvchilar jaraoalarining so'zsiz amal qilishlari lozim bo'lgan davlat hujjatlaridir. Ta'lim jarayonini samarali olib borish uchun bularga mos darsliklar tayyorlanadi.

Darslik—DTS, o'quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosi­da belgilangan, milliy mafkura g'oyalari singdirilgan, muayyan o'quv fanining mavzulari to'liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o'zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo'nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.

Demak, darslik bu - muayyan o'quv predmeti mazmunini o'quv dasturida ko'satilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilingan kitob boiib, uning xarakterli xususiyati darslik mazmunining o'quv dasturi mazmuniga mos kelishidir. Darslikdagi material bo'limlar bo'yicha taqsimlanadi. Har bir mavzu, muayyan bob, uning tarkibida bo'lgan bandlar asosida ochib beriladi.

Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o'rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va yechimini kutayot-gan muammolari, boshqa fanlar bilan bogiiqligi, bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma'lumotlar, fanga tegishgi soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti ham-da talabaning fan bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim.

Darslikning asosiy matni — bu ta'lim oluvchi tomonidan o'rga-nilishi va o'zlashtirishi majburiy bo'lgan o'quv axborotining asosiy manbayi vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi. Darslikdagi qo'shimcha materiallar. Bu matnlar asosiy matnda bayon qilingan holatlarni mustahkamlab va chuqurlashtirishga, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o'quv materiallarini o'z ichiga oladi. Qo'shimcha matnlarga belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) materiallar, amaliy ko'nikmalarni shakllantirish-ga yo'naltirilgan mashqlar, xulosalar, tavsiyalar, ma'lumotlar kiradi. Darslikdagi mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar matniga quyidagi talablar qo'yiladi:


  • ta'lim oluvchilar tomonidan o'tilgan mavzularning mustahkam


    o'zlashtirilishini ta'minlash;
  • ta'lim oluvchilarni bilim olishga qiziqtirishni rivolantirish;


  • fikrlash faoliyatini rivojlantirish, taqqoslash, sintez va tahlil qilish


    usullaridan foydalana olish mahoratlarini shakllantirish;
  • ta'lim oluvchilarning amaliy topshiriqlarni bajara olish imkoniyatlarini inobatga olish;


  • tasdiqlarning aniqligi va tushunarliligi, yagona namunaga mos kelishi.


Darslikdagi bilim va ko'nikmalarni nazorat qilish materiallari matnidagi nazorat savollari ta'lim oluvchilarni bilim olishga qiziqishlarini, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratini shakllantirishgayo'naltirilgan bo'lishi kerak.

Darslikdagi informatsion-uslubiy ta'minot - bu ushbu fanga oid asosiy va qo'shimcha o'quv manbalari, elektron ta'lim resurslari hamda uslubiy qo'llanmalarni o'z ichiga oladi.

Darslikdagi qo'shimcha ma'lumotlar matniga mazkur darslik-dan foydalanish tartibi, o'quv materalini o'rganishga tegishli elektron vosita (multimedia, virtual stend, animatsiya va h.k.)lar va ulardan foydalanish tartiblari kiradi.

O'quv qo'llanma - bu darslikni qisman toidiruvchi, muayyan fan dasturi bo'yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o'zlashtirishni ta'minlovchi ayrim bob va boiimlarni keng tarzda yoritishga yoki mashqva mashg'ulotlar olib borishga mo'ljallangan nashr.

8.2.Elektron o'quv adabiyotlar va ularni ishlab chiqishga qo'yilgan talablar

Keyingi paytlarda darslik va o'quv qo'llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo boimoqda. Bu borada elektron o'quv adabiyotlarini yaratish o'zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda. Bunda elektron kitob (multimedia kitob, yarim media kitob, gipremedia kitob, intellektual kitob, telemedia kitob, kibernetik kitob)lar, elektron nashr, elektron ta'lim resurslari, elektron uslubiy qo'llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o'quv-uslubiy materiallar, elekt­ron o'quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini keltiramiz.

Elektron darslik - bu an'anaviy darslikdan farqli o'laroq, fan­ga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya'ni foydalanuvchi e'tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o'rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o'quv uslubini qo'llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o'quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomon-lama samarali o'zlashtirilishiga mo'ljallangan adabiyot. Shuning-dek, u muayyan fanning o'quv hajmini to'liq qamragan va masofa-viy o'qitish hamda mustaqil o'rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan bo'lib, unda materiallar (o'quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o'quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o'lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya'ni ma'lumot ikkiuch o'lchamli grafik ko'rinishida, video, animatsiya va qisman virtual (matn) shaklida, obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvuri-ni ifodalaydigan shaklda yaratiladi.

Elektron kitoblarni yaratish ta'lim tizimiga CD-ROM va multi­media texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o'quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta'lim-tarbiyada samarali qoilanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo'ladi.

Elektron kitoblar to'rtta yo'nalishdan iborat bo'ladi. Ular: qomusiy; ma'lumot beruvchi; o'qituvchi; imtihon oluvchi.

Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga yetkazib berish bilan shug'ullanadi. Bunda multimediali kitoblar — bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo'lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma'lumotlardan tashkil topgan bo'ladi.

Yarimmedia kitoblar - bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma'lumotlarni yetkazib berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.

Gipermedia kitoblar- bu multimediali kitoblarning takomillash-gan shakli bo'lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari tur­li qo'shirncha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilishi mumkin.

Intellektual kitoblar - bu imtihon oluvchi kitoblarga o'xshash bo'lib, bunda ta'lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim darajalari maxsus testlar yordamida ularning kompyuter bilan muloqot jarayonida aniqlanadi va baholanadi.

Telemedia kitoblar — bu telekommunikatsiya vositalari yordami­da masofadan o'qitishga xizmat qiluvchi kitobdir.

Kibernetik kitoblar - bu matematik modellashtirish vositalari yordamida hodisalarni va obyektlarni har tomonlama o'rganish va tadqiq qilishga yordam beruvchi kitobdir.

Elektron ta'lim resurslari - bu muayyan fan bo'yicha yaratilgan elektron o'quv qo'llanma, elektron ko'rsatmalar, elektron ma'lumotnomalar, lug'atlar, virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.

Elektron nashr - bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video-foto va boshqa axborot obyektlari majmuasidan iborat bo'lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog'i orqali taqdim etishga mo'ljallangan.

Elektron o'quv nashri - bu ta'lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo'lgan bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o'zlashtirishiga ko'maklashuvchi nashr bo'lib, u ilmiy-amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o'quv materialini o'z ichiga oladi.

Elektron uslubiy qo’llanma - bu ta'lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik tajriba (amaliyot)ni umumlashtirish va uzatish hamda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatning yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo'ljallangan nashr.

Elektron o'quv qo'llanma — bu muayyan fanning o'quv rejasidagi vaqt va o'quv dasturidagi ma'lumot hajmini qisman yoki toiiq qamragan va fanni o'rganishga tegishli ma'lumotni to'liq adaptatsiya qila olgan masofaviy o'qitish va mustaqil o'rganish uchun moijallab tayyorlangan nashr.

Elektron o'quv qo'llanmalar

Multimediali elektron o'quv qo'llanmalar yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan kompleks foydalanishning quyidagi jihatlariga asosiy e'tibor qaratiladi:

1.Ichma – ich joylashgan turli bo'g'inlar va rangli bezaklarda gipermurojaatlardan foydalanish.

2.Ma'lumotlarni tasvirlashda turli xil rangli bezaklardan foyda­lanish.

3.Audio va video effektlar va ularni boshqarishning samarali metodlaridan foydalanish.

Multimedia muhitida elektron o'quv qo'llanmalar ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablag'larni talab qiluvchi jarayondir. Shu-ning uchun ham multimedia muhitida elektron o'quv qo'llanmalarni yaratishning barcha bosqichlarini hamda har bir bosqichida qabul qilinishi mumkin bo'lgan qarorlarni oldindan belgilab olish maqsadga muvofiqdir.

Bunda quyidagi bosqichlarni bajarish zarur bo'ladi:


  • tanlash bosqichida multimedia muhitida ko'rsatilishi kerak


    bo'lgan o'quv fani tanlanadi;
  • tayyorgarlik bosqichida kurs matnni yozish, ko'rgazmali va


    ma'lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o'quv
    dasturining ssenariylarini yaratish moijallanadi;
  • asosiy bosqichda elektron o'quv qo'llanmani bevosita yaratish


    bo'yicha ishlar amalga oshiriladi;
  • yakunlovchi bosqichda elektron o'quv qo'llanmani testdan


    o'tkazish va maqomiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bos­
    qichda o'quv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi,
    shuningdek, foydalanuvchi bilan o'zaro aloqa mexanizmi loyihalash-
    tiriladi. Asosiy va qo'shimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning ierarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida
    bloklar va ekranlar o'rtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.

Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki oichamli grafikadan va «Macromedia Flash» dasturiga joyiashtirilgan interaktiv tizim Web-sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.

Multimediali elektron o'quv qo'llanmani yaratishda giperment, giperko'rsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish ham­da ularni o'zaro bog'lash maqsadida HTML - giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.

Multimediali elektron-o'quv qo’llanma quyidagi afzalliklarga ega:

• multimediali elektron-o'quv qo'llanmada o'quv materialining

multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o'quvchilarga berilayotgan o'quv materialini chuqurroq va mukammalroq o'zlashtirish, dars mavzusi bo'yicha


to'Hq tasavvurga ega boiish imkonini beradi;

• multimediali elektron-o'quv qo'llanmada berilayotgan ma'lumotlaming harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg'unligi mavzuni o'rganishda monoton (bir xil)likka chek qo'yadi;

• o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida interaktiv tizim vujudga kelib,
bevosita aloqa o'rnatilishi natijasida o'qituvchi dars jarayonida o'quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo'ladi;

  • multimediali elektron-o'quv qo'llanmada o'qish darajasi va


    sur'atini o'rganuvchining o'zi tanlash imkoniyati o'qitishni individuallashtirish imkonini beradi;
  • multimediali elektron-o'quv qo'llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o'z-o'zini tekshirish uchun savollar o'quvchini o'z-o'zini


    tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
  • olingan bilimlar o'quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak


    bo'lganda amaliyotda qo'llash imkoniyatiga erishiladi.

Elektron pochta - bu axborot almashish xizmatini ko'rsatish vositasidir. Undan foydalanuvchi har qanday o'quv muassasasi va hatto-ki o'z uyida terminal orqali kerakii manzilni ko'rsatgan holda axborot jo'natish mumkin yoki qabul qilib olish mumkin. Buning uchun axbo­rot kompyuterda yuboriladi, u yerda esa tegishli manzilning elektron qutisiga fayl jo'natiladi.

Elektron forumlar bu Internet tarmog'i va elektron pochtalardan foydalanib o'tkaziladigan seminarlardir. Seminarning moderizatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, so'ng savol beradi yoki mavzu mazmunini muhokama etadi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga javob beradi, o'z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok etadi. Muhokama natijalari asosida xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to'g'ri, yakuniy javobni oladi. Bu esa olgan bilimlarni mustahkamlashga ta'sir etadi.

Elektron shaklidagi o'quv-uslubiy materiallar - bular elektron darslik, elektron o'quv qo'llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig'imdagi audiovizual materiallar, interaktiv o'quv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini o'tkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini o'tkazish bo'yicha tizimlar.

8.3. O'qituvchilarni o'quv dasturlari va darsliklardan ijodiy foydalanishga yo'llash

O'qituvchi - bu ta'lim oluvchilarni hayotga, ongli mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida, jamiyat oldida javob bera oladigan, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan va pedagogik faoliyat bilan kasbiy jihatdan shug'ullanuvchi shaxsdir.

O'qituvchi va o'quvchining dasturli faoliyati - bu o'quv jarayonida ahamiyatsiz harakatlarni yo'qotish, samarali o'zaro aloqani ta'minlash va rejalashtirilgan natijalarga o'z vaqtida erishish jarayonidan iboratdir. Bunda o'qituvchi texnolog-nazoratchi sifatida qatnashadi. Ushbu jarayonda ta'lim maqsadini aniq ifodalab olish muhim ahamiyat kasb etadi.

O'qituvchilar o'z kasbiy faoliyatini olib borishdagi o'quv dasturlari va darsliklardan foydalanishda doimo ularda quyidagi savollarga javoblar bo'lishi kerak:


  1. Ta'lim oluvchilar qanday konsepsiya (qarash)ni talqin qilishi va


    unga amal qilishi kerak?
  2. Konsepsiya bilan tanishish uchun ta'lim oluvchilar qanday faoliyatni amalga oshirishi kerak?


  1. Ta'lim oluvchilar nimalarni kuzatishlari va yozib borishlari


    kerak?
  2. Ta'lim oluvchilarga qanday ko'rsatmalar berish kerak?


  3. Ta'lim oluvchilar axborot yoki kashfiyotlarning qanday turlari


    to'g'risida fikr yuritishlari kerak?
  4. Ularning «kashfiyotlari»ni umumlashtirish uchun men ta'lim


    oluvchilarga qanday yordam bera olaman?
  5. Men ta'lim oluvchilarni qanday boshqarishim va hatto, ularning


    tushunishlari yetarlicha bo'lmasa-da, ular aniqlashi mumkin bo'lgan narsalarni ularga yetkazishdan o'zimni to'xtatib turishim mumkin. Ular konsepsiyani to'g'ri shakllantirish (ifodalash)lari uchun ulardagi mavjud axborotdan foydalanishda Men ularga qanday yordam bera olaman?
  1. Agar ta'lim oluvchilar «nima uchun ana shu konsepsiya muhim


    bo'lib hisoblanadi?» deb mendan so'rashsa, men ta'lim oluvchilarga
    qanday javoblarni keltirishim mumkin?
  2. Ta'lim oluvchilar ushbu konsepsiyaga daxldor bo'lgan avvalgi tajribalarga egadir! Men ushbu konsepsiyani ta'lim oluvchilarning


    intellektual salohiyati va tajribasi bilan qanday bog'lay olaman?

10. Ushbu konsepsiya ta'lim oluvchilarga muayyan fandan o'zlari


uchun foydani ko'rishda yordam berishiga qanday misollar bor? Fan,
texnika-texnologiya va jamiyatning o'zaro munosabatlarini tushunishda yordam berishigachi? Fan tarixi va mohiyatiga oid axborot
olish uchun ularga yordam berishigachi?

Zamonaviy darslikka muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi savollar, masalalar va topshiriqlarni kiritish orqali talabalarda zaruriy bilimni mustaqil izlash va topishga ehtiyoj hamda qiziqish uyg'otish lozim.

Zamonaviy darslik quyidagi asosiy funksiyalarni bajarishi kerak:

  1. Axborotni uzatish funksiyasi. Bu funksiya talaba muayyan


    fan bo'yicha egallashi majburiy bo'lgan bilim va ko'nikmalar mazmunini qamrab olinishini ta'minlaydi.
  2. Muvofiqlashtiruvchi funksiya. Darslikning bu funksiyasi


    o'quv materialini loyihalash jarayonida boshqa o'quv manbalarida keltirilgan materiallarni o'rganish, ular orasidagi uzviylikni ta'minlash,
    talabalarga axborot oqimini tez o'zlashtirish va olgan bilimlarni chuqurlashtirish hamda amaliy faoliyat jarayonida qo'llash yo'llarini
    topishni qamrab oladi.
  3. Tizimlovchi funksiya. O'quv fani mazmunini tizimlangan


    shaklda qat'iy ketma-ketlikda oddiydan murakkabga qarab bayon qilinishini ta'minlaydi. Darslikning ushbu funksiyasi, birinchidan, o'quv
    materiali kasbiy faoliyatga bogiiq bo'lgan asosiy nazariy bilim, ama­
    liy ko'nikma va malakalarni o'zida qamrab olishi; ikkinchidan, darslikda bironir faoliyatni bajarish ketma-ketligining ta'minlanishi; uchinchidan, darslikda alohida harakatlar va jarayonlarni bajarishga talabalarning individual ehtiyojlariga yo'naltirilgan amaliy topshiriq-lar berilishi; to'rtinchidan, o'quv materiallari o'zida reproduktiv faoliyat usullarini va unga mos holda produktiv jihatlarni o'zida qamrob olishi; beshinchidan, tushunchalar va terminlar aniq bir tartibda saqlanishini ta'minlashi kerak.
  1. Mutaxassislikka yo'naltirilganlik funksiyasi. Darslikning


    mazmuni talabaning mutaxassislik bo'yicha ishlab chiqarish va mehnat jarayonlari, obyektlari, texnika va texnologiyalari to'g'risidagi
    asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega bo'lishini ta'minlashi
    hamda kelajakda ularga tayanib yangi ma'lumotlarni mustaqil tahlil qilish va o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilishi
    kerak.
  2. Didaktik funksiyasi. Talabalarning qobiliyati va ehtiyojiga


    mos ravishda o'quv materiallarini mustaqil o'zlashtirishga hamda
    asosiy mazmun'ini ajratish, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash
    ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
  1. O'zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash va o'z-o'zini nazorat qilish funksiyasi.


  2. Mustaqil bilim olishga qiziqtirish va ijodkorlikka undovchi


    funksiyasi. Ushbu funksiya taiabalarga mustaqil tarzda ta'lim olishga
    boigan ishtiyoq, ehtiyoj va zaruriyatni uyg'otishi, qiziqtirishi, yetishmaydigan biiimlarni mustaqil tarzda to'ldirishga yordam berishga
    yo'naltirilgan.

8.Rivojlantiruvchi — tarbiyalovchi funksiya. Ushbu funk­


siya o'quv materiallari asosida shaxsning vatani va xalqiga e'tiqodi,
ma'naviy-insoniy xislatlar: vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy
xislatlarning faol shakllanishiga ko'mak berishdan iborat.

1. Bosma shaklda

Kirish. Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o'rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va yechimini kutayotgan muammolari, boshqa fanlar bilan bog'liqligi, bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqida ma'lumotlaf, fanga tegishli soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti yoritilishi talab qilinadi. Kirishning oxirida fan bo'yicha umu­miy o'quv maqsadlari keltirilishi kerak. O'quv maqsadlari oldindan ko'zlangan yakuniy ta'lim natijalari tavsifidir.

Darslikning ikkinchi qismi quyidagi afzalliklar va imkoniyatlariga ega:


  • darslikning ikkinchi qismi ochiq tizim bo'lib, o'qituvchi istalgan


    paytda yangi o'quv materialini va so'nggi yutuqlar haqida yangiliklarni kiritish imkoniyatiga ega;
  • ta'lim oluvchining mustaqil bilim olish, izlanish va ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga, o'z-o'zini baholashga imkoniyat


    yaratiladi;
  • murakkab obyektlar, jarayonlar va hodisalar haqida animatsiyalar orqali real tasuvvur hosil qildiradi;


  • elektron topshiriqlar va testlarining ko'p variantliligi, ko'p darajaliligi va xilma-xilligini ta'minlaydi;


  • o'rganilayotgan materialni ko'rish, eshitish va emotsional xotiralarga ta'sir qilish yo'llari tushunishni yengillashtiradi;


Kompyuterli qo'llab-quvvatlashlardan foydalanib, o'quv predmetining mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko'p sondagi ma'lumotlarni va topshiriqlarni qarab chiqish va ko'proq amaliy masalalar yechishga va topshiriqlarni bajarishga imkon yaratadi.

Darsliklar yangi avlodining yaratilishi, o'quv jarayonigajoriy etilishi — talaba va o'qituvchi faoliyatini uyg'unlashtiruvchi model sifatida namoyon bo'lishi lozim.

8.4. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o'quv fanlari bo'yicha Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va hayotga uni tadbiq etish

Kasb-hunar ta'limi pedagogikasi ijtimoiy hayotning ma'lum sohasida faolyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan bilim, amaliy ish-harakat usullari va shaxsiy fazatlarni shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmun haqidagi pedagogikaning muhim tarmog'idir.

Ta'lim — ilm berish va tarbiyalashni o'ziga qamrab olib, respublikaning aql-zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglaydigan, har jihatdan barkamol, erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi va shuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi, shu jumladan kasb-hunar ta'lim tizimi pedagogikasining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:


  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;


  • O'zbekiston Respblikasining « Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni;


  • O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».


Shuningdek, buyuk mutafakkirlar va olimlaming ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalari, hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlar kabi Mustaqil O'zbekistonning «Ta'limto'g'risida»gi ilk Qonuni 1992-yil 2-iyuldan amalga joriy etilgan bo'lib, u VII bolim 44-moddadan iborat edi.

Amaldagi «Ta'lim to'g`isida»gi Qonun 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan bo'lib, u 34 ta moddadan iborat. Bu qonunga bino-an respublikamizda shu paytgacha hech bir mamlakatda avval ish­lab chiqilmagan va amalga joriy etilmagan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sissiyasida 1997-yil 29-avgust kuni qabul qilindi.

Amaldagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidagi tayyorlov yo'nalishlari kasblar va ixtisosliklar umumiy davlat tasniflagichi (2006-y.) O’zbekiston Respublikasida texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo'yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar mahkamasining «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g’risida»gi 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli Qarori asosida ishlab chiqilgan. O'rta maxsus, kasb-hunar ta' limidagi tayyorlov yo'nalishlari kasb­lar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini joriy etish Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi stan-dartlari bilan birga tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibiga «O'zDSt. 6.01.02.95.»ga muvoflq ravishda amalga oshiriladi. Tasnirlagich o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlovchilar, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida Davlat ta'lim standartlari o'quv rejalari, dasturlari va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqaruvchilar, ta'lim muassasalari rahbarlari, respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlarining mutaxassislari, vazirliklar, muassasalar va boshqa respublikamiz xo'jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko'rsatayotgan subyektlar uchun mo’ljallangandir. Tasniflagich kasb-hunar kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi vazirlikka qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar aynan qo'llanilishi shart.

Kichik mutaxassis - bu ta'lim dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirishga, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi (O'MKHT) muassasalari bitiruvchilariga beriladigan malaka darajasidir.

Kichik mutaxassis:

• nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga kasbiy bilim, ko'nikma

va malakalarga;

• mazkur jamiyatda o'zining muvaffaqiyatli hayot darajasini

ta'minlaydigan umumiy va kasbiy madaniyat, ijtimoiy ahamiyatli


xususiyatlar va shaxsiy fazilatlarga ega bo'ladi. Kasbiy faoliyat sohasi kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarning qo'llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalar nomlari bilan moslashtirilgan. Kasb-hunar ta'lim davlat standartlari yaqin kelajakda o'rta max­sus, kasb-hunar ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishi majmuaviy belgilab beruvchi yechim sifatida xizmat qiladi. Pedagogik manbalarda kasb-hunar ta'limi davlat standarti quyidagicha talqin etiladi: bo'lajak kichik mutaxassislar egallashi zarur va yetarli bo’lgan mazmun darajasi va ko'lami; o'quvchilarning maksimal o'quv yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar va hokazo. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va mahsulsiz faoliyatlarning o'zaro nisbatida namoyon bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat ta'lim (tarmoq) standarti mutaxassisliklarning yozma modeli bo'lib, kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablarni hatnda shaxsiy talablarni o'ziga qamrab oladi.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə