O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə99/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

6.Qadimgi Eron madaniyati.
Оvеstо va asоsiy qоnunlar. Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo’lgan. Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi. Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e’lon qildi.
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug’lik, oy, shamol qabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig’inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bagishlab ibodatxonalar quradi.
Erоn shоhlarini diniy siyosati. Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo’q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig’inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə