O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Ahmoniylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə96/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

3.Ahmoniylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi.
Keyingi podsholik davrida ichki ziddiyatlar, satraplarning o’zboshimchaligi, O’rta Osiyo saklari Misrni ajralib chiqishi yuz berdi. Lekin davlat chegaralari o’zgarmay qolaverdi. Faqat er. avv. IV asrda g’ayratli Artakserks III er. avv. 404-yilda ajralib ketgan Misrni er. avv. 343-342-yillarda yangidan bosib oldi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ustidan yana nazorat tikladi. So’ngi Eron podshosi Doro III jur’atsiz, qo’rqoq er. avv. 334-330-yillarda yunon-makedonlar hujumini qaytara olmadi. U Isssa yonidagi jangda (er. avv. 333-yil) va Gavgamela yonidagi hal qiluvchi ikki jangda Iskandardan yengildi. Doro III yengilgach Baqtriyaga qochib ketdi va u yerda o’z yaqinlari tomonidan o’ldirildi. Shu bilan ahmoniylar Eroni davlati quladi.
Ahmoniylar davlatiga uzoq bosqinchilik urushlardan so’ng, fors davlati paydo bo’lgunga qadar Kichik Osiyo, Elam, Bobil, Suriya, va Misr kabi o’zining rivojlangan davlat hokimiyatiga ega bo’lgan hududlar kirgan. Bundan tashqari, forslar ko’chmanchi arab va skif qabilalarini bo’ysundiradilar. Ulkan davlat tarkibiga kirgan xalqlar, elat va qabilalar turli bosqichdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaganlar. Ayrim viloyatlar, hududlarda tovar-pul munosabatlari yuqori darajada rivojlangan. Forsning o’zida yollanib ishlovchi ishchilar “gardash” (fors tilida ) yoki “kurtash” (elam tilida) deb atalgan. Bu ko’p sonli ishchi otryadlari bo’lib, ko’pincha harbiy asirlar, majburiyatni o’tash uchun chiqarilgan jamoachilardan iborat bo’lgan.
Kayxusrav va Kambiz bosib olingan mamlakatlarda hech kanday o’zgarish qilmay avvalgi ichki boshqaruvni saklab qolganlar, karam xalqlarga bir qadar o’z-o’zini boshqaruv huquqini berganlar. Ammo err. avv. 522-521 yillardagi qo’zg’olonlar ahmoniylar davlatini mustahkam emasligini ko’rsatadi.


4.Dоrо 1 islоhatlari. Ahmоniylar davrida Erоn davlatining tashkil qilinishi.
Doro I davlat hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan qator islohotlar o’tkazadi. Doro I islohotlari eng avvalo bosib olingan hududlar ustidan nazoratni amalga oshirish va davlat boshqaruvi tuzumini yaratish, soliqlar yig’imini tartibga solish va oshirishga xizmat qilgan. Islohotlar bir necha yilda amalga oshiriladi. Bu islohotlarni amalga oshirish natijasida Bobil, Misr va boshqa hududlarda yangi ma'muriy tizim vujudga keladi va ahmoniylar davlatining oxirgi yillarigacha boshqaruv tizimida biror sezilarli o’zgarish yuz bermaydi.
Doro I davlat hududini satrapiya (viloyat, fors tilida kshatriy) deb atalgan ma'muriy soliq okruglariga bo’ladi. Satrapliklar o’z hajmi jihatidan ilgarigi, ilk katta davlatlar, provinsiyalardan katta bo’lgan. Satrapliklar mamlakatning eski davlat va etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari mavjud bo’lgan. Forslar Finikiya shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular ahmoniylarni oxirigacha qullab-quvvatlaganlar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə