O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi al – xorazmiy nomli


KAPTARLAR TURKUMI (COLUMBIFORMES)



Yüklə 11,75 Mb.
səhifə27/30
tarix29.11.2023
ölçüsü11,75 Mb.
#142903
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Qushlarning sistematik sharhi

17. KAPTARLAR TURKUMI (COLUMBIFORMES)

Kaptarlar tanasi ixcham, voskoviqali, tumshuqi kalta kunduzgi qushlar.



Burun tеshiklari yupqa tеri bilan qoplangan. xozirgi zamon kaptarlarining qanoti yaxshi rivojlangan va ular tеz uchadi. Dumqaza bеzi yo rivojlanmagan. yoki yo`q. Jiqildoni yaxshi rivojlantan va bolasini boqish davrida oziq bo`ladigan «sutcha» ishlab chiqaradi. Jo`ja bola ochuvchi qushlar. 2 tadan ayrim vaqtlarda bittadan tuxum qo`yadi. Tuxumi qar ikkala jins bosadi. Monogam Еr yuzining qutb mamlakatlaridan boshqa hamma joyda tarqalgan. Malayya Arxipеlagida va Avstraliya oblastida eng ko`p. Turlarining umumiy soni 300 ga yaqin. Rossiya tеrritoriyasida uchraydi. Ko`k kaptar (Columba livia), qurrak (Streptopelia), klintux (Columba oenas).

Asosan o`rmonda ayrim vaqtlarda toqlarda yoki odamlar istiqomat qiladigan joylarda yashaydigan qushlar. Oziqi qar xil, asosan еrdan axtarib topadi. Ayrim tropik turlari o`txo`r bo`ladi. Ko`p turlari o`troq yashaydi. Utmishda Shimoliy Mavrikiya, Burbon, Rodrigеs (Madagaskar yaqinida) orollarida uchmaydigan katta kaptar — dront yashagan. Extimol. bu qushlar XVII asrda qirib yuborilgan. qar xil uy kaptarlari ko`k kaptardan kеlib chiqqan. Kaptarlarni xonakilashtirish bir nеcha ming yillar burun bo`lgan.

18. BULDURUqLAR TURKUMI (PTEROCUETIFORMES)

qiyofasi kaptarlarga o`xshash bo`lgan, o`rtacha kattalikdagi qushl.ar, lеkin kapt.arlarga o`xshab toqlarda va o`rmonllrda emas, balki Afrika va Osiyoning cho`l va yarim dashtlarida yashaydigan qushlar. Tuxumidan kaptarlariikiga o`xshab, jish bola emas, balki jo`ja chiqadi. Uyaoini faqat еrga quradi. Tuxumlari 3—4 ta. Faqat еrdan oeiq topib еydi. qanotlari uzun va ingichka. Tеz uchadi. Oyoqlari kichik. Ayrim vaqtlarda barmoqlari o`zaro qo`shilgan. Dashtlarda ikki turi — oq bovur (Pterocles orientalis), qora bovur (Pt. alchata) va juda o`ziga xos tuzilgan suv bulduruq, ya'ni kopitka (Syrrhaptes paradoxus) uchraydi. Suv bulduruqning barmoqi bo`lmaydi. Oldingi uchta barmoqi o`zaro qo`shilib, qayvon tovoniga o`xshagan, tovon qosil qilgan. Ular ustki tomondan pat bilan qoplangan. Tirnoqlari kеng va o`tkir emas. Dumi juda uzun, ingilka patlardan iborat. Suv bulduruqlar yoppasiga ko`chib yurishi bilan xaraktеrlanadi. Ko`chish davrida Еvropada, qarbda Franqiya va Angliyada. sharqda esa to Xabarovskkacha uchraydi. Bunday migraqiyalar 1863, 1883, 1888, 1908 yillarda qayd qilingan.


Yüklə 11,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə