O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   107
Korporatsiya
– mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning akiyadorlik asosidagi ko‘ngilli 
birlashmasi. Korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kooperatsiya orqali 
o‘zaro bog‘lanadilar. Shu bilan korporatsiya investitsiyaviy sarmoyaning jamlanishiga ham yordam beradi. 


Faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo‘yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy 
boshqaruv, aksiyadorning aksiya sarmoyasining o‘ziga tegishli qismini erkin tasarruf etishi va boshqalar 
korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida Respublikamizda 
“O‘zbekpaxtamash” va “O‘zavtosanoat” davlat korporatsiyalari, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zavtotrans”, 
“O‘zmahalliysanoat” davlat aksiyadorlik korporatsiyalari va boshqalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar. 
Xolding kompaniyalari 
– korporatsiya shakllaridan biri. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 
aksionerlik jamiyatlari “aksiyalarining nazorat paketi” kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad 
yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat yurgizish, umumiy manfaatlar yo‘lida aksionerlik jamiyatlari 
faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir. Xolding kompaniyasiga misol 
tariqasida mamlakatimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo‘jalik mashinasozlik korxonalarini birlashtirgan 
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding”, “O‘zmevasabza-votuzumsanoat-xolding” va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding 
kompaniyalarini kiritish mumkin. Shu bilan birga “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi, “O‘zqurilishmaterial” 
davlat aksiadorlik kompaniyalari ham faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 
Milliy kompaniya
– noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, transport, aloqa va 
telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosidagi ko‘ngilli birlashmasi. 
O‘zbekistonda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan milliy kompaniyalar jumlasiga “O‘zbekturizm” milliy 
kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va boshqalar kiradi. 
Jahon iqtisoiyotida yetakchi mavqega erishgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular kichik va 
o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yuksalgan, aholi turmush darajasini ko‘targan. 
Masalan, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik va o‘rta 
biznesning ulushi 67 foiz, Germaniyada 65 foiz, AQSHda 52 foizni tashkil etadi. Yaponiyada ish bilan band 
bo‘lgan aholining 80 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlkatlarida 70 foizi kichik va o‘rta biznes tarmoqlarida ishlaydi. 
1995-yil 5-yanvarda qabul qilingan “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish 
to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga, mulkdorlar 
tabaqasini shakllantirishga yangi turtki berdi. Farmonga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan 
tushayotgan mablag‘larning 50 foizi kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirildi. 1995-yil 21-dekabrda 
qabul qilingan “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida” gi qonuni iqtisodiyotning mazkur 
sektoriga davlat va mintaqaviy darajada rag‘bat-lantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Davlat 
darajasida xusisuy va tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy-normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart-
sharoitlar yaratildi. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustda “Tadbirkorlik subyektlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga 
binoan kichik va xusuiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi 
kengashi tashkil etildi. Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik 
subyektlarida “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftari” joriy etildi. Kichik va o‘rta biznes subyektlarining tashqi 
faoliyati erkinlashtirildi. 2001–2002-yillarda kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyatiga noqonuniy 
araashish hollarini bartaraf etish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor shaxslarni sud 
javobgarligiga tortish choralarini qo‘llash mexanizmi yaratildi. 
1995-yil iyulda Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond), 1996-yil 
martda O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, ularning hududiy bo‘limlari tashkil 
etildi. kichik va o‘rta biznesning rivojlanishiga dehqon va fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, “Hunarmand” 
assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi ham ko‘maklashmoqda. 
O‘zbekistonda agrar islohotlarga e’tibor juda katta bo‘ldi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi 
qishloqda yashaydi, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 30 foizi, valyuta tushumlarining 55 foizi qishloq 
xo‘jaligida shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida davlat tasarrufidagi qishloq xo‘jalik mulklari 
xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi 99 foizni tashkil qilmoqda. 
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shimcha ravishda 550 ming gektar 
sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 
milliondan ortiq qishloq aholisi ana shu yer hosilidan foydalanmoqda. 1992–1995-yillarda davlat 
tasarrufidagi qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish, asosan tugallandi. 1150 ta 
sovxoz va 1200 ta fermalar xususiylashtirildi. 
Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar 
islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo xo‘jalik 


yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli ularni qayta tuzish zaruriyati vujudga keldi. 1998-
yilning aprelida qabul qilingan “Qishloq xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunda shirkat xo‘jaligini tuzish va 
uning faoliyat yuritish tadbirlari, shirkatlarga a’zolik, yer uchastkalari ajratish va boshqarish masalalarining 
huquqiy asoslari belgilab berildi. Shirkatning iqtisodiy asosini ishlab chiqarish vositalari va ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar, jamoa shirkat mulkchiligi tashkil etadi. Shirkatning har bir a’zosiga mulk va yer 
paylari shaklida hissa ajratiladi. Jamoa xo‘jaliklari 1998-yildan boshlab yer va mulk paylari asosida qishloq 
xo‘jalik shirkatlariga aylantirila boshlandi.
Qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari salmoqli o‘rin egallamoqda. Bu turdagi xo‘jaliklar don, kartoshka, 
sabzavot-poliz mahsulotlari, go‘sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o‘rinni egallamoqda. 2001-
yilda kam samarali, zarar ko‘rib ishlayotgan qilshloq xo‘jalik shirkatlari fermer xo‘jaliklariga aylantirildi. 2004-
yil 1-yanvarigacha jami fermer xo‘jaliklarining soni 87,5 mingtaga yetdi. 
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli mulkchilik 
shakllari bo‘yicha iqtisodiyot tizimlari tubdan o‘zgardi. Mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan
davlatlashtirilgan iqtisodiyot tugatildi. Iqtisodiyotdagi institutsional o‘zgarishlar tufayli nodavlat mulk shakllari 
– aksiyadorlik korxonalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiya va kompaniyalar, o‘rta va kichik korxonalar 
vujudga keldi. 
 
Davlat mustaqilligini qo‘lga olgan O‘zbekistonga sobiq tuzumdan barbod bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy 
tizim, izdan chiqqan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi va iqtisodiy munosabatlar meros bo‘lib qolgan edi. 
Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridagi korxonalar bilan bog‘langan bo‘lib, Ittifoq 
parchalangach, ular o‘rtasidagi aloqalar uzildi. Mustaqil respublikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar 
xususiylashtirildi, mulk egaligi, mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlari o‘zgardi. Natijada korxonalarning bir-
biriga xomashyo, asbob-uskunalar yetkazib berish jarayoni to‘xtab qoldi. Bu barcha respublikalar, jumladan, 
O‘zbe-kiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi, albatta. 
O‘zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob-uskunalar taqchilligi vujudga kelib, xo‘jalik 
yuritish murakkablashib qoldi. Natijada respublika bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab 
chiqarish ko‘rsatkichlari pasaydi. Agar 1990-yilda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmini 100 foiz deb olsak, 
keyingi yillarda u pasayib, 1995-yilda 81,2 foizga tushdi. 
O‘zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarini oldini olish, inqirozga yo‘l qo‘ymaslik, 
makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turdi. Shu boisdan iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan biri deb belgilandi. 
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondashuvlardan 
foydalanilgan: 
a) monetar yondashuv deb atalib, pulning qadrsizlanishi darajasini pasaytirib turishga, pul massasini 
hamda to‘lovga qodir bo‘lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga 
asoslangan; 
b) ishlab chiqarishni va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga, tarkibiy qayta tashkil 
qilishlarni amalga oshirishga, qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati o‘tkazishga, tovar bilan qoplashning iloji 
bo‘lmagan ortiqcha talablarni cheklashga asoslanadi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini ta’minlash uchun 
qattiq monetarizmga emas, balki muvozanatga keltirilgan monetar siyosatni, asosiy tarmoqlarni va ishlab 
chiqarishni tarkiban qayta tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan qo‘shib olib borish yo‘lidan bordi. 
O‘zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarida chuqur 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rila bordi: 
– o‘zak tarmoqlarni – neft va gaz sanoatini, energetikani, oltin qazib olish, rangli metallurgiya tarmoqlarini 
modernizatsiyalash, yangilash; 
– transport va aloqa tizimini, muhandislik kommunikatsiyalarini va ishlab chiqa-rish infratuzilma tizimini 
yangilash; 
– qora metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya kombinatini tubdan ta’mirlash; 
– qishloq xo‘jalik mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish, g‘ozaga ishlov berish va paxta terish 
mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta qurish va yangilash; 
– samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish; 
– O‘zbekiston uchun yangi tarmoq bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatini barpo etish; 


– kimyo sanoati kompleksini qayta qurish
– qishloq xo‘jaligida va umuman agrosanoat kompleksida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va progressiv 
siljishlarga erishish; 
– paxta, pilla, meva va sabzavot, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlarni yangi texnika bilan qayta 
qurollantirish, ip yigirish va to‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar 
qurish va boshqalar. 
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar barpo etish katta mablag‘larni talab qiladi, albatta. 
Shu boisdan, islohot yillarida iqtisodiyotga mablag‘-sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi. Ular 
quyidagilardan iborat: 

davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; 

respublika banklaridan olinadigan kreditlar; 

korxonalarning o‘z sarmoyalari; 

aholi sarmoyalari; 

qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari; 

xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya-kredit resurslari; 

chet el firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bevosita investitsiyalari. 
Chet el investitsiyalarining mamlakatga kirib kelishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 1998-yilda 
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar va 
investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida”gi qonunlari chet ellik investorlarning respublikamizda 
yaratiladigan mulklarining daxlsizligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. 
Qonunda xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, ayrim shaxslar investor bo‘lishi mumkinligi 
belgilab qo‘yildi. Ularning huquqlari xavfsizligi O‘zbekistonda davlat tomonidan kafolatlanadi. Chet ellik 
tadbirkorlarga O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar barpo etish, o‘z kompaniya va firmalarining bo‘linmalari, 
sho‘balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona to‘lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar 
departamenti, 1995-yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik 
respublika tadbirkorlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qo‘shma korxonalar barpo etish, investitsiya 
loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga ko‘maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf-
xatardan sug‘urtalash bo‘yicha “O‘zbekinvest Interneyshnl” qo‘shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekistonga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar qatoriga Yaponiya, Turkiya, AQSH, 
Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. 
Respublikamizda mavjud bo‘lgan bir necha o‘nlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta 
qurish maqsadida 1993-yilda O‘zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi – “O‘zmashsanoat”, 
1996-yilda 
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding”, 
1998-yilda 
“O‘zneftgazmash” 
korporatsiyasi, 
“O‘zbekto‘qimachimash” birlashmasi tashkil etildi. 
2006-yilning 
5-yanvarida 
Prezident I.Karimovning “

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə