O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


III BOB. ABBOSIYLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA XALIFALIKDA ILM-FAN VA MADANIYATNING TARAQQIY ETISHI



Yüklə 182,65 Kb.
səhifə5/6
tarix28.04.2023
ölçüsü182,65 Kb.
#107535
1   2   3   4   5   6
abbosiylar тугрилаш керак

III BOB. ABBOSIYLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA XALIFALIKDA ILM-FAN VA MADANIYATNING TARAQQIY ETISHI
Arab – musulmon madaniyatining eng yuksak parvozi – «islom renessansi» - islomning siyosiy qudrati zaiflashgan davrga, hayot pragmatik va ancha durust holga kelgan davrga to‘g‘ri keladi. Diniy urushlar vaqtida qo‘lga kiritgan boyliklar, resurslarga ega bo‘lgan amirlar, yuqori avtoritet bo‘lgan Bag‘dod halifaligidan mustaqil bo‘lgach, ularni bog‘ – rog‘lar, o‘z saroylari va boshqa hovli obodonchiliklariga ishlata boshlaganlar. Ular o‘z saroylariga shoirlar, faylasuflar, nafaqat islom aqidasini o‘rganuvchi, balki qadimiy ellin, rim – xristian va fors an’analarini biluvchi olimlarni to‘play boshlaganlar. Bularning hammasi ma’rifatli va ma’lumotli kishilarning ko‘payishga, madaniyatning gullab – yashnashiga olib kelgan edi.
Shuning bilan bir qatorda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri bo‘lganligidan, bu davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi.
Movarounnahr zamini o‘rta asr musulmon sharqida ma’rifat va madaniyat maskani sifatida dong taratgan o‘lka hisoblangan. Yurtimizdan yetishib chiqqan al Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy va boshqa buyuk alloma, qomusiy olimlarning ilmiy merosi haqli ravishda umumbashariy mulkka aylangan. Sobiq sovet davrida ushbu olimlarning ilmiy merosiga bir tomonlama munosabat shakllangan bo‘lsa, mustaqillik yillariga kelib ushbu buyuk zotlar faoliyati va ilmiy merosi har tomonlama chuqur o‘rganilishi boshlandi.
O‘lkamiz, shuningdek, islom dini taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan muhaddis, dinshunos olimlar, tasavvuf ilmi namoyondalari yurti ham hisoblanadi. Sovet mustabid davrida nomi unutilish darajasiga kelib qolgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Imom al-Moturudiy, Abdulholiq G‘ijduvoniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahovuddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Xoja Axror va boshqa diniy arboblarning tabarruk nomlarini tiklash, ularning asarlarini keng jamoatchilikka, xalqimizga tanishtirishda aynan sharqshunos-tarixchi olimlarning hissasi katta bo‘ldi. Zero ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lmish islomning tom ma’nodagi ezgulik hamda kamolotga erishish yo‘lidagi buyuk ma’naviy qudratini namoyon etishda yuqorida nomi zikr etilgan olimlar katta jonbozlik ko‘rsatishdi.
Shu o‘rinda tarixga nazar tashlasak, bizga ma’lumki, VII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan yangi din bo‘lgan islomning shakllanishi natijasida arab xalifaligi ta’sir doirasidagi mamlakatlar ijtimoiy-madaniy hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonni asosan islom dinining Arabiston yarim orolida markazlashgan davlat tuzishdagi o‘rni bilan baholash mumkin. Chunki o‘sha davrdagi tarqoq arab qabilalari juda qiyinchilik bilan bo‘lsa ham, faqat islom dini ta’siri ostidagina birlashgan edilar. Aynan muayyan bir g‘oya ostida shunday birlashish jarayoni kuchli hokimiyatni vujudga keltirdi. O‘z navbatida bu hokimiyatning boshqa hududlarni bosib olishiga qulay shart-sharoitlar yuzaga keldi. Arab xalifaligi deb nom olgan bu ulkan imperiya tarkibiga Arabiston yarim orolidan tashqari Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining barchasi, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Kavkaz orti davlatlari va O‘rta Osiyo kirar edi11.
Islomning dastlabki yoyilishi VII asrning 30-40 yillariga taalluqli bo‘lib, arablar Sosoniylar imperiyasiga uzil-kesil zarba berib, 651 yilda butun Eronni egalladilar. So‘ngra VIII asrning boshida O‘rta Osiyoni bosib oldilar. Arablarning harbiy yutug‘i O‘rta Osiyo va Eronning iqtisodiy va siyosiy zaiflashganligi tufayligina amalga oshdi. O‘rta Osiyo Turk hoqonligi bilan to‘xtovsiz urush olib borganligidan zaiflashgan bo‘lsa, Eron uzoq vaqt davomida (604-630 yillar) Vizantiya bilan qonli janglar olib borgan edi. Natijada, arman tarixchisi Sebeosning ta’kidlashicha, “forslar podsholigi o‘sha vaqtda inqirozda edi”, Vizantiyaning esa “yunonistonlik shohi qo‘shin to‘plashga qodir emas edi”12.
Islomning barcha musulmonlar uchun birodarlik, tenglik, soliq va qullikdan ozod qilish haqidagi shiorlari Eron va O‘rta Osiyo xalq ommasiga o‘z ta’sirini o‘tqazmay qolmadi. Murakkab ijtimoiy ziddiyatlar ta’sirida yashagan aholi bunday shiorlarning amalga oshishiga ishonar edi. Shuning uchun aholi arablarga qarshi deyarli jiddiy qarshilik ko‘rsatmadi. Shu tariqa islom dinining yoyilishi turli yo‘llar bilan, jumladan, zo‘rlik bilan ham amalga oshirildi. Bu yerda shuni ham ta’kidlash lozimki, uni qabul qilish uchun qisman zamin ham tayyorlangan edi. Bunga zardushtiylikdagi yakkaxudolik aqidasining rivoji, yahudiylik va xristianlik oqimlari bo‘lgan monofizitlik va nestorianlikning mavjudligi ham o‘z hissasini qo‘shdi. Misr olimlari Rashid al-Baraviy va Muhammad Hamza Uleyshlarning ta’kidlashlaricha, zardushtiylik, monofizitlik va nestorianlikning siqib chiqarish jarayoni bosqichmabosqich bilan olib borildi. “Ba’zilar yangi e’tiqodni o‘z ishonchlariga ko‘ra, boshqalar esa – moddiy manfaat tufayli, yana ba’zi birovlar esa – o‘zlarini hukmron doiralar tomonidan ta’qib qilinishlaridan saqlash maqsadida qabul qildilar”.
Abbosiylar davrida Bag‘dod shahriga asos solindi. Bu joy xalifalikning siyosiy markazi bo‘libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berildi. Masalan, yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt al-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari to‘plangan edi. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Yevklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag‘dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o‘zgarishiga olib kelgan edi.
Ayni shu davrda J.Muhammad ta’kidlaganidek, “Sharq Uyg‘onish davrining inersiyasi G‘arbni munavvar eta boshladi: bu bir paytlar Sharqda boshlanib, o‘zining yuksak darajalariga yetgan Uyg‘onishning mantiqiy davomi edi. G‘arb shoiryozuvchilari va faylasuflari bir tomondan Arastu metafizikasi va Aflotun idealizmiga, ikkinchi tomondan Forobiy, Ibn Sino va Ibn Rushd falsafiy merosiga, shunigdek, bir tomondan xristian dinining asoslari, patristika va sxolastika kabi ilohiyotshunoslik maktablariga, ikkinchi tomondan islom dinining hayotbaxsh g‘oyalari, islom rasional tafakkuri – kalom falsafasi va islom irrasional tafakkuri – tasavvuf ta’limoti va irfon falsafasiga murojaat eta boshladilar”.
M.Qodirov fikricha, islom falsafasini o‘rganilishini boshlab bergan tadqiqot Alambe Jourdanning 1819 yilda nashr etilgan “Arastu asri yunon hujjatlarini arab tiliga qilingan tarjimalarining tanqidi” kitobidir. Bu kitob islom falsafasining G‘arb falsafasiga, maxsusan lotin tilidagi ta’limotlarga ta’sirini ochib bergan. 1852 yili Ernest Renanning “Ibn Rushd va uning falsafasi” nomli kitobi nashr etildi. 1859 yili Solomon Munk tomonidan “Yahudiy va arab falsafasi majmui” nomli kitob nashr etilgan bo‘lib, hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan9 . XX asr boshida De Boer tomonidan “Islomda falsafa tarixi” (1901) kitobi nemis tilida nashr etilib, 1903 yilda ingliz tiliga ham tarjima qilingan10. 1922 yili De Lasi Oleariy tomonidan “Islomiy tafakkur va uning tarixdagi o‘rni” nomli kitob nashr etildi.
1957 yili Kruz Hernandez tomonidan “Andaluziya musulmon falsafasi” nomli kitob nashr etildi. 1962 yili Montgomeri Vott muallifligida “Islom falsafasi va ilohiyoti” nomli kitob nashrdan chiqdi. 1964 yili Henri Korbon tomonidan “Islom falsafasining tarixi” kitobi bosilib chiqdi. 1970 yili Mojed Faxriyning “Islom olamida falsafa davoni” kitobi Beyrutdagi Amerika universiteti tomonidan ingliz tilida nashr etildi. Bu kitob 1983 yili Nasrullo Pur Javodiy tarjimasida Tehronda fors tilida bosilib chiqdi.
Islom dinining shakllanishi natijasida arab xalifaligi ta’sir doirasidagi mamlakatlar ma’naviy-madaniy hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonni asosan islom dinining Arabiston yarim orolida markazlashgan davlat tuzishdagi o‘rni bilan baholash mumkin. Chunki o‘sha davrdagi tarqoq arab qabilalari islomning ta’siri ostida birlashgan edi. Aynan shunday birlashish jarayoni kuchli hokimiyatni vujudga keltirdi. O‘z navbatida bu hokimiyatning boshqa hududlarni bosib olishiga qulay shart-sharoitlar yuzaga keldi. Arab xalifaligi deb nom olgan bu ulkan imperiya tarkibiga Arabiston yarim orolidan tashqari Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining barchasi, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Kavkaz orti davlatlari va O‘rta Osiyo kirar edi. Keyinchalik esa davlat ma’naviy-madaniy hayotini mustahkamlashga alohida e’tibor berilib, maxsus “Baytul hikma” ilmiy markazi tuzildi. Mazkur ilmiy markazning samarali faoliyati orqali falsafa va tabiiy fanlar sohasida yangi yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunday ilmiy dunyoqarashning taraqqiyoti natijasida nafaqat islom dinining muqaddas manbalari ilmiy nuqtai-nazardan tadqiq qilindi, balki mumtoz falsafiy qarashlarning yangi ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi13.
O‘rta Osiyo mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Xorazmiy dunyoqarashining o‘ziga xosligi va tarixiy ahamiyati shundaki, u Aflotun, Arastu, Qur’on ta’limotlarining o‘zaro ta’sirida shakllangan. Mustabid tuzum davrida o‘rta asrlar musulmon mutafakkirlari ta’limotini markscha-lenincha falsafa nuqtai nazaridan baholash, ulardan faqat moddiyunchilarini ko‘klarga ko‘tarib maqtash, xudojo‘ylariga “idealist” deya tamg‘a bosish ustuvor o‘rinni egallagan edi. Shunday ekan, o‘rta asrlar musulmon falsafasini arab tilida ijod etgan faylasuflar falsafasi deb tushunish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Arab tilida ijod etgan faylasuflar ta’limotini tadqiq etish falsafa sohasida ilgari ham tasavvuf, fikh, hadis ilmi, ilohiyot jabhalariga qaraganda keng ko‘lamda amalga oshirilgan edi. Biroq uning vakillarini dahriy hamda moddiyunchi qilib ko‘rsatish bilan birga, faylasuflarni ikkiga “burjua” va “proletariat”ga bo‘lish, buning natijasida ularning “idealistik” xulosalarini bo‘lar-bo‘lmasga inkor etish umumiy an’anaga aylanib qolgan edi. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyolik ajdodlarimiz merosini haqqoniy yoritish, halqimizning ma’naviy qadriyatlarini tiklash olim va faylasuflarimiz oldiga yanada dolzarb masalalarni qo‘ymoqda. Shuning uchun ajdodlarimiz falsafasini jahon faylasuflari erishgan yutuqlardan foydalangan holda, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib, uni mafkura bilan cheklamay, xolisona har bir faylasufning haqiqiy siymosini yaratish va faqat haqiqatni ochish maqsadida tadqiq etish zarur hamda dolzarbdir. Shu ma’noda o‘rta asr islom faylasuflari Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Ibn Bajja bilan birga G‘azzoliy kabi mutafakkirlarning falsafiy qarashlarini tadqiq etish olimlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Islom falsafasi muammolari ustida maxsus jiddiy tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi. Bu omillar mohiyatini anglab olishda to‘la-to‘kis o‘nlab, hatto, yuzlab ilmiy tadqiqotlar kamlik qiladi. Chunki islom faylasuflarining falsafiy bilimlar rivojiga qo‘shgan hissasini jahon e’tirof etmoqda.
Umuman olganda, islom dining muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda ajoyib g‘oyalar, qarashlar, falsafiy, ma’naviy – axloqiy qoida va o‘gitlar o‘rin olgan Islom dini asoslarida shariat, qonun - qoidalar bilan bir qatorda, axloqiy kamolot, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, halollik, poklik, imon – e’tiqod, ishonchu–ixlos va vijdon bilan bog‘liq bironta ham masala e’tibordan chetda qolmaganligini ko‘ramiz. Islomda dunyodagi har bir mamlakat va xalq har kun duch keladigan, insonni tarbiyalash,jamiyatni yuksaltirish uchun xizmat qiladigan dunyoviy masalalar asosiy o‘rinni egallaydi.
Bu davrlarda Marv, Nshvopur, Ray, Balx,Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Ularda ko‘p minglab nodir qo‘lyozmalar - Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Buqrot, Jolinus, Arximed, qadimgi Hind, Pahlaviy, So‘g‘d va Xorazmlik olim mutafakkirlarning asarlarining asl nusxalari, tarjimalari saqlangan, o‘rganilgan, sharhlangan. Kutubxonachilik va umuman dunyoviy ta‘lim va tahsilning ko‘lami keng va chuqur, o‘zining ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra hozirgi zamondagi kutubxonachilik, informatsiya bo‘limini eslatadigan darajaga o‘sib yetgan, sifat jihatidan o‘sha davrdagi Ovropa yoki dunyoning boshqa ma‘muralaridagidan benihoya ustun edi, Masalan, Ovrupaning XII asrdagi eng mashhur kutubxonalari barmoq bilan sanarli bo‘lgani holda, ularda ham eng ko‘pi bilan bir necha o‘nlab jilddan, 150-2000, juda istisno hollardagina nari borsa 500 nusxadan kitob bo‘lgani holda. O‘rta va Yaqin Sharqning o‘rtamiyona shaharlari - Marv, Nishopur, Sherozga o‘xshagan joylarda ham har bir shaharning o‘zidan o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalari mavjud bo‘lib, ular davrlaridayoq o‘zining ijtimoiy kommunikativ va ilmiy-texnikaviy informativ funksiyalarini bajaradigan darajada faoliyat ko‘rsatardilar, madaniyat taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishini ta‘minlar edilar. Masalan, birgina Bag‘doddagi "Xizant-ul-Ilm " da Qur‘oni Karimning 100 lab nusxasi... 10400 dan ortiq turli mutafakkirlar asarlarining eng nodir, asl nusxalari saqlanar edi. Samarqand, Buxoro, Balx, Hamadon, Qohira va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab yetti iqlimga dong‘i ketgan kutubxonalari kechayu-kunduz ishlab turar edilar14.

XULOSA
O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy
hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon
intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan
hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni
ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan
o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning
isboti sifatida birinchi prezidentimiz, “Tarixiy xotira tuyg’usi to‘laqonli ravishda
tiklangan xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat, yo‘qotish va
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina
chinakam tarix bo‘ladi”15, deb aytgan fikrlari nihoyatda o‘rinlidir. Bundan tashqari tarixning “oq dog’lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyatiqo‘lga kiritildi. “Dunyo haritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ularhozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy
mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil
rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular
dunyodagi boshqa mamalakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga
intilmoqda”.
Kurs ishi mavzusi doirasida o‘rganilgan mavzu ya’ni, Abbosiylar sulolasi tarixi mavzusiga oid ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda Arab-islom tarixshunoslari tomonidan tarixga doir amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan tarixiy asarlarning davrga mutanosibligini tahlil qilib ko‘rdik.
Xulosa qilib aytganda ilk o’rta asrlar tarixini o‘rganishda (asosan ilk o‘rta asrlar va o‘rta asrlar tarixini) arab-islom maktabi tarixchi olimlarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki aynan ular tomonidan yozib qoldirilgan adabiyotlar orqali biz ma’lum bir davr to‘g’risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Ushbu adabiyotlarni tahlil qilish orqali biz o‘z tariximizga xolisona baho berish imkoniga ega bo‘lamiz.
Mamlakatimizning o‘rta hamda ilk o‘rta asrlar tarixiga oid manbalarning aksariyat qismi arab tarixchi olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, ushbu asarlar hozirgi kunda o‘zining xolisligi bilan ajralib turadi. Albatta tarixchi sifatida ushbu asarlarni tahlil qilish orqali ma’lum bir davr yoki ba’zi bir tarixiy shaxslar to‘g’risidagi ma’lumotlarni analiz qilib, xolislik prinsipi asosida bir to‘xtamga kelishimiz mumkin.
Ushbu kurs ishi ma’lumotlaridan o‘rta ta’lim maktablari va oily ta’lim muassasalarida tarix fani mashg’ulotlarida foydalanish mumkin.


Yüklə 182,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə