O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA TAMOYILLARI



Yüklə 2 Mb.
səhifə49/96
tarix24.02.2022
ölçüsü2 Mb.
#84080
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA TAMOYILLARI

Reja:

1.Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi.

2.Tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari hamda o'ziga xos xususiyatlari.

3. Tarbiya jarayoning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni.

4.Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, qoidalari.

5. Zamonaviy milliy tarbiya mazmuni xalq pеdagogikasi asosida

Mavzuning maqsadi:

Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi, tarbiya jarayoni mohi­yati, tizimi hamda uning qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari va unga qo'yiladigan talablar tasnifi to'g'risida ilmiy bilim berish orqali yoshlarda kasbiy malakalarni va sifatlarni rivojlantirish.



Mavzuning vazifalari:
  • tarbiya jarayonining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlarini yoritish;


  • tarbiya jarayoni tizimi va uning qonuniyatlarini o'rganish;


  • tarbiya tamoyillari va tasnifini ochib berish;


  • tarbiya jarayonida har bir o'quvchi shaxsining shaxsiy munosabat hamda yosh xususiyatlarini hisobga olish va ta'sir ko'rsatish.




Tayanch ibora va atamalar:

milliy va umuminsoniy qadriyatlar, izchillik va tizimlilik, talab va ta’sir, ijtimoiy hayot, jamoa, Individ, Shaxs, Komil inson, Barkamol inson, tarbiyalanganlik, komil inson, ixtiyoriylik, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya qoidalari, obyektiv va subyektiv omillar, demokratik tamoyil, ehtiyoj, ijtimoiy munosabat, faoliyat.



9.1. Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi

Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbi­ya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o'rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «AI hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yonajot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Ushbu fikrlardan xulosa chiqarsak, shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ijtimoiy milliy ilmdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi, «Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo'lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi. Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan hissiyotlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa bo'lib, insonning shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma'naviy qadriyatdir. Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq bo'lgan ikki faoliyatni -o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o'quvchining ongi shakllanib boradi. His-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Tar­biya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirish g'oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo'ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta'siri bolaning ularga munosabati, bog'liqligini ko'rsatadi. Bola faoliyatini uyush­tirish emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qanday anglashni baholashi, his qilishni anglashi e'tiborga molikdir. Ulardan o'zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar jarayonida murakkablashib boradi. Tarbiya jara­yoni o'quvchining ongini emas, balki histuyg'ularini ham o'stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan huquqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g'oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi (5.1.1-shakl).

Tarbiya jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy shakli




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə