O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi



Yüklə 151,44 Kb.
səhifə2/4
tarix26.10.2023
ölçüsü151,44 Kb.
#131870
1   2   3   4
Inomjon Qo\'chqorov. Kurs ishi

Kurs ishining vazifalari.

    • Sharq mutafakkirlarining tarbiyaning ahamiyati haqidagi fikrlari

    • Mutafakkirlarning oilada bola tarbiyasini tashkil etishga oid usullari va ularning amaliy tahlili

    • Sharq mutafakkirlari asarlarida ta'lim - tarbiya masalasining yoritilishi

    • Sharq mutafakkirlarining ta'lim - tarbiya tog‘risidagi ilmiy metodikalari

    • Allomalar tarbiyaviy-ahloqiy qarashlarining bugungi kundagi amaliy ahamiyati

Kurs ishidan ko‘zlangan maqsad. Men o‘z oldimga mavzuni atroflicha, ilmiy-nazariy tahlillarga tayangan holda yoritib berishni, jamiyatimizdagi mavzuga doir hodisalarni chuqur o‘rgangan holda ularga munosabat bildirishni maqsad qillib qo‘ydim

I BOB. Ulug‘ mutafakkirlarining ahloq va odobga oid ilmiy merosining tarbiyaviy ahamiyati.

1.1. Sharq mutafakkirlarining tarbiyaning ahamiyati haqidagi fikrlari

Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy-ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun:


- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash;
- hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish;
- o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni shakllantirish;
- o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi;
- ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish;
- madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;
- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish kerak.
Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib, ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba- o‘quvchilar, voyaga yetmaganlar ta’lim - tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar, komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik, aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti.2
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar.
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? - deb so‘rabdi. Ibn Sino: «O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan. Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi - bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida-alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi, ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.

1.2. Mutafakkirlarning oilada bola tarbiyasini tashkil etishga oid usullari va ularning amaliy tahlili

Har bir inson kelajakda o‘z mavqeyiga ega bo‘lishni, jamiyatda o‘zining o‘rnini topib, kamol topish uchun tinimsiz harakat qiladi. Aslida esa u o‘zining bu xatti-harakatlarining barchasini uyida oila deb atalmish muqaddas dargohda uni hamisha intiqlik bilan kutib, dadajon yoki oyijon deb kutib oladigan jonidan aziz farzandi har kuni ertalab turib, qo‘llarini duoga ochib kuzatadigan va kutadigan ota-onasi va hamisha og‘ir damlarida qo‘llab-quvvatlab, shodon kunlarida u bilan birgalikda quvongan umr yo‘ldoshi, ishdan va muammolaridan charchagan vaqtda beg‘ubor tabbasumi-yu, shirin so‘zlari bilan ko‘nglini tog‘dek ko‘taradigon farzandlari uchundir. Dunyoda har bir ota-ona faqat farzandining kamolini, baxt-u iqbolini ko‘rishni xohlaydi. Oila jamiyatning asosiy kichik bo‘g‘inidir. Go‘yoki bu kichik bo‘g‘in ya’ni oila mustahkam va barqaror ekan jamiyat barqarordir. Jamiyatning kichik bo‘g‘ini bo‘lmish oilani barqarorligini saqlash uchun barcha mamlakatlarda xususan yurtimizda ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.


Ota-onaning har bir qilayotgan yaxshi va yomon xatti-harakati farzandlarining tarbiyasiga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chunki oilada ota-ona qanday bo‘lsa ,uning tarbiyasini olgan va o‘sha muhitda ulg‘aygan bola ham albatta ularga taqlid qiladi. Shunday ekan farzand tarbiyalashning muhim omillaridan biri avvalo oilada ota-onaning tarbiyali va madaniyatli bo‘lishidir. Bundan tashqari, ota-onalarimiz o‘z sog‘ligini saqlash maqsadida gigenik qoidalariga rioya qilishi , har kuni ertalab sport bilan shug‘ullanishi va oilada o‘ziga hos tartib-qoidalariga asoslanishi ham katta ahamiyatga ega. Bu esa farzandlarga hayotdagi yashash qoidalarini yolga qo‘yish uchun andozadir.
Albatta farzand eng oliy ne’mat bo‘lganligidek ,farzandli bo‘lish ham buyuk bir baxtdir. Lekin bu aziz ne’mat bo‘lmish, farzandlarini erkalatib yubormaslik, bolalarning injiqlik va qaysarliklarida ham me’yorga rioya qilish ham uning tarbiyasidagi omillardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Afsuski, ba’zan shunday oilalarga va ota-onalarga duch kelamizki, ular farzandning tarbiyasiga befarq bo‘lganligi yetmaganidek, ular barcha istak va hoxishlarini hech ikkilanmay amalga oshiradilar. Buyuk fransuz olimi Jan Jak Russo ta’biri bilan aytganda, “Farzandingizning tolesiz qilishning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi, - u nima desa hammasiga ho‘p deng”.
Qaysi bir ilmiy ma’noda ijobiy fikr, ammo bugungi kunda bu tarbiya sohasida jiddiy muammolar tugdirayotgan savoldir. Bizning fikrimizcha, bunday ota-onalar farzandlarini og‘zidan chiqqanini muhayyo qilish orqali ularni xursand qilishdan ko‘ra o‘zining tinchligini o‘ylaydiganlar desak adashmaymiz.Eng achinarlisi shuki, bunday ota-onalarning tarbiyasini olgan bolalar kelajakda o‘zgalar manfaatidan ko‘ra o‘zining manfaatini o‘ylaydigan, turmushdagi arzimagan qiyinchiliklariga dosh berolmaydigan, insonlar bo‘lib yetishib chiqmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Yana shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, aksariyat ota-onalar yuqoridagi salbiy holatlar o‘z farzandlari bilan yuz berganda nega shunday bo‘lganligini o‘ylaydilar.
Oila a’zolarining o‘zaro muomalalarini organish shuni ko‘rsatdiki maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mehnatga bo‘lgan munosabatiga bevosita ta’sir qiluvchi oila muhitidagi holatlar va omillar alohida o‘rin tutadi.
Birichidan: ota-onalarning jamoatchilik faoliyati ularning mafkuraviy qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari bola tarbiyasiga ta’siri kuchli bolar ekan,.
Ikkinchidan: oila ichidagi munosabatlari ota va ona munosabati, ota- onalarning buva va buvisiga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning o‘zaro munosabatlari.
Uchinchidan: ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyat ularning tarbiyaviy muammolari, qiziqishlari maktab bilan hamkorliklari, o‘quvchilarga darya tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati. To‘rtinchidan: oilada bolalalarning ta’limga munosabatlari va ijtimoiy normalarni bajarishllari vaboshqalar.
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o‘rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘ – salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi ahloq va odobi bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin»3.
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko‘rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog‘i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo‘lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro‘zg‘or tutish masalalari xususida ham so‘z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo‘lgan ota – ona tarbiyachi bo‘lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo‘lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o‘zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.
Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug‘bekning oila muhiti sog‘lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi.

1.3. Sharq mutafakkirlari asarlarida ta'lim - tarbiya masalasining yoritilishi

Jоnajоn O‘zbеkistоnimiz zaminidan jahоn sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmоqli hissa qo‘shgan, umumjahоn miqyosida e’tirоf etilgan qanchadan-qancha buyuk mutafakkirlar va qоmusiy allоmalar yеtishib chiqqan. Ajdоdlarimizdan qоlgan bоy mеrоs o‘zining o‘ta muhimligi va ilmiy salоhiyati bilan hanuzgacha butun dunyo хalqlarini lоl qоldirib kеlmоqda. Vatanimiz tariхining ibrat оlsa arzigulik zarvaraqlarini hоlisоna o‘rganish va ana shunday mеrоs namunalaridan fоydalangan hоlda kоmil insоnlarni shakllantirish bugungi kunning dоlzarb vazifalaridan hisоblanadi.


Kоmil insоn tarbiyasiyada o‘zidan o‘lmas mеrоs qоldirgan ajdоdlar хazinasidan fоydalanish bugungi kunning vazifalaridandir.
Yurtbоshimiz I.A.Karimоv “Buyuk maqsad yo‘lidan оg‘ishmaylik” (O‘zbеkistоn Rеspublikasi Оliy Kеngashining o‘n ikkinchi sеssiyasidagi) nutqida ta’kidlagan: “Хalqimizning tayanchi ma’naviy mеrоsning o‘zi bir katta хazina. Bu хazinadan оqilоna fоydalanish lоzim. Ajdоdlar vasiyatiga sоdiq va munоsib bo‘lmоg‘imiz kеrak”[1].
Darhaqiqat, ajdоdlar mеrоsi o‘zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimizdir. Tarbiya muammоlari, kоmillik va insоn kamоlоti masalalarini o‘z asarlarida dasturilamal qilgan ajdоdlar ijоdiga to‘хtalsak.
Hadisshunоs оlimlar ichida еng kuchlisi Imоm al-Buхоriydir. Uning 20 dan оrtiq katta va kichik kitоblari mavjud bo‘lib, ular оrasidan “Al-jоmе’ as-saxiх” alоhida o‘rinda turadi. Bu shоh asar ahamiyati jihatidan Qur’оndan kеyingi ikkinchi diniy manba dеb e’lоn qilingan.
Imоm al-Buхоriy o‘z asarlarida axlоq-оdоb haqida fikr yuritar ekan, оdamlarni оta-оnani e’zоzlashga, ular оldidagi o‘z burchlarini mukammal adо etishga da’vat etadi.
Insоn sifatlari haqidagi qarashlarida jahоlat kishiga o‘lim kеltiruvchi fоjеa dеb qaraladi. U оdamlarni to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga, va’daga vafо qilishga chоrlaydi. Munоfiq kishining uchta bеlgisini ko‘rsatadi, ular: yolg‘оn gapirish, va’daga vafо qilmaslik va оmоnatga хiyonat qilishdan ibоratligini aytadi. U insоnning kuch-qudratini jismоnan paxlavоnlikda emas, balki jahil chiqqanda o‘zini tuta оlishda, dеb hisоblaydi.
Оilaviy muhitning barqarоr, tinch, оila a’zоlarining sоg‘-salоmat, to‘q bo‘lishi, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo‘lish ... kabi umuminsоniy aхlоqiy qadriyatlar uning asarlarida aks ettirilgan.
Hadisshunоs allоma at-Tеrmiziy hadislarida оdamlarni ahil bo‘lishga, jamоaga fоyda kеltirishga, do‘stlik va birоdarlikka da’vat etuvchi hadislar ko‘p uchraydi. “Barcha musulmоnlar o‘zarо birоdardurlar. Ular hеch qachоn bir-birlariga yomоnlikni ravо ko‘rmasliklari kеrak. Kimda-kim o‘zining musulmоn birоdariga yordam qilsa, охiratda Оllох unga yordam qiladi. Kimda-kim o‘z birоdari hоjatini yеngillatsa, Оllоh ham uning охiratini yеngil qiladi”.
Allоma, sоg‘lоm tanda sоg‘ fikr bo‘ladi, dеgеn хalq maqоliga amal qilib, yoshlikdanоq sоg‘liqni saqlashga, vaqtni bеkоr o‘tkazmaslikka da’vat etadi: “Ikki narsa bоrkim, ko‘pchilik ularning qadriga yеtmaydi; biri sоg‘lik, ikkinchi bo‘sh vaqt”.
Imоm at-Tеrmiziyning “Sunan” kitоbida kеltirilgan kishi ijtimоiy sifatlariga оid fikrlar ko‘p uchraydi. Chunоnchi: “Хayrli va yaхshi ishlar qilishga da’vat etishing va zulmdan qaytarishing – sеning sadaqang”, “Adashgan kishilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishing ham – sеning sadaqang”, “O‘z paqiringdan bоshqalarning idishiga suv sоlib bеrishing ham – sеning sadaqang hisоblanadi”.
Buyuk mutafakkir оlimlardan yana biri Muhammad ibn Musо Хоrazmiy o‘z qarashlarida ta’limda talabaning shaхsiy kuzatishlariga katta e’tibоr bеrgan. U sеzgi оrqali bilish – qisman bilish, mantiqiy bilishni esa haqiqiy bilish dеb hisоblagan.
Хоrazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shgan. U insоnni aqliy kamоlga еtkazishda ilm-fan va ta’lim-tarbiya birlamchi dеb hisоblagan.
Abu Nasr Farоbiy esa kоmillikning asоsiy mеzоni jamiyat talablariga javоb bеra оladigan va shu jamiyat uchun хizmat qiladigan yеtuk insоnning asоsiy sifatlarini tuzib chiqqan.
Farоbiy fikricha, insоnning eng yuksak хususiyati uning baхtga erishganligidir. Baхtga esa, dеydi allоma, faqat fоydali bilimlarni o‘zida jamlash оrqali erishish mumkin. Chunki insоn dil rоhatining eng yuqоri cho‘qqisi – bilim оlish jarayonidir.
Insоnning dеyarli barcha ijtimоiy sifatlari tashqi ijtimоiy muhit ta’sirida shakllanadi va rivоjlanadi. Shuning uchun kishining insоniy sifatlarini shakllantirishda maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya hamda tarbiyalanuvchining erkin tanlоvi yеtakchi o‘rin egallaydi, dеydi Farоbiy.
Qоmusiy оlim Abu Rayхоn Bеruniy ta’limоtida bilim оluvchilarga qalbingni yomоn illatlardan, insоn o‘zi sеzishi mumkin bo‘lmagan hоlatlardan, qоtib qоlgan urf-оdatlardan, hirsdan, оchko‘zlikdan va shоn-shuhratdan saqlashi lоzimligini aytadi.
U barcha illatlarning asоsiy sababi bilimsizlikda, dеb bilgan. Bilimlarni o‘zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimоiy muhit o‘rnini alоhida ta’kidlaydi.
Bеruniy faхrlanishni yaхshi хulk ma’nоsida ishlatib, “Qadimgi хalqlardan qоlgan yodgоrliklar” asarida shunday dеydi: “Faхrlanish – haqiqatda yaхshi хulq va оliy fе’llar оldin kеtishi, ilmu-hikmatni egallash va imkоniyat bоricha mavjud nоpоkliklardan tоzalanishdir. Kimda shunday sifatlar tоpilsa, hukm uning fоydasiga va kimda bular yеtishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi”[2].
Bеruniy insоn kamоlatida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hоzirgi ma’rifat, ilm-fanni ham e’tirоf qiluvchi – irsiyat, ijtimоiy muhit va to‘g‘ri tarbiyadir.
Bеruniy nazarida insоn kamоlga yеtishining muhim оmillari ko‘p bilimga ega bo‘lish va yuksak ahlоqiylikdir.
Ibn Sinо bоshqa mutafakkirlar kabi o‘zining kоmil insоn to‘g‘risidagi qarashlarini falsafiy, ijtimоiy fikrlari bilan bоg‘liq hоlda ifоdalagan. Оlimning ijоdida “kоmil insоn tarbiyasi to‘g‘risida”gi qarashlariga to‘хtalsak.
Abu Ali ibn Sinо kamоlоtga erishishning birinchi mеzоni sanalgan bilimlarga erishishni da’vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va jamiyat qоnuniyatlarini оchib, avlоdlarga yеtkazadi. Bu maqsadga yеtishish uchun insоn duch kеlinadigan qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, dеydi.
“Ey birоdarlar: Оdamlarning bоtiri mushkilоtdan qo‘rqmaydi. Kamоlоt hоsil qilishdan bоsh tоrtgan kishi оdamlarning eng qo‘rqоg‘idir”2. Zеrо bilimli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo‘ladi, dеydi u fikrini davоm ettirib.
Ibn Sinо insоnning shakllanishida uning atrоfini o‘rab turgan muhit alоhida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit insоnning atrоf dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqida ijоbiy yoki salbiy jihatlarning tarkib tоpishiga ham ta’sir etishini uqtiradi. Shu bоis ham bоlalarni tarbiyalashda ehtiyotkоr bo‘lish, ularni yomоn ijtimоiy muhitdan uzоqrоq saqlash zarur dеb hisоblaydi.
Ibn Sinоning ta’lim-tarbiya va ahlоqqa оid qaysi asariga ahamiyat bеrmaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamоl avlоdlarimizning ta’lim-tarbiyasida, ularning zamоn talablariga javоb bеra оladigan dоnо, bilimli va kuchli bo‘lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo‘lamiz.
Yetuk mutafakkir Yusuf Хоs Hоjib ta’limоtida ham insоn kоmilligi, kamоlоti masalalari kеng o‘rin оlgan.
Оlimning eng mashhur “Qutadg‘u bilig” (Saоdatga eltuvchi bilim) ta’lim tarbiyaga оid, har tоmоnlama kоmil insоn qilib tarbiyalaydigan yеtuk ma’rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’nоda kоmillikka yеtaklоvchi asardir.
Hozirgi kunda oilada bolalarni tarbiyalash masalasiga har qachongidan ko‘ra katta ahamiyat berilmoqda. Bu mavzu doimo barcha ota-onalarni ham, katta kishilarni ham qiziqtirib, shuning bilan birgalikda tashvishlantirib kelgan. Tarbiya jarayonida, u hoh oilada bo‘lsin, hoh maktabda bo‘lsin bolaning psixologiya xususiyatini hisobga olmaslik kelajakda eng katta, tuzatib bo‘lmas xatoliklarga yo‘l qo‘yish demakdir.
O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bolaning tabiatini, qiziqishini, eng muhim ichki dunyosini bilmay, o‘rganmay turib ular bilan tarbiviy ish olib baradigan bo‘lsak, amnmizki, tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishish ancha qiyin. Inson bolalik paytidan ota-onasi, akalari, opalari,o‘rtoqlari, umuman atrofdagi kishilar u yoki bu xuqlni taqlidan o‘ziga singdirib boradi. Shuning uchun ham xalqimiz “kattalar odobi bolalar kamoli”, deb bejiz aytishmagan. Modomiki . ma’naviy go‘zal qilayotgan odamiylik va shunga o‘xshash sifatlar zamirida axloq muhim o‘rinni egallar ekan. Demak, biz avvalo farzandlarimizning ruhiyatini barcha salbiy ta’sirlaridan poklashimiz va ularni sog‘lom fikrlashga, ya’ni xadisda aytilganidek. “Kimki o‘zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo‘lsa. Demak u haqiqiy mumkindir”, degan rivoyatga amal qilishga o‘rganib borishimiz lozim ekan.
Oiladagi odamlar bir-birlarini qanchalik chuqur tushunsalar, bir-birlarining yaxshi va yomon tomonlarini anglagan holda muomula munosabatda bo‘lib, inoq turmush kurslar,bunday oiladan ajoyib shaxslar yetishib chiqadi: bu o‘z navbatida jamiyat rivojiga, insoniyat istiqboliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi sharoit, oziq-ovqat va jixozlar ta’minoti, o‘zaro munosabatlar er-xotin, bobo-buvi, qaynona-qaynota,aka-uka, opa-singil, tog‘a-amaki hamda boshqa qarindoshlarning bir-biriga muomalasi oila a’zolarining birgalikda ishlash, dam olishi, adabiyot, san’at, ilm-fan, sport bilan shug‘ullanishi, daromad. Ruhiy-ma’naviy holatlar, qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalari va x.k. oila muhitni tashkil etadi.


II BOB. Ulug‘ mutafakkirlarining ahloq va odobga oid ilmiy merosidan foydalanish metodikasi.

2.1. Sharq mutafakkirlarining ta'lim - tarbiya tog‘risidagi ilmiy metodikalari

Uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari o‘zining ta'lim-tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do‘stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma'naviyatimizning o‘zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta'lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, "Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o‘tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi"4. Har bir xalqning ta'lim-tarbiyaga oid an'analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo‘lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o‘z farzandlarini barkamol inson bo‘lishini istaydi, o‘zlari eta olmagan orzu-umidlariga bolalarining etishligini o‘ylaydi. Bolalarning har bir yutug‘idan quvonishadi, mag‘lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko‘rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.


O‘tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma'naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o‘z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo‘lamiz.
Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining ma'naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo‘sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo‘lmoqda. "Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko‘ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o‘zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo‘ylik, halollik, o‘z-o‘ziga talabchanlikni targ‘ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o‘quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o‘zini olib qochishga undaydi"5. Shuning uchun ham ta'lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg‘inoniydir. Burxoniddiy Marg‘inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g‘oyalari shaxsni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta'limotining yirik nomoyondasi Burxoniddiy Marg‘inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e'tiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o‘rinni egallaydi6. Alloma Marg‘inoniy o‘zining axloqiy-huquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma'naviyatini rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.
Farzandga adab, hunar o‘rgatmakni meros deb bilg‘il. Agar sen xoh unga adab o‘rgatg‘il, xoh o‘rgatmag‘il turmush mashaqqatlarining o‘zi unga o‘rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur7. Kaykovus 44 bobdan iborat bo‘lgan "Qobusnoma" asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o‘zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo‘pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas'uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi.
Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta'lim va tarbiyaga oid yondashuvlar, g‘oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to‘g‘ri foydalanish - ta'lim jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo‘lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, tarixiy va madaniy merosimizni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma'naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi axloqiy g‘oyalarni bilishga bo‘lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir.
Ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo‘nalishini tubdan o‘zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishning birinchi sharti - unga bir butun tizim sifatida yondoshish va shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir8.
Yosh avlodda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar o‘zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg‘onishini ta'minlash ma'naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi9.
Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" deb yozgan edi10.


2.2. Allomalar tarbiyaviy-ahloqiy qarashlarining bugungi kundagi amaliy ahamiyati

Mashoyixlarning aytishlaricha, "har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur".


A.Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta'lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o‘qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o‘rganar ekanmiz, biz o‘sha davrda maktablarda o‘quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi, Qur'on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so‘zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko‘ramiz. Masalan, "Yaxshi xulqlar" qatoriga kiruvchi "Sabr" mavzusida: "Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur" Shul xususda so‘ylanmish bir hadisi sharifning ma'nosi "ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili, yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur," - deyilishi. Arablar "assabru miftohulfalah"- sabr shodlig‘ning kalilidur deyurlar11. Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning milliy pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi kundagi ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo‘llarini topish asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo‘lgan talabi ortib boradi. Ayni vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi, farzandlarning ota-ona oldidagi mas'uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov aytganlaridek, "Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi".
"Milliy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish"12. Milliy taraqqiyotimiz uchun fundamental ahamiyatga ega ushbu fikr, ko‘rsatma san'atga oid ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to‘xtalib: "Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz" Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog‘liq"13 deya ta'kidlab o‘tdi.
Tarbiya o‘z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o‘z farzandlarimizni baxti-saodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo‘lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviy qo‘rg‘oni bo‘lmish o‘z oilamizning mustahkamligini ko‘rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o‘rni va roli o‘ziga xos xususiyatga va ko‘rinishlarga ega. "Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o‘rganishda ta'lim tizimi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega"14. Ular o‘z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o‘z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug‘laydilar va shunday fazilatlarga ega bo‘lishga barchani chorlaydilar. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g‘oya yoki mafkura aslo o‘z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyukdir.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o‘zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo‘lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o‘qtiradi.
Voiz Al – Koshifiyning o‘qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o‘stirish mumkin. Koshifiy o‘zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o‘rin tutadi. Bola to‘g‘ri so‘zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to‘xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko‘maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo‘lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko‘rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184-yilda tug‘ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o‘z bolalarini tarbiyalashi, o‘qitishi, hunarga o‘rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo‘lishi mumkin. Qobiliyat o‘z – o‘zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo‘lmasa, boladagi qobiliyat so‘nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo‘ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
XIX asr o‘zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o‘z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o‘rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go‘zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo‘lganlar obro‘-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko‘p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so‘zmonlik kishi boshiga olin o‘rniga qattiq tosh bo‘lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so‘zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo‘lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o‘z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo‘lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko‘rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo‘lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg‘u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o‘rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog‘ida yaxshilik bunyod etgan bo‘ladi, o‘zining bu ezgu ishlari bilan o‘zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o‘z she’rlarida barkamol insonni ulug‘laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko‘p foydali o‘gitlarni bayon etdi.
Muxammad Rizo Ogahiy o‘z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo‘stlikni go‘zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o‘z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi.
Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do‘st va dushmanni ajratib olish xayotda o‘z o‘rnini topib olishda g‘oyat muximdir. Uning fikricha to‘g‘ri so‘z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.
Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.
Muxammad Rizo Ogaxiy o‘z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo‘lida xizmat qilishga da’vat etdi. U do‘stlikni mehmondo‘stlikni axloqiy go‘zallikni ulug‘ladi. Insonlarni ziyraklikka, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o‘gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.
Berdimurod Berdaq Qaraqolpog‘iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g‘oyalarini olg‘a suradi.
Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog‘liq deb biladi. Uning ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg‘arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim.
Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqyei katta ekanligini ta’kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning fikricha maktabda dars beruvchi muallim o‘z xushmuomilaligi, pok qalbligi, haqgo‘yligi, o‘z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muxim o‘rin tutishni aloxida ta’kidlaydi, oila muxitida ota – onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug‘ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota – onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo‘lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta’lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jaxon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib xissa qo‘shgan ulug‘ siymolardan biri Mirzo Ulug‘bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi15.
Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o‘qimishli ota – onalar o‘z farzandlarining xaqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Mirzo Ulug‘bek o‘z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog‘lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo‘lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug‘bekning fikricha odam sog‘lom va baquvvat bo‘lishi uchun yoshlik chog‘idayoq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo‘rlik, qalloblik bo‘lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo‘lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug‘ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o‘zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o‘lmas me’ros qoldiradi. U o‘z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo‘lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o‘z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o‘z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so‘z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim va bunda tarixiy tarbiya borasidagi to‘plangan bilimlar katta ahamiyatga ega. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi.


Mening nazarimda, Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biz mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik:
Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ulug‘ allomalarning merosi katta ahamiyatga ega boladi;
Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi;
Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini beradi.
- oilaviy hayotda urf - odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;
- oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchili klarini psixologik - pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;
- oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega;
- oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi.

Yüklə 151,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə