O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Doro I soliq siyosatini o’zgartiradi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə98/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

Doro I soliq siyosatini o’zgartiradi. Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiriladi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat'iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo’lgan. Ilk bor ayrim ibodatxonalar o’zlariga qarashli yerlardan soliq to’lashga majbur qilinadi.
Forslarning o’zlari pul to’lovidan ozod bo’lib, natural to’lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar har yili 7740 bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda soliq to’laganlar.
Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi pul islohotini o’tkazilishiga sabab bo’ladi. Er. avv. 517-yildan so’ng, Doro I butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi, fors pul tizimining asosi 8, 4 gr og’irliklagi tilla tanga darikni joriy qiladi. Tilla tangani faqat podsho zarb qilish huquqiga ega edi. Darik tarkibida bor – yo’g’i 3 % qo’shimcha begona qotishma bo’lganligi sababli, u bir necha asr davomida Old Osiyo savdo dunyosida asosiy tilla tanga vazifasini o’tagan. Ahmoniylar davlatida undan tashqari, satraplar tasviri, provinsiyalarda podsho tasviri bilan zarb qilinadigan va qaram shahar va mamlakatlar zarb qiladigan tangalar mavjud bo’lgan. Kundalik muomala vositasi sifatida Kichik Osiyo satrapliklarida zarb qilingan podsho kumush sikli (ogirligi 5,6 gr) xizmat qilgan.
Soliq to’lovi sifatida yig’ilgan pullar bir necha o’n yillar podsho xazinalarida saqlangan. Faqat ularning bir qismi xarajatlar uchun ishlatilgan. Shu boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil bo’lgan. Bu xol tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va natural xo’jalikni saqlanishiga olib keldi.
5.Dоrо 1 ning tashqi siyosati.
Qo’shin. Fors podsholigining qudratini asosi fors va midiyaliklar tashkil qilgan jangovar qo’shin belgilagan. Qo’shinnig jangovar qobiliyatini tashkil qilishda fors va midiyaliklardan tashqari O’rta Osiyoning sak jangovar qabilalari, baqtriyaliklar muhim o’rin tutganlar. Saklar asosan imtiyozli otliq qo’shinlarda xizmat qilganlar. Harbiy qal'a, garnizon, tayanch punktlarda odatda oliy harbiy mansabni forslar egallaganlar. Qo’shin otliq va piyoda qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar, zodagonlardan, piyedalar dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg’un harakati urushlarda g’alabani qo’lga kiritishga sabab bo’lar edi. Piyoda qo’shining asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki temir nayza bo’lgan.
Qo’shinning eng ilg’or qismi o’n ming «o’lmas» askarlarini birinchi mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat bo’lib, podshoning shaxsiy qo’riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli fors, elam qabilalaridan to’ldirilgan.
Bosib olingan mamlakatlarda qaram aholining qo’zg’olonlarini bostirish maqsadida qo’shinlar joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer berilib harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo’lgan harbiylar har oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste'foga chiqqan askar oilasi bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko’rgan, savdo va turli hunarlar bilan shugullangan.
Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram halq ma'lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o’ynay boshlaydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar xizmat qilganlar. Ko’pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo’lgan. Er. avv. V asrdan boshlab Fors o’lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshlaydilar. Bu o’z navbatida fors piyoda qo’shinlarini jangovar qobiliyatini yo’qotishga olib keladi. Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtirila boshlanadi.
Er. avv. VI asr oxirida fors davlatining qudrati eng cho’qqisiga yetdi. Xo’jalik taraqqiyoti, qulay dengiz yo’llari, eski va yangi karvon yo’llarining namunali saqlanishi, pul muomalasining rivojlanishi xalqaro savdoni yanada o’sishiga olib keladi. Fors davlati hududidan bir necha xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yo’llar o’tgan.Ulardan biri Lidiyadan boshlanib, Kichik Osiyoni kesib o’tib, Bobilgacha borgan. Boshqasi Bobil va Suzadan o’tib Pasargadgacha davom etgan. Bobil va Ekbatanni birlashtirgan savdo yo’li Baqtriya va Hind chegaralarigacha yetadi. Uzunligi 84 km.li kanalni qayta tiklashdi. Mamlakatni turli hududlari o’rtasida savdo aloqalari kuchaygan.
Misr Yunonistonga g’alla, polotno eksport qilib, ynigacha bo’lgan 84 kmli kanalni tiklaydi. Mamlakatning turli hududlari orasida sau yerdan vino va zaytun moyi sotib olgan, boshqa viloyatlarni oltin, fil suyagi bilan ta'minlagan. Hindistondan oltin, fil suyagi, xushbo’y moylar, Arabistondan oltin, So’g’diyonadan lazurit, serdolik, Xorazmdan feruza chiqarilgan. Bolqondagi yunon shaharlari kulolchilik mahsulotlari, Bobil g’alla, Kichik Osiyo temir va boshqa rudalarni ishlab chiqaradi. Xalqaro dengiz savdosi finikiyaliklar qo’lida qoladi.
Qadimgi jamiyatda qullar mehnatidan foydalanish yuqori darajada edi. qullar oldi-sotdi qilingan va turli ishlarda ishlatilgan. Asir qullar soni juda ko’p edi, fors podsholarining markazlashgan yirik xo’jaliklarida ishlaydigan ishchilar (kurtashlar deb atalgan), boshqa joylardan qul qilib olib kelingan. Kurtashlarning bir qismi davlat fuqarosi deb hisoblangan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə