O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Satrapliklar ro’yxati Bexistun



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə97/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Satrapliklar ro’yxati Bexistun va boshqa qadimgi fors yozuvlarida keltirilgan. Ularda 23 mamlakat sanalgan. Gerodot tarixida yigirma satranlik keltirilgan. Gerodot 20 satraplik tarkibida ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan 70 ta shaharni sanaydi. Gerodot va ahmoniylar yozuvlaridagi farqlarning mavjudligining sababi satrapliklar soni va chegaralari yangi bosqinchilik urushlari yeki ma'muriy islohotlar natijasida o’zgarib turgan. Fors podsholari muntazam ravishda satrapliklarni bo’lib turganlar, ularni soni oshib, hududlarning hajmi kichraygan. Misol uchun Doro I davrida Kichik Osiyo 4 satraplikka, Doro III davrida 7 satraplikka bo’lingan.
Yangi ma'muriy okruglar boshida satrap (noib)lar turgan. Satrap mansabi ahmoniylar davlati vujudga kelishi bilan mavjud edi. Kayxusrav, Kambiz va Doro I podsholigining birinchi yillarida qaram hududlarda rahbarlik vazifalarini imtiyozli etnik guruh forslar qo’lida to’plashni maqsad qilib qo’yganlar. Satrap lavozimiga endilikda qoida sifatida faqat forslar tayinlanadigan bo’ladi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo’l ostida fuqarolik va harbiy hokimiyat to’plangan edi. Bu haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va Yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtni o’zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini bajargani to’grisida aniq ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, Bexistun yezuvlari ma'lumotlariga ko’ra Doro I hukmronligi davrida satraplar o’z viloyatlarini boshqarish bilan bir qatorda urush vaqtida qo’shinga qo’mondonlik qilganlar. Doro I satrap hokimiyatini kuchayib ketishini oldini olish uchun satrap vazifasini harbiy hokimiyatdan ajratish bilan cheklaydi. Endilikda satraplar viloyatlarda faqat fuqaro hokimiyatiga ega noibga aylanadilar. Ular o’z viloyatlarida ma'muriyat boshlig’i bo’lib, sud hokimiyatini amalga oshirganlar, viloyat, xo’jalik hayotini, soliqlar yig’imini nazorati ularning qo’lida bo’lgan.Satraplar o’z satrapliklari chegarasida xavfsizlikni ta'minlaganlar va mahalliy amaldorlarning faoliyatini boshqarganlar. Tinchlik vaqtida satraplar qo’l ostida faqat ozgina shaxsiy quriqchilar bo’lgan. Viloyatda turgan qo’shinga esa, satrapdan mustaqil bo’lgan bevosita podshoga bo’ysungan harbiy boshliq rahbarlik qilgan.
Ammo Doro I davridan so’ng harbiy va fuqarolik hokimiyatini bo’linishiga qat'iy rioya qilinmaydi. Ko’pincha satrap hokimiyatining hajmi ko’pgina omillarga bog’liq bo’lib qoladi. Doro 1 ning o’gli Kserks va keyingi podsholar davrida satraplar harbiy boshliqlarga qaram holatda bo’lganlar. Ko’p hollarda satraplarning o’zlari harbiy hokimiyatni ham boshqarganlar. Er.avv. IV asrdan boshlab bu odatdagi hol bo’lib qoladi. Kserks podsholigi davridan ba'zida ikki yoki bir necha satrapliklar bir kishi qo’lida bo’lgan. Misol uchun shaxzoda Kayxusrav Kichkina Lidiya satrapi bo’lishi bilan birga uning xokimiyati Daskiley va Ioniya satrapliklarining katta qismni qamrab olgan. Err. avv. IV asr o’rtalarida Kilikiya satrapi Mazey bir vaqtni o’zida Ikki Daryo oralig’i noibi ham bo’lgan. Istilochilik urushlari davrida har bir satrap o’zining viloyatidan qo’shin to’plab, urush harakatlarida ishtirok etishi shart bo’lgan. Misol uchun yunon-makedonlar bilan bo’lgan jang harakatlarida baqtriyaliklar o’z satraplari boshchiligida ishtirok etganlar.
Satrap va harbiy boshliqlar markaziy hokimiyatni, podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida bo’lganlar. Chunki viloyatlar satraplari doimo mustaqillikka intilishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini tug’dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar ustidan oliy nazorat xazorapat deb atalgan mansabdor qo’lida bo’lgan. U bir vaqtni o’zida «o’n ming o’lmas» podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig’i bo’lgan.
Islohotlar natijasida markaziy podsho kanselyariyasi bilan katta byurokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada (Elam) bo’lib, podshoning bosh qarorgohi Persepol (Pasargad) bo’lgan. Bobil, Ekbatana, Memfis shaxarlari va satrapliklarning markazlarida davlat alfaviti rasmiy tilga aylanadi. Ahmoniylarning rasmiy yozuvlari Akkad, Elam va qadimgi fors tilida va mixxatning uch turida ko’pincha toshga bitilgan.
Davlat apparatida forslar eng muhim harbiy va fuqarolik vazifalarini faqat Fors o’lkasida emas, balki boshqa qaram hududlarda ham egallay boshlaganlar. Shu bilan birga ahmoniylar boshqaruv ishlarida boshqa xalqlar vakillaridan foydalanganlar. Doro I islohotlari agrar sohada katta o’zgarishlarga olib kelgan. Qaram xalqlarning yerlari tortib olinib, podsho oilasi a'zolariga, fors aslzodalari va amaldorlariga meros qilib beriladi. Bunday yer-mulklar soliqdan ozod qilingan.
Podsho tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan qo’shinlarga beriladigan yerlar merosiy bo’lib, soliqdan ozod qilingan. Bunday imtiyozga ega kishilar qaram viloyatlarda sud ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lganlar. Yerlarni katta qismi podshoning mulki edi. Podsho yerlari odatda ijaraga berilgan. Bundan tashqari, podshoga yirik sug’orish kanallar qaragan. O’rta Osiyodagi Ak daryosi havzasidagi sug’orish inshootlari Suriyadagi o’rmonlar, Misrdagi Fayum qo’lida baliqchilikdan keladigan daromadlar, konlar, bog’ va saroylar podsho ixtiyorida bo’lgan. Bir qism yerlar harbiylarga foydalanishga berilgan. Dastlab harbiylar xizmatda bo’lgan vaqtda bu yerlardan soliq olinmagan. Keyinchalik askar xo’jaliklaridan soliqlar doimiy ravishda olina boshlanadi. Buning ustiga ajratilgan yerlar hajmi yildan-yilga qisqarib borgan va natijada qo’shinning jangovar qobiliyati pasayib ketadi. Shu sababli ahmoniylar er. avv. V-IV asrlarda yollanma qo’shinga suyanadigan bo’lganlar.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə