O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti



Yüklə 426,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.06.2022
ölçüsü426,77 Kb.
#89845
1   2   3   4
chor mustamlakasi tomonidan orta osiyo xonliklarini bosib olinishi

II. Asosiy qism 
XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini buysundirish maqsadida 
Rossiya olib borayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning shu borada uzoqni ko`zlagan 
rejalariga jiddiy xavf solar edi. Shuning uchun Angliya turli yo`llar bilan O`rta Osiyodagi 
davlatlarni Rossiyaga qarshi otlantirish payiga tushadi. 
1831-1833 yillarda Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr Berne 
Hindistondan Afg`onistonga, undan Buxoroga sayyoh sifatida keladi. Bu «sayohat» 


natijasida yig`ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar «Buxoroga sayohat» deb nomlangan 
uch jildlik kitobga asos bo`ldi. Bu o`rinda A.Bernsning o`zbek xalqi xususida bildirgan 
fikrlari diqqatga sazovordir: «O`zbeklar muomalada kamtar va samimiy. Ular mening 
kim ekanimni bilmaganliklaridan, barcha narsalar xususida, hukmdorlari va syyosatdan 
tortib, bozordagi ahvol haqida ham tortinmay so`zlashdilar». 
Angliya o`z diplomatlari, sayyohlari hamda ayg`oqchilari vositasida Buxoro, Xiva 
va Qo`qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Ular shu 
maqsadda fors va turk tillarini yaxshi bilgan Konolli, Berne, Archi Todd, Abbot va 
Shekspir kabi zobitlarni o`zbek xonliklariga yubordilar.
Angliya Turkiya bilan hamkorlikda. O`rta Osiyo davlatlarining harbiy ittifoqini 
vujudga keltirishga ko`p urindi, Ayniqsa, Krim urushida (1853-1856) Angliya O`rta 
Osiyo xonliklariga, Afg`oniston va Eronga o`z odamlarini yuborib, bu mamlakatlarni 
Rossiyaga qarshi otlantirish harakatini kuchaytirdi. Ammo Turkiya ham, Angliya ham 
Rossiya xurujiga qarshi o`zbek xonlari birligini vujudga keltirishni ta`minlashning 
uddasidan chiqa olmadi. Chunki xonliklar O`rtasida o`zaro nifoq-nizolar kuchli bo`lib, 
ularning ildizi chuqur ketgan edi. Buning ustiga, Rossiya diplomatiyasi Buxoro, Xiva va 
Qo`qon xonliklarini bir-biriga qarshi gijgijlab, o`zining ig`vogarona siyosatini izchillik 
bilan yuritar edi. Rossiya bu yo`lda sobit turib, To`rg`ay viloyatini, 1846 yilning kuziga 
kelib, Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan yeridagi Qozolini ishg`ol etdi va 1847 
yilda Raim, 1848 yilda Kazalinsk istehkomlarini qurdi. Bu ahvol Xivani tashvishga soldi. 
Hon o`z noroziligini bildirib, elchilarini Peterburgga jo`natdi. Xiva elchilarini rus 
amaldorlari bu istehkomlar savdoni yo`lga qo`yish va cho`lda tinchlik o`rnatish uchun 
qurildi, deb aldadilar. Xiva honi bu istehkomlarni yo`q, qilishga harakat qildi, lekin 
Sirdaryo va Orolbo`yidagi rus istehkomlaridagi qo`shinlarni yo`qotish xususidagi Xiva 
hukumatining maslahatlariga quloq solmadilar. 
Rossiyaning urushqoq doiralari Orenburg va Sibir orasidagi yerlarning «himoyasini 
mustahkamlash uchun» Irgiz va To`rg`ay daryolarining bo`yida istehkomlar qurishni 
jadallashtirdilar. Ular o`zbek xonliklarini asta-sekin bosib olish uchun, birinchi navbatda, 
Qo`qon xonligining muhim strategik nuqtalarini egallashga diqqatni karatdi. Oqmachit 
qal`asiga hujum shu tariqa boshlandi. 
1852 yilning 16 aprelida shijoatli lashkarboshi Yoqubbek rahbarligidagi Oqmachit 
qal`asi himoyachilari dushmanga qarshi qahramonona jang qilib, rus askarlarini 
Orenburgga chekinishga majbur etishdi. Shundan so`ng o`zbeklar bilan bo`lgan janglarda 
katta tajriba to`plagan Orenburg general-gubernatori graf V. Perovskiy 1853 yilda 
tashabbusni o`z qo`liga olib, yana hujumga tayyorlandi. Perovskiy Oqmachit 
himoyachilariga maktub yo`llab, taslim bo`lishni taklif kildi: «Garchand sizlar qal`a 
ichida turgan bo`lsalaringiz ham Oqmachit olingan deb hisoblayvering. Men shu yerda 
turiboq barchangizni bitta qo`ymay kirib tashlashim mumkin. Ammo, men bunday 
qilmayman, chunki, biz bu yerga bir yoki ikki kunga emas, balki abadul-abad keldik, 


endi orqaga qaytmaymiz». Qal`a mudofaachilari bu maktubga «biz bir tomchi qon va 
ko`chada bir dona kesak qolguncha, hamma qurollarimiz sinib bitguncha 
kurashaveramiz», deb javob berishdi. 
Yordamchi kuchlar olib kelish uchun ketgan Yokubbekning kechikishidan 
foydalangan ruslar yigirma ikki kunlik qurshovdan so`ng mudofaa ahamiyati juda katta 
bo`lgan Oqmachit qal`asini zabt etdilar. 
Rossiya davlatining hukmron doiralarida esa bu paytga kelib Qo`qon, Xiva 
xonliklari va Buxoro amirligiga nisbatan istilochilik ruhi ustun kelib, Aleksandr II (1855-
1881) hukumatining tashqi siyosatida jangari generallar mavqei kuchaydi. General-
ad`yutant graf D. Milyutinning harbiy vazir lavozimiga, graf N. Ignatyevning esa Bosh 
shtab Osiyo bo`limi rahbarligiga tayinlanishi Rossiyaning O`rta Osiyodagi siyosatida 
keskin o`zgarishlar bo`lishidan darak berardi. Rossiya matbuotida esa Hindistondek boy 
o`lkani mustamlakaga aylantirgan Angliyadan o`rnak olib, Osiyoda faol harakatga 
chorlovchi maqolalar paydo bo`la boshlaydi. 
Imperiya harbiy vazirligida o`zbek xonliklarining iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid 
josuslik ma`lumotlari yetarlicha to`plangan edi. General unvoniga ko`tarilgan graf N. 
Ignatyevning o`zbek xonliklarining haqiqiy ahvoli va ularni Rossiya nazoratiga olishni 
qay yusinda amalga oshirish haqidagi axborotlari bu ma`lumotlar orasida alohida ajralib 
turardi. 
Graf Ignatyev birinchi galdagi vazifa sifatida Qo`qon xonligiga qarshi bevosita 
harbiy harakatlar boshlashni taklif qilgan. Ana shu taklifga ko`ra, Rossiya 1860 yilda 
Qo`qon xonligiga qarshi e`lon qilinmagan urush boshladi. 
1864 yilning 2 oktabrida ertalabdan boshlab har ikki tomon o`rtasida to`plardan 
o`qlar uzildi. Bu vaqtda Eshonquli dodhox madrasasi mullavachchalari, xususan, eshon 
Sharifxo`ja Ofoqxo`ja o`g`li, eshon Xojixon Malikxoji yuzboshi o`g`li Sa`id Ahrorxo`ja 
Sotiboldixo`ja o`g`li, pichoqchi usta Sodiq Hazar, o`ratepalik Xidirnazar zargarning 
ukasi va boshqa ziyoli vakillari «g`azotni va bu sharafli urushni Qur`on, tafsir va 
hadislardan olingan so`zlar bilan isbotlab, hammani g`azotga va urushga chorladi. 
Ularning o`zlari ham Qo`qon darvozasiga borib, to`pchilarga qo`shilib o`q joylashda va 
otishda qatnashdilar». 
Toshkent devori to`plardan o`qqa tutilgandan keyin podpolkovnik Obux 2 rota 
askari va 4 to`pi bilan hujumga o`tib, devorning bir qismini teshishga erishdi. Shundan 
keyin rus askarlari podpolkovniklar Obux va Lerx qo`mondonligida shu joydan shaharga 
bostirib kirish uchun zovurni kechib o`tishga harakat qilganlar. Muhammad Solihning 
guvohligiga ko`ra, «uruslar olo`a chopib zovurga o`zlarini otdilar; ularning ikkinchi 
guruhi yordamga kelmokda edi. Shu onda devor ustidagi shertabiat va dovyuraklar 
o`zlarini pastga tashlab, zovur ichida uruslar bilan yoqama-yoqa ushlashib bir-birlarini 
xanjar bilan o`ldira boshladilar. Hatto ba`zi kishilar ko`rqib ketayotgan dushman 
orqasidan quvib va ushlab, xanjar va qilich bilan jang qildilar. Zovur ichidagi uruslardan 


urush va talash bilan 72 kishining boshi tanasidan kesilib, yarog`-aslahalari o`lja olinib, 
g`oziylarga bo`lib berildi». 
1865 yilning bahorida general Chernyayev Niyozbek qal`asini bosib oldi. 
Toshkentga ruslarning ikkinchi hujumi boshlandi. Chernyayev yurt xoinlaridan biri 
Abdurahmonbek Shodmon o`g`lining maslahati bilan Bo`zsuv to`g`onini buzib, uni 
Chirchiq soyiga burib yubordi. Abdurahmonbek aslida Toshkent shahrining Chuvalachi 
mahallasidan 
bo`lib, 
Chernyayevga 
muhim 
ma`lumotlarni 
yetkazib 
turgan 
xiyonatchilardan edi. Abdurahmonbek ko`ngilli ravishda Rossiya xizmatiga o`tadi. 
General Chernyayev esa shaharni to`pga tutishda davom etar edi. Uning zarbdor 
kuchlari Sirdaryo qirg`og`idagi Chinoz qal`asini egalladi. 1865 yil 14 iyundan 15 iyunga 
o`tar kechasi polkovnik Abramov, podpolkovnik Jemchujnikovlar qo`mondonligidagi 7 
rota va 8 zambarakdan tashkil topgan askarlar asta-sekin bog`lar orasidan Kamolon 
darvozasi tomonga qarab yurdilar. 15 iyun erta tongda rus askarlari to`satdan 
Toshkentning Kamolon darvozasi devoridan ichkariga bostirib kirdilar. Muhammad 
Solihning so`zlariga qaraganda, ruslar dastavval devorning bir kishi o`tadigan tor joyidan 
kirib olishgan so`ngra darvoza va devor ustiga chiqishib, u yerdagi to`pni yerga 
uloqtirganlar hamda Muhammad Solih va uning atrofidagi kishilarga qarata miltiqlardan 
o`q otishgan. Shu paytda mullo Ismatillo degan bir kishi qo`ltig`idan to`rt bo`lak toshni 
chiqarib: «Biz ham chimkentliklarga o`xshab gunohkor bo`lib, harom o`laylikmi? 
Yaxshisi, bu zaminda g`oziy yoki shahid sifatida o`lganimiz afzal»,-deb qichqirgan. 
Rus askarlari Kamolon darvozasidan kirishi bilanok Abramov 250 askar bilan 
devor yonidan o`ng tomonga ketgan. 
Turkiston viloyatining harbiy gubernatori qilib tayinlangan general Chernyayev 
1866 yil yanvar oyida Buxoro amirligini buysundirish uchun unga qarshi e`lon 
qilinmagan urush boshladi. Uning qo`mondonligi ostida qo`shinlar Jizzax tomon 
otlandilar. Bu xabarni eshitgan amir Muzaffar o`zi taxtga qayta o`tqizgan va ta`sirida deb 
hisoblangan Qo`qon honi Xudoyorxonga ruslarning yo`lini to`sishni buyurdi. 
Xudoyorxon esa Rossiya bilan to`qnashishdan qo`rqib, amir Muzaffarning farmonini 
bajarmadi. 
Rus istilochilari Buxoro xonligiga qarshi urush harakatlarini ikki harbiy mavsumda-
1866 va 1868 yillarda o`tkazadi. 1866 yilda olib borilgan istilochilik bosqinlari oqibatida 
xonlikning O`ratepa, Jizzax va Yangiqo`rg`on singari hududlari Rossiya tarkibiga 
kiritiladi. Ikkinchi harbiy mavsumda-1868 yil qirg`inbarotida esa Samarqandning 
olinishi, amir qo`shinlarining Zirabuloqda o`zil-kesil tormor etilishi sodir bo`ladi. O`rta 
Osiyoning qadimiy poytaxtlaridan biri, Sohibqiron Amir Temur dovrug`ini jahonga 
yoygan Samarqandning bosib olinishi, nafakat xonlikda, shu bilan bir qatorda, dunyo 
afkor ommasi ko`z o`ngida, shimoldan kelgan oq ayiqning yovuz maqsadlari chegara 
bilmasligini namoyon etgan edi. Amir Muzaffar talafotlar oldida qattiq esankirashga 
tushadi, u o`z tasarrufidagi hududning qariyb teng yarmidan mahrum bo`lgan edi. 


Rossiyaning hukmron doiralari Turkiston general-gubernatorligini o`zining O`rta 
Osiyodagi harbiy rejalarini amalga oshirish uchun tayanch markaziga aylantirib, bu safar 
istilochiligini Xiva xonligini to`la bo`ysundirishga qaratdilar. Ular Pyotr I vasiyatini sira 
unutmagan edilar. 1717 yilgi Bekovich-Cherkasskiy qo`shinining halokati va 1839 yilda 
Perovskiy yurishining barbod bo`lganligi rus generallarining xotirasidan chiqmagan edi. 
Pyotr I ning bosqinchilik rejasini to`la amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini 
poyoniga yetkazishgach, istilochilar Xiva xonligiga ko`z tika boshladilar. 
Xiva xonligi mustaqilligi bilan mustamlakachilarga jiddiy xavf solib turar edi. U 
ming yillardan buyon davom etib kelayotgan qadim Xorazm davlati timsoli sifatida ham 
Rossiya uchun xavfli ko`rindi. Rossiya imperiyasi o`z tasarrufidagi qozoqlarni ozodlik 
kurashiga rag`batlantirib turgan Xiva ekanligini ham yaxshi bilardi. qozoqlarning milliy-
ozodlik kurashiga rahbarlik qilgan Kenesari Qosimov Xivadan doimo madad olib, o`n yil 
davomida Rossiyani bezovta kilib kelayotganligini ham unutmadilar. Masalaning siyosiy 
tomonidan tashqari, Sankt-Peterburg butun Turkiston o`lkasida tijorat ishlarini ham 
batamom o`z qo`liga olishni maqsad qilib qo`ygan edi. Kaspiy dengizining Sharqiy 
sohillaridan Turkiston shaharlariga olib boruvchi barcha savdo yo`llari esa Xiva xonligi 
hududlaridan o`tar edi. 
1872 yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg 
general-gubernatorlari va Kavkazdagi podsho noiblari ishtirokidagi mahfiy kengashda 
Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. Generallar rejasiga ko`ra, Turkiston general-
gubernatorligiga qarashli kuchlar sharqdan, Orenburg gubernatori va Kavkaz noibligi 
ihtiyoridagi harbiy kuchlar esa g`arbdan va shimoli-g`arbdan Xiva ustiga yurishlari kerak 
edi: 
Rossiyaning tajovuzkorona niyati Xiva xoni va uning oliy mansabdorlariga sir emas 
edi. Sayid Muhammad Raximxon II (1865-1910) 1872 yilda Hindiston vise-qiroli 
huzuriga elchi jo`natib, ruslar tahdidiga qarshi Angliyadan madad so`ragan edi. Xonning 
elchisi Aminboy Muhammad o`g`li Kalkutta shahrida lord Norsbruk bilan muzokaralar 
olib bordi. Angliyaning hukmron doiralari Xiva mustaqilligini saqlab qolishdan 
manfaatdor bo`lsalar ham, Rossiya bilan ochiq to`qnashuvdan xavfsirar edilar. London 
o`zining boy mustamlakasi Hindistonga ruslar tahdid solishidan va Afg`onistondagi 
mavqeiga Rossiyaning jiddiy xatar yetkazishini hisobga olib, Xivaga yordam 
ko`rsatmaslik yo`lini tutdi. Hindiston vise-qiroli Norsbruk shu sababli elchiga iloji 
boricha ruslar bilan aloqani yaxshilash vositalarini ishga solishni hamda qo`shni 
musulmon davlatlari ittifoqini vujudga keltirishni maslahat berdi. Lord Norsbruk, agar 
ruslar bilan urush bo`lib kolsa, Angliya yordamiga umid qilmaslikni ham ochiq izhor 
qildi. 
Xiva endi o`z kuchi va imkoniyatiga qarab ish qurishi lozim edi. Xonlik qo`shinida 
hammasi bo`lib 27 eski zambarak, 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat qo`shin 
bo`lib, ular ham asosan poytaxtda jamlangan edi. Xiva istilosiga otlangan Rossiya 


qo`shini ham son, ham sifat jihatdan, shuningdek harbiy texnika imkoniyati, qurol-
yarog`lari bilan ham Xiva xonligi qo`shinidan ustun edi. Mazkur harbiy operasiyaga 
rahbarlik qiluvchi zobitlar va generallar amaliy tajribasi ham xivalik lashkarboshilardan 
ko`p darajada yuqori edi. Turkiston qo`shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 to`p) 
general Kaufman, Orenburg otryadiga general Veryovkin (15 rota, 600 kazak, 8 to`p), 
Mang`qishloq otryadiga polkovnik Lomakin (12 rota, 800 kazak, 8 to`p) qo`mondon 
bo`lib, Orol flotiliyasi ham ular ihtiyoriga berilgan edi. 
1873 yil 29 may kuni ruslarning asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo bo`ldilar. 
Xiva honi ortiqcha qon to`kilishini istamay, muzokaralar boshlash haqida o`z vakillarini 
fon Kaufman huzuriga jo`natdi. Ammo urushqoq general xonning taklifini oqibatsiz 
qoldirib, hujumga kirishdi. 
Xiva mudofaasi yo`lboshchilarining nomlari tarix sahifalariga umrbod yozilib qoldi. 
Zero, 1873 yilda Xivani mudofaa qilgan kishilarning ism-shariflari istiqlol tarixidan 
munosib joy olishi farzdir. Urganch darvozasiga Muhammad Rizo to`ra, Toshoyoq 
darvozasiga Abduqodir to`ra, Bog`ishamol darvozasiga Rahimberdibek Ollohberdi to`ra 
Mag`fur, Shayx darvozasiga Ollohberganbek ibn Xudoyberganbek to`ra o`g`li tayin 
etildi. Shahar tashqarisida esa ruslarga qarshi jang maydoniga chiqqan Xudoyor 
qushbegi, Rahmatulla yasovulboshi, Abdulla Mahram, Mahmud yasovulboshilarning 
navkarlari fidokorona jang qildilar. 
O`rta Osiyoning arzon xom ashyo manbai va rus sanoat mollari sotiladigan kulay 
bozor bo`lishini 1826 yildayok general-mayor Verigin imperator Nikolay I (1825-
1856)ga yo`llagan taqdimnomasida bayon qilgan edi. Verigin Rossiyada ishlab 
chiqarilayotgan mollar mamlakat ichkarisida ham zo`r-bazo`r sotilayotgani va sifati past 
bo`lgani uchun Yevropa bozorlarida sira raqobatga dosh berolmasligini ko`rsatib, O`rta 
Osiyo bu jihatdan rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozorga aylanishi mumkinligini 
bayon qilgan edi. Bu fikrni senator graf K.K.Palen rivojlantirib shunday degan edi: 
«Turkistonni istilo qilishning siyosiy sabablarini hisobga olmagan takdirda ham bu o`lka 
Rossiya tarafidan bosib olinishining dastlabki kunlaridanoq Rossiya uchun ikki jihatdan 
qiziqish uyg`otgan edi:
1.Moliyaviy siyosat jihatidan davlat daromadi manbai va ichki ishlab chiqarish 
mahsulotlari uchun yangi bozor. 
2.Mustamlakachilik siyosati nuktai nazaridan markaziy guberniyalardagi ortiqcha 
aholini ko`chirish uchun yangi hudud sifatida diqqatga loyiq edi». 
Imperiya yukori siyosiy doiralarining nufuzli vakili senator graf K.K.Palen 
o`lkaning metropoliyaga to`laydigan soliqlari mikdorini aniq bilgani holda ularni yanada 
oshirish rejasini ham ishlab chiqqan edi. Bu reja izchillik bilan amalga oshirilgan. Agar 
XIX asr oxirida yer solig`i 4 million so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 1914 yilga kelib u 75 
foizga kupaydi. Rossiyaning Turkistondan oladigan daromadi 300 foizga oshdi va 1916 
yilga kelib 38.329 ming so`mni tashkil qildi. 


Imperiyaning Turkiston xom ashyosidan oladigan foydasining aniq mikdorini hech 
kim bilmagan va u faqat metropoliya burjuaziyasigagina ma`lum edi. Rossiya 
to`qimachilik sanoati mahsulotlariqkimmati 1900 yildan 1913 yilga qadar 150 foiz 
oshganidan kelgan foyda ham shu rus kapitalistlarining cho`ntagiga tushgan va uning 
hisobini ham hech kim bilmaydi. 
Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o`z sanoati uchun xom ashyo manbaiga 
aylantirdi. Agar 1885 yilda paxta maydoni 41,4 ming tanobni tashkil qilgan bo`lsa, 1915 
yilga kelib u 541,9 ming tanobga yetdi, ya`ni 13 barobarga o`sdi. O`lka Rossiyaning 
asosiy paxta bazasiga aylandi. Bu haqda Turkiston jadidlari yetakchilaridan 
Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev 1917 yil iyul oyida Qozonda o`tgan 2-Butunrossiya 
musulmonlar qurultoyida shunday degan edi: «Shu kungacha Turkiston rus kapitalistlari 
uchun govmish sigir bo`lib kelmokda. Bugunda Turkiston Rossiyaga paxta 
yetkazuvchidir. Hanuzgacha to`xtamayotgan urush tufayli paxtaga extiyoj tobora ortib 
bormokda, chunki u porox tayyorlashda kerakdir. Agar urushgacha bo`lgan davrda 
Amerika paxtasining 1 pudi Rossiyaga 18 so`mdan tushgan bo`lsa, hozirda barcha 
mollarga narx-navo 3 barobar oshganda, 1 pud Turkiston paxtasi Rossiya tomonidan 7 
so`mdan 10 so`mgacha sotib olinmoqda, holbuki, 1 pudning bahosi hozirda 20 so`mni 
tashkil qilishi lozim. Demak, Turkiston paxtakorlari har pud paxtadan 10-12 so`m zarar 
ko`rishmoqda. Bundan shunday xulosa chiqadiki, agar Turkistonda yiliga 10-12 million 
pud paxta yetishtirilsa, u holda bizning paxtakorlar tomonidan ishlab topilgan 100 million 
so`m har yili rus kapitalistlari cho`ntagiga tushmoqda» 
Metropoliyaning iqtisodiy siyosati Turkistonni xom ashyo bazasiga aylantirish, uni 
rus mollari sotiladigan bozor sifatida tutib turish va tabiiy boyliklarini markazga tashib 
ketishga qaratilgan edi. Bu siyosatdan dvoryan-pomeshchiklar sinfidan tashqari, tobora 
rivojlanib va kuchga kirib borayotgan rus burjuaziyasi, ayniqsa to`qimachilik sanoatining 
egalari manfaatdor edilar. Turkiston mo`may daromad manbai sifatida ham chor 
Rossiyasining xazinasini boyitib borayotgan edi. Bu daromadlar 1867-1896 yillarda 4 
barobarga ko`paydi, aholidan olinadigan soliqlar 1889-1893 yillarda 40 foizga oshdi. 
1869-1896 yillar davomida imperiya xazinasi o`lkadan 158 million so`m daromad oldi. 
Rossiya hukmron doiralari Turkiston o`lkasiga mo`may daromad manbai va arzon 
xom ashyo makoni sifatida qarab, xalqqa solinadigan soliq va majburiyatlarni 
ko`paytirish siyosatini qo`llab keldi. 
O`lkada soliqlar miqdori tinimsiz oshib bordi. 1889 yildan 1896 yilgacha 
mustamlaka ma`muriyati soliqlarni 40 foizga oshirdi. General-gubernator imperatorga 
1895-1897 yillar bo`yicha bergan hisobotida soliqlarni yanada ko`paytirib, o`lkadan 
olinadigan daromadni oshirish uchun aholidan yangi harbiy soliq undirishni taklif kildi. 
«Yerli aholi rus harbiy kuchi panohida barcha rus fuqarolari huquqdaridan teng 
foydalangan holda o`z farovonligini oshirmokda,-deb yozgan edi general-gubernator,-shu 
bilan birga u hech qanday asossiz rus fuqaroligi beradigan katta imtiyozlardan ham 


foydalanmokda. Shuning uchun ham bunday soliqning joriy etilishi xalqqa og`ir 
botmagan holda davlat xazinasiga yiliga yarim million rubl daromad keltiradi». 
Mustamlakachilar sardori paxta yakka hokimligining tobora kuchayib borayotganini qayd 
etib: «1887 yilda 200000 pudni tashkil qilgan Amerika navli paxta yetishtirish 1895 yilga 
kelib 500000 pudga yetgan, ya`ni Rossiya sanoati iste`mol kiladigan tolaning uchdan bir 
qismini tashkil qilgan»,-deb yozadi. 
Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi, o`lkani Rossiya 
imperiyasining agrar xom ashyo yetkazib beradigan mustamlakasiga aylantirdi. Yangi 
kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi mustamlakachilik tuzumi sharoitida mahalliy 
aholi uchun fojeali xususiyat kasb etib, o`lkada ijtimoiy qarama-qarshiliklarni nihoyatda 
kuchaytirib yubordi. 
Turkiston metropoliya uchun nafaqat xom-ashyo, balki, davlat xazinasi uchun soliq 
daromadlarining ham manbasiga aylandi. O`lkada yildan-yilga soliq zulmi ortib 
boraverdi. Masalan, faqatgina 1900 yilda Farg`ona aholisi davlat xazinasiga yer 
solig`idan tashqari 4 581 620 rubl 70 kop. mablag` topshirdilar. Huddi shu yil viloyat 
aholisi 399 467 rubl 34 kop. miqdoridagi mahsulot solig`ini ham bajardi. Bunday rasmiy 
soliqlardan tashqari, volost kotiblari, oqsoqol va boshqa amaldorlarning ta`minoti uchun 
«jamoat tushumi» deb ataluvchi soliqlar ham yig`ib olinar edi. Natijada mahalliy 
aholining bo`ynidagi qarzlari miqdori yil sayin oshib borar edi. Masalan, paxtakorlarning 
davlat va xususiy banklardan 1912 yildagi qarzlari 156 mln. 712 ming rublni tashkil etdi. 
Shundan 80 mln. 979 ming rubl pul Farg`ona viloyati paxtakorlari zimmasiga tushgan 
edi. Bu holat paxtakor dehqonlarning xonavayron bo`lishiga olib keldi. 
Mehnatga haq to`lash borasida ham keskin ijtimoiy adolatsizlik hukmronlik qilar 
edi. Bir xil malaka va tajribaga ega bo`lgan o`zbek ishchisining maoshi rus ishchisining 
maoshiga nisbatan 40-50 foizga kam bo`lar edi. Masalan, savdogar F. I. Polinskiyning 
paxta tozalash zavodida rus ishchisi 70 rubl maosh olgan bir paytda, o`zbek ishchisi 11 
rubl o`spirin esa 6 rubl haq olar edi. Vadyayevlar zavodida esa 1912 yil rus ishchisi bir 
kuniga 2 rubl 80 kop. haq olgan bo`lsa, o`zbek ishchisi esa, 70 kopeyekdan 1 rublgacha 
olar edi. 
Mustamlaka sharoitida Turkistonda nafaqat dehqonlarning, balki o`n minglab 
hunarmand-kosiblarning ham ahvoli ayanchli holatga tushib qoldi. Bunga Rossiya 
sanoati ishlab chiqargan uy-ro`zg`or ashyolari, ayniqsa, yengil sanoat mahsulotlari bilan 
o`lka bozorlarining to`ldirilishi sabab bo`ldi. Bu mahsulotlar bozorlardagi mahalliy 
hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mollarni siqib chiqara boshladi. Natijada 
hunarmandchilikning ko`plab turlari inqirozga uchradi. Bu esa qashshoq aholi sonining 
ortib borishiga sabab bo`ldi. 
Milliy hunarmandlarning xonavayron bo`lishini Hamza Hakimzoda Niyoziy 
«Sadoyi Turkiston» gazetasidagi maqolalarining birida bunday ta`riflaydi: «...va ba`zilari 
yetushdura olmay butun bu hunarlaridan kechub boshqa bir yo`l va kuyg`a kirub 


ketmakdadurlar...har bir kasb ahli shundo g`dur...Mana bu razolat, xirachilik va xo`rlik 
na yerdan keldi?...Oh, hunarlarimiz! qaysi taraf g`a va kimlar qo`lig`a asir bo`ldi? Pul va 
mollarimiz qaysi tarafg`a hijrat etmakdadur?...Bu ho`rliklarning ilmsizlikdan kelganidan 
shoyad uyalgan va aqlga solib qaragan kishi bilur». 
Ma`lumki, Turkistonda harbiy-polisiya boshqaruviga asoslangan mustabid 
ma`muriyat hukmronlik qilib, mustamlakachi podsho amaldorlari o`zlarini o`lkaning 
cheksiz huquqlarga ega bo`lgan hukmdorlari deb hisoblaganlar. Bunday siyosat o`lkada 
rus mustamlaka rejimining amalda bo`lishi uchun nihoyatda qo`l kelar edi.
Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, mahalliy xalqning tahqirlanganligi, 
huquqsizligi yaqqol ko`zga tashlanadi. 
Shu paytlarda podsho amaldorlari va ofiserlarining ko`chmanchi aholiga bo`lgan 
munosabatlarida ham mustamlakachilik siyosatining yorqin ifodasini ko`rish mumkin. 
Chunonchi, O`sh uyezdidagi Oloy volostiga qarashli Ergashtom ovul jamoasi tomonidan 
tuman pristaviga qilingan arizada ta`kidlanishicha, yashash uchun sharoitning nihoyatda 
og`irligidan ular hatto Xitoy imperiyasi hududiga o`tib ketishga ham tayyor ekanliklarini 
bildirganlar.
Shuningdek, Ergashtom rus garnizoni boshlig`i qo`l ostidagi kazak askarlari bilan 
birgalikda ovulga kelib, qirg`izlardan oziq-ovqat, ot-arava va chorvalarini tortib 
olayotgani, qarshilik ko`rsatganlarni do`q-po`pisalar bilan hatto o`lim xavfi yoki harbiy 
holat joriy etish bilan tahdidga solayotganlari ko`rsatilgan. Kazak askarlari nihoyatda 
haddidan oshgan bo`lib, qirg`izlar bilan o`z bilganlaricha muomalada bo`lganlar. Ovullar 
bo`ylab aylanish yoki O`sh shahriga borib kelish uchun ular qir g`izlarning eng yaxshi 
otlarini tortib olardilar. Aholi garnizon uchun arpa donini topshirishlari shart edi. Lekin, 
ular buning evaziga o`z vaqtida va yetarli haq olmayotganliklari sababli bu majburiyatni 
bajarishdan bosh torta boshladilar. 
Mahalliy va podsho amaldorlarining o`tkazgan zulmlari, iqtisodiy og`ir ahvol, 
ijtimoiy adolatsizliklar oqibatida Farg`ona vodiysi dehqonlarining bir necha bor tarqoq 
holdagi ko`tarilishlari bo`lib turdi. Agar 1899 yilda birgina Qo`qon uyezdida shunday 
«tartibsizliklar» 9 marta sodir etilgan bo`lsa, 1900 yilga kelib, ularning soni 20 taga, 1904 
yilda 33 taga, 1905 yilda 55 taga, 1906 yil 63 taga va 1907 yilda esa 67 taga yetdi. 
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar viloyatda jinoyatchilikning o`sishiga ham olib 
keldi. Turkiston o`lkasi istilo etilgach, xalqning asrlar bo`yi e`zozlagan ahloqiy-ma`naviy 
qadriyatlari oyoq osti qilindi, shariat me`yorlari buzildi. Oqibatda mayda jinoyatlar-
o`g`rilik, aroqxo`rlik, tovlamachiliklar soni ortib bordi. Masalan, Farg`ona viloyati 
bo`yicha 1906 yil 125 ta jinoyat sodir etilgan bo`lsa, 1907 yilda ularning soni 131 taga, 
1908 yil 174 taga, 1909 yilda esa 254 taga yetdi. 
Birinchi jahon urushida Rossiyaning ishtiroki va urushdagi mag`lubiyatlar, nafaqat 
imperiyaning markaziy hududlarida, balki chekka mustamlakalar, xususan, Turkistonda 
ham xalq ommasi noroziligining kuchayishi, ijtimoiy-siyosiy faolligining ortishiga sabab 


bo`ldi. Bundan xavfsiragan mustamlakachilar aholining tobe holatda tutib turishning turli 
yo`llarini izlay boshladilar. Mahalliy aholida hukumatga, podshoh va uning oila 
a`zolariga sadoqat ruhini kamol toptirish uchun chor amaldorlari barcha masjidlarda 
podshoh va uning oila a`zolari nomiga xutba o`qilishini tashkillashtirdilar. 
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi tomonidan Farg`ona viloyati harbiy 
gubernatori nomiga 1915 yil 19 fevralda yuborilgan xatda aytilishicha, birgina Farg`ona 
viloyati uchun imperator nomiga o`qiladigan xutbaning mahalliy tilda bitilgan 1400 
nusxadan iborat matni yuborilgan. Shuningdek, ushbu xutbani viloyatning barcha 
masjidlarida majburiy tarzda o`qilishi buyurilgan. Bu esa Islom asoslariga mutlaqo zid 
bo`lib, mahalliy aholining diniy e`tiqodlarini oyoq-osti qilish demakdir. 
Podsho hukumati o`lkada o`ziga tayanch yaratish maqsadida Turkiston yerlariga rus 
aholisini ko`chirish siyosatini o`tkazdi. Paxta ekilmaydigan hududlardagi mahalliy 
aholining yerlari tortib olinib, rus dehqonlariga berildi. Buning natijasida ko`chirib 
keltirilgan 2635 xonadonning qo`lida 1914 yilda 53 594 desyatinayer to`plandi, ya`ni har 
bir xo`jalikka 13 desyatinadan yer to`g`ri kelgani holda, mahalliy dehqon xo`jaliklarining 
har biriga bir desyatinadan ham kam yer to`g`ri kelar edi. 
A.Cho`lpon o`sha kezdayoq vatan boyliklari mustamlakachilar tomonidan 
o`zlashtirilayotganini, bunga esa chek qo`yish lozimligini oshkora ayta olgan edi: 
«...Vatanimizning boyligini, tijoratimizning foydalarini chetlar cho`ntagig`a solmasdan 
va bermasdan o`z cho`ntagimizda olub yurmagimiz kerakdur. Bizga shundog` ishlarg`a 
kirishmoqg`a vaqt !... Biz ham insonmiz, insondek yashayluk !...». 
O`lkadagi ayanchli ahvol, milliy hunarmandchilikning kasodga uchrashi, aholining 
kundan-kun og`irlashib borayotgan turmush sharoiti uni befarq qoldirmadi. U o`z 
maqolalari orqali mustamlakachilar tomonidan o`tkazilayotgan iqtisodiy zulm va uning 
salbiy oqibatlarini ochib tashladi: «...14 nchi yil ramazonda gadoylar boshqalarg`a 
qaraganda yuzga qirq prosent bo`lub ketgan desak ham lof bo`lmaydur....Pul va 
mollarimiz qaysi tarafg`a hijrat etmakdadur?...». 
Imperiya manfaatlarini ko`zlab, o`lkada rus va mahalliy xalq bolalari uchun tashkil 
etilgan rus-tuzem maktablari zamirida bosqinchilarning g`arazli maqsadlari yotar edi. 
o`lkadagi dastlabki rus-tuzem maktablari «...Ulkan ruslashtirish rejasini amalga 
oshirishda maktab katta ahamiyat kasb etishi lozim» degan nuqtai nazar bilan ish tutuvchi 
general-gubernator Rozenbax davrida ochildi. Ilg`or ziyolilarimiz o`sha davrdayoq bu 
makkorona siyosatni to`g`ri anglab yetgan edilar. Bunday maktablarni Ismoilbek 
G`asprali ham o`z vaqtida tanqid qilgan bo`lsa, M. Behbudiy: «...Russkiy-tuzemniy 
maktablarig`a o`qig`onlar ziyoli tugul, hiyoli hisoblanmaydurlar. Ular faqat ruscha 
chalasavod kishilardir»,- degan edi. 
Turkiston jadidlarining rahnamosi keyinchalik bu maktablarning ochilishidan 
ko`zlangan maqsadlarni bunday izohlagan edi: «... Eski hukumat zohiran bizni madaniy 
qilmoq uchun «russko-tuzemniy» isminda bizning uchun maktablar ochib o`z 


fahmlarincha bizni dunyo va oxirotning baxti, ya`ni nosoron (xrestiyan) kelturg`on 
missionerlarg`a topshirdilar. Bu maktablarg`a zohiran musulmon muallimidan ta`yin etib, 
unga 15 so`mdan 25 so`mg`acha vazifa berardilar. Albatta, bu pulg`a hech muqtadir kishi 
muallimlik qilmas edi. Digar boshqa tarafdan xufiya va prikazlar ila bu maktablardagi 
musulmon bolalarini oz ta`lim bermoqg`a va baqadri imkon umrini zoye va o`zini 
hayvon qilmoqg`a farmoyish qilardilar...». 
Jadidlar davriy matbuotida ham rus-tuzem maktablariga nisbatan aholining 
qarashlarini ifoda etuvchi maqolalarni uchratish mumkin: «...Iskobelev uyezdiga tob`ye 
Oltiariq qishlog`ida birgina tuzemniy shko`l bor. Lekin bu maktabning o`qituv jihati 
butunlay tartibsiz...qarilarni qo`yaylik yoshlar ham bunga hech bir diqqat 
qilmaydurlar...aytur so`zlari shko`lga bola bersang yo`ldan ozadur demakdin 
iboratdur...». 
20-yillardagi ayrim rus tarixchilari ham ushbu maktablarning asl mohiyatini ochiq 
bayon etgan edilar: «...Rus-tuzem maktablarining yagona maqsadi, mamlakat aholisining 
madaniy darajasini yuksaltirish emas, balki uni ruslashtirishdan iborat edi...».
Musulmon o`quv yurtlariga qarama-qarshi qo`yilgan rus-tuzem maktablari aholini 
ozchilik qismi orasida biroz e`tibor qozongan bo`lishiga qaramay, bu maktablar hech 
qachon ommaviy bo`la olmasligini chor ma`murlari yaxshi anglab yetgan edilar. 
Maorifchi F. Yegorovninng ta`biricha, faqat milliy maktablargina ommaviy bo`lishi 
mumkin, rus-tuzem maktablari esa milliy bo`lmay, aksincha, sun`iy o`ylab topilgandir. 
Shahar aholisining ahvoli ham yomonlashdi. Rossiyaning zamonaviy texnika bilan 
yaxshi jihozlangan korxonalarida tayyorlangan mollarning keltirilishi mahalliy 
xunarmandchilik mahsulotlari bozorini sindirdi. Mustaqil xunarmand, yakka ustalar 
olibsotarga qaram bo`lib qolishdi. Hunarmandlarning ish haqi kamayib, kuniga 10-30 
tiyinga tushib qoldi, xunarmandchilik korxonalari yopila boshladi. 1871 yili Toshkentda 
311 ta mustaqil ko`nchilik korxonasi bor edi, 1892 yilga kelib ulardan 66 tasi qoldi, 
xolos. 300 ta bo`yoqchilik korxonasidan atigi 20 tasi qoldi. Xonavayron bo`lganlar 
chekka, tog`lik qishloqlarga bosh olib ketishardi.
Zakaspiy temir yo`li qurilgandan keyin, 1884 yildan boshlab rus korchalonlari 
paxtaning uzun tolali amerika navlarini joriy qila boshlashdi. 1889 yildan 1916 yilga 
qadar amerika paxtasi egallangan maydon (Buxoro va Xiva xonliklarisiz) 7 marta - 50 
ming gektardan 343 ming gektarga ko`paydi.
Paxta yetishtirishni ko`paytirishdan faqat moliya sarmoyasi emas, balki o`sib 
kelayotgan ip-gazlama sanoati ham manfaatdor edi. Birinchi jahon urushi arafasiga kelib, 
O`rta Osiyo paxtasi Rossiyaning paxtaga bo`lgan ehtiyojini 50 foiz qondira boshlagan 
edi.
Paxta ekinidan soliq to`lashda sezilarli imtiyozlar berilgani va bu xom ashyoga talab 
ortib borayotgani dehqonlarning paxta maydonlarini kengaytirishdan manfaatdorligini 
kuchaytirdi. 


Qishloq xo`jalik tumanlari asta-sekin ixtisoslasha bordi. 1917 yili paxta maydoni 
Andijon uyezdida 35 foiz, Qo`qon uyezdida 35, Skobelev uyezdida 31, Namangan 
uyezdida 25, Amudaryo bo`limida 18, Kattaqo`rg`on uyezdida 18, Samarqand uyezdida 
8, Jizzax uyezdida 3 foiz o`rinni egallagan edi. Farg`ona viloyatining o`zi Rossiyaga 
jo`natiluvchi jami paxtaning 62 foizini bergan. 
G`alla va meva-sazavot yetishtirishga ixtisoslashgan Samarqand viloyatida 
sug`oriladigan yerlar ko`paygani holda yem-hashak fondi, binobarin chorvachilik 
qisqargan. 
Zarafshon tumanida g`allazorlar qisqarib, paxtazorlar kengaygan. 
Xullas chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning bosib olinishi mahalliy aholining 
iqtisodiy ahvolini og`irlashtirib yubordi. Milliy, diniy, iqtisodiy zulm kuchayib ketdi. 
Mustamlakachilar tomonidan ommaning qattiq ezilishi, oxir-oqibatda qurolli 
chiqishlar va qo`zg`olonlarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, bu holat Farg`ona viloyatida 
keskin tus oldi. Farg`ona viloyati iqtisodiy va mehnat resurslari jihatidan Turkiston 
general-gubernatorligidagi yetakchi viloyat hisoblangan. 
1898 yilgi xalq qo`zg`olonining shafqatsizlarcha bostirilishi, mahalliy aholidan 
qattiq o`ch olinishi kishilarni irodasini buka olmadi. Aksincha, xalqning 
mustamlakachilarga bo`lgan qahr-g`azabini oshishiga sabab bo`ldi, xolos. Yana shu kabi 
xalq harakatlarining paydo bo`lishidan cho`chigan podsho amaldorlari Farg`ona vodiysi 
aholisi ustidan nazoratni kuchaytirdilar.
Rus-yapon urushi aholining turmush darajasini keskin pasayishiga olib keldi. Urush 
Turkistonning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Paxtaning xarid narxi keskin 
tushib ketdi. 
Mustamlakachilar uchun Turkiston o`lkasi paxta yetkazib beruvchi asosiy baza 
hamda ijtimoiy, iqtisodiy va milliy zulm ob`yektiga aylandi. Bu zulmni amalga 
oshirishda, o`lka boyliklarini talashda temir yo`llar muhim vosita bo`ldi. 
Dastlabki temir yo`l Farg`ona vodiysiga 1899 yil kirib keldi. 1911-1913 yillarda 
Qo`qon-Namangan, 1916 yilda Namangan-Jalolobod temir yo`llari qurildi. Natijada, 
vodiy metropoliyaning oshkora sur`atdagi xom-ashyo bazasiga va tayyor mahsulotlar 
sotiladigan bozoriga aylandi. Shundan so`ng, paxta ekin maydonlari kengaydi va u 
asosiy ekin turiga aylandi. Masalan, 1899 yil Namangan uyezdida paxta ekiladigan yerlar 
14 ming gektarni tashkil etgan bo`lsa, 1911 yilda 45 ming gektarga yetdi. Viloyatda 
aholining qashshoqlashuvi kuchaydi, yersiz dehqonlar soni ortib bordi. Masalan, 1908 
yilda Farg`ona vodiysida 18 foiz oila ekin maydonlariga ega bo`lmagan.
 
Iqtisodiy qiyinchiliklar xalqning zulmga qarshi ko`tarilishlarining kelib chiqishiga 
turtki bo`ldi. Jumladan, 1902-1904 yillarda viloyatning Pomirbo`yi tumanlarida 
dehqonlarning chiqishlari, 1903 yil yanvar-aprel oylarida Qo`qon uyezdining Isfara, 
Ganjiravon volostlarida, Marg`ilon uyezdining Avval va Chimyon volostlarida mahalliy 
hokimiyat zulmiga qarshi xalq chiqishlari bo`ldi. 


1916 yil 25 iyundagi Podsho Nikolay IIning front ortidagi ishlar uchun yerli 
aholidan mardikorlikka olish haqidagi farmoni butun Turkistonda mahalliy aholining 
keskin noroziligini keltirib chiqardi. Bu noroziliklar ommaviy g`alayonlar, kichik 
amaldorlarning uylariga o`t qo`yish va o`ldirishlarda o`z ifodasini topdi. Podsho 
farmoniga muvofiq, Turkiston general-gubernatori 1916 yil 23 avgustda buyruq chiqardi. 
Bunga ko`ra, faqat Farg`ona oblastining o`zidangina 51 233 kishi mardikorlikka safarbar 
qilinishi lozim edi.
Birinchi jahon urushining salbiy ta`siri Turkiston xalqlari boshiga ko`plab azob-
uqubatlarni soldi. Paxta yakkahokimligini zo`r berib kuchaytirish, paxta ekin 
maydonlarining kengaytirilishi oqibatida o`lkada g`alla yetishtirish va chorvachilik 
orqaga qarab ketdi. 
Butun o`lkada bo`lgani kabi Farg`ona vodiysida ham don taqchilligi yuzaga keldi. 
1916 yili Farg`ona viloyatining odatda oladigan g`allasi 12-14 pudga kamaydi. Narx-
navo keskin oshdi. Ilgari 50 so`m turadigan otning narxi 80-85 so`mga chiqdi. G`alla va 
nonning narxi ham oshib ketdi. 
90-yillarda Turkistonda ro`y bergan eng yirik xalq harakati 1898 yilgi Andijon 
qo`zg`olonidir. U Andijonda boshlangan bo`lsa-da, O`sh va Namanganni ham qamrab 
oldi. Binobarin, uni Farg`ona qo`zg`oloni deb atalsa to`g`riroq bo`ladi. Ushbu davrdagi 
barcha qo`zg`olonlar kabi bo` harakat ham bostirildi. Mahalliy xalqdan qattiq o`ch olindi, 
jazolandi. 
Qo`zg`olonning sababi chorizmning paxtachilikni rivojlantirishdagi vahshiyona 
siyosati edi. Sharqiy Farg`ona eng yirik paxtakor viloyat hisoblanar, zotan, Turkistondagi 
jami paxtazorlarning uchdan bir qismi Farg`onaga to`g`ri kelardi. Xalq ommasining 
mustamlakachilar va boylar tomonidan ezilishi, sudxo`rlikning avj olishi va hokazolar 
qarzdorlar, chorakorlar, batraklarni ko`paytirib yubordi. Bu esa, tabiiy ravishda 
ommaning ko`tarilishini, qo`zg`olonni keltirib chiqardi.
Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilgan Turkiston mustamlakachilik zulmining 
yorqin namunasiga aylandi. Mahalliy xalq turmush sharoitining yomonlashib borishi, 
milliy-diniy qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, chet el sarmoyasining o`lkaga shiddat 
bilan kirib kelishi, o`lka boyliklarining bosqinchilar tomonidan shafqatsizlarcha talanishi 
ilg`or fikrli ziyolilarni befarq qoldirmadi. Shu bois milliy vatanparvar ziyolilar 
tomonidan mustamlaka asoratidan qutilish va taraqqiyot uchun kurashning turli yo`llari 
izlandi. Ushbu harakatlar natijasida vodiyda ham XIX asr oxirlariga kelib jadidchilik 
harakati kelib chiqdi. Turkistondagi bu harakat XIX asr oxirlaridan 1938 yillargacha 
ma`rifatparvarlik harakatidan keng ko`lamli ijtimoiy-siyosiy harakat darajasiga ko`tarildi. 
Ushbu vaqt oralig`ida butun Turkistonda bo`lgani kabi, vodiydagi ziyolilar qatlami 
orasida ham turli guruhlarga ajralish jarayonlari tezlashdi. Fikr va qarashlarning turlicha 
bo`lishiga qaramay, o`lka ziyolilarini yagona Turkiston mustaqilligi g`oyasi birlashtirib 
turar edi.


XX asr boshlariga kelib jahon miqyosida sodir bo`layotgan inqilobiy 
o`zgarishlardan xavfsiragan mustamlakachilar o`lka xalqlari ustidan siyosiy nazoratni 
yanada kuchaytirdilar. Buning sababi, Rossiya musulmonlari orasida pirovard maqsadi 
milliy mustaqillik bo`lgan jadidchilik harakatining keng yoyilishi, Turkiya, Eron 
inqiloblari, ilg`or yo`nalishdagi nashr va adabiyotlarning bu yerlarga kirib kelishi 
natijasida XX asr boshlariga kelib mahalliy aholi, xususan ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy 
faolligining birmuncha oshishi edi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1908 
yilning boshlarida Markaziy Osiyoda bo`lgan fransuz mayori Lyakosta Turkistonda o`z 
milliy dasturiga ega bo`lgan yosh sartlar partiyasi borligi haqida ma`lumotlar beradi. 
Mayor Lyakosta, fransuz mustamlakalar vazirligi tomonidan ushbu hududlarni o`rganish 
uchun maxsus vazifa bilan yuborilgan edi. Bu haqidagi ma`lumotlar fransuz matbuotida 
e`lon qilingach, Turkistondagi podsho amaldorlari ham yosh sartlar masalasidan 
tashvishga tushib qoladilar. 
Aholi turmush darajasining tushib borishi, shariat me`yorlarining buzilishi, milliy va 
diniy qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, jinoyatlar sonining ortib borishi, mahalliy 
aholining mavjud tuzumga nisbatan nafratini yanada oshirar edi. Shu bois turli ijtimoiy 
tabaqalar mustamlaka zulmidan xalos bo`lishning har xil yo`llarini izlardilar. 
Mahfiy polisiya xizmatchisi «Tureskiy»ning 1913 yil 3 sentabrda bergan 
ma`lumotlariga ko`ra, shu davrda Buxoroda musulmonlarning «Ittihod» jamiyati mavjud 
bo`lib, bu tashkilotning asosiy maqsadi, musulmonlarni g`ayridinlar qo`l ostidan ozod 
qilish bo`lgan. Tashkilot 1913 yilda Mulla Qamar ismli mudarris tomonidan tashkil 
etilgan. Jamiyatning Buxoro atroflarida, Samarqand, Kattaqo`rg`on, Qo`qon va O`sh 
shaharlarida ham a`zolari bo`lgan. U yerlarda ular siyosiy-diniy tashviqot ishlarini olib 
borganlar. 
Qo`qon shahrida esa uning bosh targ`ibotchisi shaharning Sarmozor qismida 
yashovchi qozi Mulla Mahmud bo`lgan. O`sh shahrida esa, Eshonxon va Mulla 
Xolmirzalar ushbu jamiyat a`zolari bo`lishgan. 
Podsho hukumati aholi faolligining oshib borayotganligidan cho`chib, Turkiston 
xalqlarini jahon taraqqiyotidan uzib qo`yish maqsadida musulmon davlatlaridan o`lkaga 
kirib kelayotgan ilg`or nashrlarni ta`qiqlash choralarini ko`rdi. Shunday bo`lishiga 
qaramay, birmuncha taraqqiyotga erishgan musulmon mamlakatlaridagi inqilobiy 
voqealar tafsilotlariga bag`ishlangan adabiyotlarning bu yerga kirib kelishi to`xtamadi. 
Bunday adabiyotlarning o`lkaga kirib kelishi aholi turli tabaqalarining ijtimoiy-siyosiy 
faolligini oshishi va milliy ozodlik g`oyalarining shakllanishiga o`zining sezilarli 
ta`sirini ko`rsatdi. 
Masalan, 1911-1912 yillarda Turk publisisti Rafiqbek Al-A`zam tomonidan 
yozilgan risola o`zbek tiliga o`girilib, jadidlar tomonidan omma orasida tarqatilgan edi. 
Unda musulmon dinining g`arbda paydo bo`lgan sosializm, anarxizm va boshqa 
ta`limotlarga, umuman, ijtimoiy hayotga munosabati haqida fikr yuritilgan edi. 


O`lkada milliy matbuot yuzaga kelgunga qadar Bog`chasaroyda chiquvchi 
«Tarjumon», Qozondan chiqadigan «Vaqt», «Yulduz» va boshqa gazeta va jurnallar 
Turkiston jadidlari faoliyatida o`zining sezilarli ta`siriga ega edi. Ushbu nashrlar orqali 
taraqqiyparvarlar dunyo xalqlarining milliy uyg`onish g`oyalari bilan tanishib borganlar. 
Masalan, Farg`onaning peshqadam taraqqiyparvarlaridan Ishoqxon Ibrat ham 1883-1885 
yillarda Qo`qonning Tunqator madrasasida ta`lim olib yurgan paytlarida «Tarjumon» 
gazetasi bilan muntazam ravishda tanishib borgan. Adabiyotchi olim U. Dolimovning 
bergan ma`lumotlariga ko`ra, Ibrat tomonidan tashkil etilgan «Ishoqiya» kutubxonasida 
«Tarjumon» gazetasining hatto 1884 yilgi boylamlari ham bo`lgan.
Xulosa qilib aytganda, o`lkadagi ijtimoiy adolatsizlik, yerlilarni jaholat botqog`ida, 
qashshoqlikda 
qoldirishni 
o`z 
oldiga 
maqsad 
qilib 
qo`ygan 
chorizmning 
mustamlakachilik siyosati mahalliy xalq ilg`or fikrli ziyolilarining tabiiy ravishda 
noroziligini keltirib chiqarar edi. 
Turkistonda jadidchilik harakati o`zining chuqur mahalliy ildizlariga ega. Turkiston 
xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon xalqlaridan ortda qolayotganligini XIX 
asrning ikkinchi yarmida yashab o`tgan ilg`or fikrli ziyolilar o`z vaqtida anglab yetgan 
edilar. Ular bu qoloqlik iskanjasidan qutilishning yagona yo`li deb ilm-ma`rifatni 
tanladilar. Ushbu davrda ijod etgan shoir Zokirjon Furqat ilm-fanning taraqqiyot uchun 
nechog`lik ahamiyatli ekanligini anglagan holda quyidagi baytni bitgan edi: 
Kerak har ilmdan bo`lmoq xabardor, 
Bo`lur har qaysi o`z vaqtida darkor. 
Shuningdek, ilg`or ma`rifatparvar Sattorxon Abdug`afforov ham o`zining bu 
sohadagi fikrlarini «Turkiston viloyatining gaziti» da quyidagicha ifodalagan edi: 
«...Bizlar, tavorix kitoblaridin ko`ramizkim, har bir xalq o`zlariga yaqin hamsoyalarining 
har nav` ilmlarini har vaqt o`rganib va ham o`zlariga yaqin mamlakat xalqiga o`rgatib 
kelganlar...bizlarga uyat va aybdurkim, bizlarning burung`i olimlarimiz ilm bobida 
baland darajada turub, hatto boshqalarg`a ta`lim berib turgon bo`lsalar, bizlar hama 
xalqdin ul bobda pastlik maqomida qolsoq». 
Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini anglab yetgan ilg`or ziyolilar avvalo 
qoloqlikdan qutilishning asosiy sharti deb, ma`rifatni tanladilar. Shu maqsad yo`lida XIX 
asrning so`nggi choragida dastlabki yangi usul maktablari ochildi. 
Farg`ona o`quv yurtlari inspektorining Turkiston o`quv yurtlari Bosh inspektoriga 
1909 yil 6 dekabrda yo`llagan yangi usul maktabi haqidagi ma`lumotnomasida 
ko`rsatilishicha, vodiydagi dastlabki yangi usul maktabi Qo`qon uyezdida Ahmadjon qori 
tomonidan 1892 yilda ochilgan. 
Turkistondagi jadidchilik harakatining atoqli namoyandalaridan Ishoqxon Ibrat ham 
Qo`qonda madrasani tamomlagach, 1886 yilda To`raqo`r g`onda maktab ochadi lekin u 
tez orada yopiladi. Shundan so`ng Ibrat 1887 yildan 1895 yilgacha Osiyo va 
Yevropaning ko`plab mamlakatlarida bo`ladi. o`ndan ortiq chet tillarini o`rganadi, g`arb 


ilm-fani va texnikasi yutuqlari bilan tanishadi. Safardan qaytgach esa o`z yurti taraqqiyoti 
uchun izchil amaliyotga kirishib, jadidchilik harakatining faollaridan biriga aylanadi. 
Jadidlarning harakati tufayli XX asr boshlariga kelib vodiyda o`nlab yangi usul 
maktablari faoliyat ko`rsatmoqda edi. Ayniqsa, Rus-Yapon urushidagi mag`lubiyatdan 
so`ng boshlangan ijtimoiy siyosiy harakatlardagi jonlanish turkistonlik jadidlar 
faolligining oshuviga katta turtki bo`ldi va jadidchilik harakati ushbu jarayonlar ta`sirida 
siyosiy tus ola boshladi.
Taraqqiyparvarlar omma orasida ma`rifatni keng yoyish, millatning siyosiy ongini 
yuksaltirish borasida ommaviy nashrlar, bosmaxonalar ochdilar, teatr tomoshalarini 
tashkil etdilar. Bu borada Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li, Mahmudxo`ja Behbudiy, 
Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo`jayev, Toshpo`latbek Norbo`tabekov, 
Abdurauf Fitrat va boshqalarning xizmatlari beqiyos bo`ldi. 
Turkiston o`lkasidagi dastlabki taraqqiyparvar jamiyatlar, tadqiq etilgan manbalar 
bergan ma`lumotlarga ko`ra, 1905-1907 yilgi birinchi rus inqilobidan so`ng, Eron va 
Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta`sirida vujudga kelgan. Osiyo mamlakatlaridagi 
inqilobiy harakatlar, musulmon dunyosidagi, xususan, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va 
diniy fikrlarning taraqqiyotida muhim bosqich bo`lib xizmat qildi.
1904-1905 yillardagi Rus-yapon urushida Rossiyaning mag`lubiyati imperiyadagi 
barcha ezilgan xalqlar oldida mustabid podsho tuzumi obro`sini keskin tushishiga olib 
keldi. Bu esa siyosiy fikrlar rivojiga turtki berib, milliy ozodlikka erishish orzularini 
ushalishiga ishonch uy g`otdi. Sharqdagi inqiloblar va o`lkaga u yerlardan kirib kelgan 
turli xil g`oyaviy oqimlar bu yerlardagi muxolif kuchlarning birlashishi, milliy-siyosiy 
tashkilotlar holiga kelishi va rivojlanishi uchun muhim omil bo`lib xizmat qildi. 
Umumiy diniy va milliy maqsadlar yo`lidagi mushtaraklik Rossiyaning ilg`or 
musulmon ziyolilarini yagona g`oya tevaragida jipslashishga chorladi. Va nihoyat, 1905 
yilning 15 avgustida Nijniy Novgorodda Rossiya musulmonlarining I s`yezdi chaqirildi. 
S`yezdga Rossiyaning turli mintaqalaridan 150 ga yaqin delegatlar tashrif buyurdilar. 
Birinchi musulmon s`yezdi Butunrossiya musulmonlari ittifoqi («Ittifoqi muslimin»)ni 
tuzilganligini e`lon qildi. Ittifoq Nizomi esa, «Kaspiy» va «Hayot» gazetalarining 
muharriri bo`lgan Alimardonbek To`pchiboshev tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, 1906 
yil yanvar oyida Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tgan musulmonlarning II s`yezdida 
tasdiqlandi. 
«Ittifoq» dasturi esa, 1906 yil 16-21 avgust kunlari Nijniy Novgorodda bo`lib o`tgan 
Butunrossiya musulmonlarining III s`yezdida qabul qilindi. «Ittifoqi muslimin»ning 
tuzilishi Rossiya musulmonlari ijtimoiy-siyosiy harakatlari rivojida katta ahamiyatga ega 
bo`ldi. 
Birinchi jahon urushi yillarida o`lka ziyolilari ijtimoiy-siyosiy hayotga faol aralasha 
boshladilar. Xuddi shu davrda Turkistonda ham milliy nashrlar va jamiyatlar soni ortib 


borib, jadidlar tomonidan qoloqlikdan qutulish va milliy taraqqiyot sari dadil qadamlar 
tashlana boshladi. 
1916 yil Qo`qon shahrida taraqqiyparvarlar tomonidan «G`ayrat» jamiyati tuziladi. 
Bu jamiyatning o`z oldiga qo`ygan maqsadlari, birinchidan, yangi usul maktablarini 
darslik, daftar va o`quv qurollari bilan ta`minlash bo`lsa, ikkinchidan, yerli xalq orasida 
kitob, gazeta va jurnallarni mahalliy tilda chop etib, tarqatishdan iborat bo`lgan.
 
Mustamlakachilar tomonidan Toshkentda chop etiladigan jadidlarning «Sadoyi 
Turkiston» gazetasi yopib qo`yilgach, taniqli jadid Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev 
Toshkentdan Andijonga kelgan edi. Uning Andijonga kelishi ham hukmron mustabid 
hukumatning milliy taraqqiyparvarlarga qarshi olib borgan ta`qib va tazyiqlar o`tkazish 
siyosatining natijasidir. Milliy matbuotimizning qaldirg`ochlari «Taraqqiy», «Hurshid», 
«Shuhrat» va boshqa gazetalarning hech qancha soni chiqmasdan yopib qo`yilishi, chor 
ma`murlarining o`lka halqlarini har jihatdan asoratda saqlashga intilib olib borgan 
siyosatining bir ko`rinishi edi. Xuddi shunday ayanchli qismat «Sadoyi Turkiston» 
gazetasi boshiga ham tushdi. Shundan so`ng muharrir Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev 
gazetani Andijonda chiqarishga harakat qildi. Biroq, Farg`ona viloyati harbiy gubernatori 
Asadullaxo`jayevning gazeta chiqarishiga ruxsat bermaydi.
1916 yilga kelib jadidlar tomonidan Andijon shahrida «Taraqqiyparvar» jamiyati 
tuzildi. Bu davrda o`lka jadidlarining siyosiy faolligi ancha oshgan bo`lib, ular o`z 
yig`ilishlarida, gazeta va jurnallardagi maqolalarida ma`rifiy mavzular bilan birga 
ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni ham ko`tarib chiqa boshlaganlar. Andijondagi bu jamiyat 
taniqli jadid Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev rahbarligida tuzilgan bo`lib, bu haqda 
chor ayg`oqchilari ham tez orada xabar topadilar.
Farg`ona viloyati harbiy gubernatorining farmoyishi asosida Andijon uyezdida 
«Taraqqiyparvar» jamiyati haqida yashirin so`rov va tekshiruvlar o`tkaziladi. Tekshiruv 
natijalariga ko`ra, tashkilot safida mahalliy millat vakillaridan tashqari Chaykin, Shapiro 
va Okun kabi shaxslarning borligi, tashkilot rahbarligi Asadullaxo`jayev qo`l ostida 
ekanligi ko`rsatib o`tiladi. Uchastka pristavi Birshertning ta`biricha, jamiyat tashkiliy 
jihatdan yaxshi uyushtirilgan.
 
Butun Turkiston o`lkasida bo`lgan kabi, Andijonda ham mustamlakachi ma`murlar 
jadidlarni o`zlarining eng xavfli dushmanlari deb bilar edilar. Taraqiyparvarlar xalq 
orasida tashviqot-targ`ibot ishlarini yaxshi yo`lga qo`yganlar. 
Xalq orasida o`z nufuziga ega bo`lgan mahalliy boylardan Ahmadbekhoji 
Temirbekov, Poshshaxo`ja Umarxo`jayev, uyezd sudyasi tarjimoni O`razaliyev Akbarali 
Boytursunovich va boshqalar ushbu jamiyat a`zolari edilar. 
Shunday qilib, aytish mumkinki, XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat g`oyat og`ir bo`lib, mahalliy aholining huquqsizligi, tahqirlanishi haddan 
oshgan, Vodiy mustamlakachilar uchun arzon ish kuchi va xom ashyo bazasiga aylanib 
qolgan edi. Ilg`or ziyolilar Turkiston metropoliyaning xom-ashyo bazasiga aylanishi 


bilan birga, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda jahon taraqqiyotidan ortda 
qolayotganligini sezdilar. Vatan taqdiri haqidagi bunday o`ylar oxir-oqibatda mustaqillik 
uchun kurashning o`ziga xos yo`llarini izlab topishni taqozo etdi. Mavjud vaziyatda, 
ya`ni, kuchli siyosiy-harbiy tayanchga ega bo`lgan mustamlakachi hukumat bilan millat 
kelajagi yo`lida bellashishning yagona yo`li, xalqni dunyoviy ilm-fan bilan qurollantirish, 
xalqaro talablar doirasidagi mutaxassislar tayyorlashdan iborat edi. Bu esa o`z o`rnida 
jadidchilik harakatining kelib chiqishiga sabab bo`ldi.
Jadidchilik harakati dastlab haqli ravishda ma`rifatparvarlikdan boshlandi. 
Turkistonda Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li, Fayzulla 
Xo`jayev, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo`jayev, A. Zohiriy, O. Mahmudov, I. 
Ibrat, Hamza, Cho`lpon, A. Ibodiy, Dadamirza qori va boshqalar edi. 
Rus mustamlakachiligiga qarshi kurash turli ko`rinishlarda bo`lsa-da, davom etdi. 
Bu kurash boshida millatning ilg`or fikrli ziyolilari turdilar. Dastlab maktab-maorif, yosh 
avlod ta`lim va tarbiyasini isloh etish g`oyasidan boshlangan bu harakat, keyinchalik o`z 
ichiga siyosiy muammolarni ham keng ko`lamini qamrab oldi.
Avval maorifni isloh qilishdan boshlangan Turkiston o`lkasidagi jadidchilik harakati 
1917 yil fevral inqilobidan keyin yangi sifat o`zgarishlarini boshidan kechira boshladi. 
1908-1917 yillar ichida turkistonlik taraqqiyparvar kuchlar asta-sekinlik bilan bo`lsa-da, 
yagona siyosiy kuch sifatida birlashib, o`z tashkilotlariga va ommaviy nashrlariga ega 
bo`ldilar. So`ngra o`lkada milliy-demokratik davlatchilikni tiklash ishlarida faol ishtirok 
etdilar. Yagona maqsad yo`lida ushbu tashkilotlar nomidan tashviqot va targ`ibot 
ishlarini olib bordilar. 
Turkiston jadidlari ham o`lkadagi boshqa taraqqiyparvarlar qatori o`zlarining 
dastlabki faoliyatlarini ma`rifatparvarlikdan boshlagan edilar. Vatanni ozodlikka, milliy 
mustaqillikka yetaklashdek muqaddas g`oya eng ilg`or qarashli jadid ziyolilarning 
fikrida bo`lgani holda, mavjud sharoitda uni amalga oshirish mushkul edi. Unga faqat 
tinimsiz ma`rifiy-siyosiy faoliyat orqaligina erishish mumkin edi. Jadidlar yurt istiqlolini 
va taraqqiyotini zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk mutaxacsislarsiz tasavvur 
eta olmaganlar. Shu maqsad yo`lida o`tgan asr oxirlarida jadidlar butun Turkistonda 
yangi usul maktablari ochish zarurligini angladilar va ularni tashkil etish uchun harakat 
boshladilar. 

Yüklə 426,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə