O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Davlat yozuvi. Bехistun va Naqshi-Rustam. YOzma manbalar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə100/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Davlat yozuvi. Bехistun va Naqshi-Rustam. YOzma manbalar. Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini o’zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo’g’i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli alfavitli yozuv bo’lgan.
O’yma rasmlar va haykaltarоshlik. Mе’mоrchilik. Qadimgi fors me'morchiligining ulug’vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon hosil qilingan.Tog’ qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shaxar uch tomondan devor bilan o’rab olinib, turtinchi tomoni tog’ qoyasiga chiqadi. Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110 zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o’yib tushirilgan. Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog’laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yegoch Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog’ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə