O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarkand davlat universiteti tarix fakulteti


Маърузани тинглайдилар, мустақил  ўқийдилар



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/107
tarix07.06.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#115929
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   107
 
Маърузани тинглайдилар, мустақил 
ўқийдилар.
 
Мустақил/кичик гуруҳларда 
жадвалнинг 3 бўлимни тўлдирадилар
 
Б/БХ/Б ЖАДВАЛИ 



aloqalari. MDHning tashkil topishi va unung faoliyati.Markaziy Osiyo 
respublikalari orasida aloqalarning yo`lga qo`yilishi va hamkorlik rishtalari. 
O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli aloqalari.Mavzuning 
ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli 
davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga doir ta’riflarni talabalarga 
tushuntirish, mavzuning dolzarb ekanligidan talabalarni boxabar etish. 
Dars o’tish vositalari:
(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy 
xaritasi, izohli lug`atlar) 
Dars o’tish usullari:
Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni 
o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va 
so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har 
bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va 
talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida 
talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni 
voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. 
Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 
Darsning xronologik xaritasi (80 minut)
5 minut – hafta yangiliklari; 
5 minut – yo’qlama; 
5 minut – dars yuzasidan zarur adabiyotlar bilan tanishtirish; 
10 minut – o’tilgan dars yuzasidan savol javob; 
50 minut – ma’ruza; 
5 minut –o’tilgan ma’ruza yuzasidan savollarga javob byerish 
 
Tayanch so’zlar,iboralar va tushunchalar: 
O’zbyekistonning jahon hamjamiyatiga 
qo’shilishi, BMT ga a’zo bo’lishi, MDH davlatlari,Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan 
aloqalari. 
 
Ma’lumki, ilgari jahonda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan – SSSR va AQSH 
yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. 
Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o‘zaro 
muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda “sovuq urush” siyosati 
hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfl ostida yashardi. 
XX-asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo‘lgan ulkan 
imperiya – SSSR parokanda bo‘ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. 
Varshava shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar 
vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, 
jumladan, mustaqil O‘zbekiston davlati bunyod etildi. “Sovuq urush” siyosati 
barham topdi. Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar ro‘y bergan bolsada, dunyo 
tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qolgan edi. Bu 
quyidagi hollarda namoyon bo‘lmoqda: 
• turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik 
va ziddiyatlar yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or 


texnologiya, erkin sarmoyalarni to‘plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. 
Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq mamlakatlar mavjud; 
• bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik 
va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. 
Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o‘zi yashaydigan joylarni 
tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo‘ldilar; 
• umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy 
ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida 
vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar 
o‘rtasida “haqiqiy” va “soxta” dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik 
chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa 
sivilizatsiyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga 
urinmoqdalar; 
• “sovuq urush” siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi 
kamaygan bo‘lsada, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurolining ko‘p miqdorda 
saqlanayotganligi, yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib 
borayotganligi (Hindiston, Pokiston, KXDR) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka 
jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda; 
• jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog‘lom ekologik 
vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar 
insoniyat boshiga xavf solib turibdi; 
• tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, 
giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. 
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib turganligidan 
dalolat beradi. Bizni qurshab turgan olam g‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib 
kelgan, hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. 
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari 
xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy 
tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. 
Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf 
etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. 
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat darajada 
o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning 
aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat 
uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy 
hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. 
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu 
boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir. 
O‘zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o‘z mavqeyi va nufuzini 
mustahkamlash bilan birga jahon siyosatini isloh qilishga dunyo ahlini da’vat etgan 
davlatlardan biri bo‘lib maydonga chiqdi. Mustaqillikning qisqa davrida u o‘zining 
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini to‘la-to‘kis ko‘rsata oldi. O‘zbekiston 
xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari 
jihatidan qulay jo‘g‘rofiy-strategik imkoniyatlarga ega: 


• qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yoli 
O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi 
aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham 
Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida 
joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda; 
• Markaziy Osiyoda jo‘g‘rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan 
O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, 
barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. 
Mintaqa doirasida manfaatli munosabatlar o‘rnatish imkoniyati O‘zbekiston orqali 
ochiladi; 
• O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida 
joylashgan; 
• aholisining soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan 
mintaqadagi qo‘shnilaridan ma’lum darajada ustun turadi; 
• tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zaxiralari va strategik 
materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini 
ta’minlashga qodir; 
• O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‘zini neft, 
gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga 
ham ega; 
• yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli 
insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy 
jarayonlariga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega. 
Bundan tashqari jo‘g‘rofiy-siyosiy jihatdan O‘zbekistonga qiyinchiliklar 
tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan: 
• O‘zbekiston o‘zining jo‘g‘rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik 
tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, 
Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari 
joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu 
hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-
biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda; 
• yana bir noqulaylik shundan iboratki, O‘zbekistonni etnik, demografik, 
iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. 
Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, 
narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, 
ichki mojaro avj olgan Afg‘oniston kabi beqarorlik o‘chog‘i bilan chegaradosh; 
• sobiq sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda 
kommunikatsiya-lar nomaqbul ravishda shakllantirildi. Janubiy yo‘nalishda 
transport kommunikatsi-yalari amalda rivoj topmagan. Ittifoq parchalangach, 
kommunikatsiyalar muammosi O‘zbekiston uchun yanada keskinlashdi. 
O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmay-digan, buning ustiga dengiz 
bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakatdir; 
• suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham 
mamlakatimiz uchun noqulay omildir; 


• shuningdek, mustamlakachilik davrida yuritilgan Turkistonni bo‘lish, millat 
va elatlari ustidan hukmrontik qilish siyosatining asoratlari hozirgacha tashvishli 
omil hisoblanadi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, O‘zbekistonda juda murakkab, 
qarama-qarshiliklarga to‘la dunyoda milliy davlatchiligimizni qurishimiz, 
mustaqilligimizni mustahkamlashimiz, jahon hamjamiyatida o‘zimizning munosib 
o‘rnimizni egallashimiz lozim. Shu munosabat bilan avvalo mintaqada barqarorlik 
va milliy xavfszilik kafolatlarning shart-sharoitlarini aniqlash va ta’minlash 
g‘oyatda muhim masaladir. 
Prezident Islom Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot 
yo‘li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab 
berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida mamlakatimiz 
tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonunlashtirildi. 
Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan 
qonunlar qabul qilindi. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam 
huquqiy kafolat yaratib berdi. 
Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika 
qonunchilik faoliyatida o‘z ifodasini topdi. Birinchidan,

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə