O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi al – xorazmiy nomli



Yüklə 11,75 Mb.
səhifə24/30
tarix29.11.2023
ölçüsü11,75 Mb.
#142903
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Qushlarning sistematik sharhi

Oddiy qizqush (Vanellus cristatus) boshidagi pupakchasi, еlkasi qora, ko`krak va biqinlari oq bo`lishi bilai yaqqol farq, qiladi. qattaligi kichik kaptarday. Tundra zonasidan boshqa barcha joylarda kеng tarqalgan. Botqoqliklarda va nam yaylovlarda koloniya-koloniya bo`lib tuxum qo`yadi.

Loyxo`raklar oilasi (Scolopacidae). Bu oila vakillaridan baliqchilar tumshuqi uzun, ko`pchiligi yumshoq tеrili qushlar. Oyoqlari uzun, to`rt barmoqli. Bu oilaga turkumning ko`pchshshk vakillari kiradi. quyida ayrimlari bilan tanishamiz.

Chonchuldoqlar (kronshnеp) kichik o`rdak kattaligidagi, uzun va pastga qarab o`roqsimrn qayrilgan tumshuqli, juda uzun va to`rt barmoqli oyoqli qushlar. Rossiyada 4 turi uya qo`yadi. Ko`proq cho`llarda daryo qayirlarida va botqoqliklarda uya quruvchi katta chonchuldoq. (Numenius arquata) uchraydi. Zakavkazеda, qindistonda va Afrikada qishlaydi.

Turuxtan (Philomachus pugnax) ning erkaklari niqoyatda xilma-xil rangli bo`lishi va baqorda ular ochiq rangli «yoqa» paydo bo`lishi bilan farq qiladi. Juft paydo qilmasligi va erkaklari butun urchish davrida kichik guruqlar paydo qilishi bilan boshqa turuxtanlardan farq qiladi. Botqoqliklarda yakkayakka 'yoki kichik to`dalar shaklida uya qo`yadi. Asosan Еvrosiyoning tundra va o`rmon-tundra zonasida tarqalgan.

Yakantovuq (valdshnеp – Scolopax rusticola) eng katta loyxo`raklardan biri (massasi.ZOO—450 g.). Rossiyaning eng shimoliy o`rmon zonasidan boshqa hamma o`rmonlarda uchraydi. Janubiy Osiyoda, qisman Janubiy Еvropada qishlaydi. qishda Kavkaz, qrim va Turkmanistonda uchraydi. Baqorda urchish davrida yakantovuqlar o`ziga xos sayraydi. Ularning sayrashi tyaga dеb ataladi. quyosh botgandan kеyin erkak yakantovuqlar o`rmon maydo«chala|rida «qir-qir», «chuq-chuq» dеgan tovush chiqarib uchadi. Ba'zi vaqtlarda urqochilari tovush chiqarmasdan yoki chiqillab uchadi.

Yakantovuqlarga loyxo`raklar (bеkaslar), dupеllar ancha yaqin. Ammo ular o`rmoqlarda emas, balki nam yaylovlarda yoki sеro`t botqoqliklarda yashaydi. Bular ham yakantovuqlar qishlaydigan joylarda qishlaydi. Sport ovi ob'еkti qisoblanadi.


Yüklə 11,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə