O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»



Yüklə 163,79 Kb.
səhifə1/3
tarix03.05.2018
ölçüsü163,79 Kb.
  1   2   3

Aim.uz

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti

«Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»kafedrasi


O`rta zarafshon daryosi bioindikator organizmlari ekologiyasi xo`jalikdagi ahamiyati

«5850200 –Ekologiya va tabiatdan foydalanish» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun



BITIRUV MALAKAVIY ISh

Ilmiy rahbar_____ prof. .

«____»_________2012 y.

Bitiruv malakaviy ish Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2012yil «___»_____ dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (_______-bayonnoma).

Kafedra mudiri ________dots.

Bitiruv malakaviy ish YaDAK ning 2012 yil «___»________dagi majlisida

Himoya qilindi va ____ball bilan baholandi (____-bayonnoma).

YaDAK raisi: ___________


Samarqand -2012

«______»________2012 y.


MUNDARIJA

KIRISH


  1. Adabiyotlar sharhi…………………………………………………………

    1. O’rta Zarafshon daryosi bioindikator organizmlarni o’rganish tarixi………………………………………………………………………………

  1. Tadqiqot sharoitlar, ob’yekti va uslublari

2.1. Tadqiqot sharoitlari: Samarqand viloyatining tabiiy geografik tasnifi…………………………………………………………………………......

2.2. Tadqiqot ob’yektlari………………………………………………………….

2.3. Tadqiqot uslublari …………………………………………………………..

3. Tadqiqot natijalari……………………………………………………………..

3.1. O’rta Zarafshon daryosi bioindikator organizmlarining faunistik tarkibi………………………………………………………………………..……

3.2. Turlar tasnifi, ekologiyasi, tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati………………………………………………………………………….

3.3. Bioindikator organizmlarning ekologik komplekslari………………………..

3.4. Bioindikator organizmlarning ekologik komplekslari

Xulosalar va tavsiya ………………………………………………………….......
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….……..

Kirish
Tadqiqotning dolzarbligi. Bioindikator organizmlar bu o’zlarining mavjudligi yoki rivojlanish holati bilan muhitdagi o’zgarishlarni ko’rsatadigan tirik organizmlar guruhi hisoblanadi. Biz, malakaviy bitiruv ishi uchun tanlagan mavzu gidrobiontlar, ya’ni suv ostida hayot kechiruvchi organizmlar bo’lib ular nafaqat barcha umurtqasiz va umurtqali organizmlar uchun ozuqa manbaidir. Balki bu organizmlar suv muhitida yashab suvni iflos moddalardan tozalaydi, va shu sababli ularni tabiat sanitarlari deb ham atashadi [7,9,16].

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ldiki, gidrobiontlarning indikatorlik rolini o’rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Bu mavzuning o’rganishni dolzarbligini ko’rsatadi.

Tadqiqotning maqsadi. «O’rta Zarafshon daryosi bioindikator organizmlari ekologiyasi va xo’jalikdagi ahamiyatini» o’rganishdan iborat.



Tadqiqotning vazifalari:

  1. Samarqand viloyatining tabiiy geografik tasnifini ta’riflash

  2. Urta Zarafshon daryosi biondikator organizmlar o’rganish tarixini tahlil qilish, sistematik tarkibini aniqlash, turlariga tasnif berish, ekologik va biologik xususiyatlari tarqalishi ekologik komplekslarini, xo’jalikdagi ahamiyatini o’rganish va xulosalar chiqarish.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

Adabiyotlarni o’rganish va qisman o’zimizning O’rta Zarafshon suvlaridan terilgan materiallarni o’rganish natijasida bu suvlardan bioindikator organizmlarning turlar tarkibi, ekologik va biologik xususiyatlari, ekologik komplekslari (pelofil, peloreofil, reofil) ga doir ma’lumotlar olindi. Bu ma’lumotlardan umurtqasizlar zoologiyasi fanidan amaliy darslarni o’tishda, gidrobiologiya va sanitar biologiyasida ifloslangan suvlarning tarkibini aniqlashda foydalanish mumkin.



Ishning tuzilishi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi ______ betdan iborat bo’lib, kirish, 3 bo’lim, xulosalar va tavsiya, foydalanilgan (34) adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ish matnida ___jadval va ___rasm mavjud.

1. Adabiyotlar sharhi



O’rta Zarafshon daryosi bioindikator organizmlarining o’rganish tarixi

Zarafshon daryosi bioindikator organizmlarining ekologiyasi shu davrgacha maxsus o’rganilmagan. Biz [1] «Bezpozvonochnыye jivotnыye Zarafshanskoy dolinы» kitobida ayrim suv organizmlarning sistematik tarkibi tuzilishi, tarqalishi xususidagi ma’lumotlarni tahlil qildik.

O’rta Osiyo va xususan O’zbekiston Respublikasi suv havzalarida tarqalgan ikki pallali mollyuskali turlari xususidagi ma’lumotlarni va ularning bioindikatorlik xususiyatlarining prof.Z.Izzatullayevning [ 9,10] ishlarida mavjudligini maxsus ko’rsatib o’tish lozim. Ushbu ishlarda O’rta Osiyo va xususan Urta Zarafshon suv tiplarida ikkipallalilarning Unionidae oilasidan: Collectoptorum bactriana, cureum sagdionum, C.ponderosum Volgense; Corbiculidae - Corbicula cor., C.pureurea va C.Tluminalis, Corbiculina tibetensis C.ferghanensis lar qayd etilgan.

Xususan Z.Izzatullayevning [11,13], «Suvni tozaligini muhofaza qilishda mollyuskalarning ahamiyati» nomli maqolalarida mollyuskalarning indikatorlik roli maxsus tahlil qilingan.

Z.I.Izzatullayev va X.T.Boymurodovlarning «Vodnыye mollyuski basseyna reki Zarafshan kak obichnыy ekologicheskogo monitoringa» , 2009 yilda chop etilgan [21] monografiyasida yuqorida ko’rsatilgan ikkipallalilarning barchasiga ta’rif berilgan. Ularning ekologik komplekslari, tarqalishi va ahamiyati xususida ma’lumotlar keltirilgan. Oxirgi ko’rsatilgan monografiyada Zarafshon daryosi havzasida ilk bor baliqlar bilan ongsiz iqlimlashtirilgan Xitoy yoki Uzoq Sharq tishsiz ikkipallali mollyuskalarining Sinanodonta urug’idan - S.arbicularis, S.gibba va S.pueronumlar ta’riflangan. Prof.O.P.Bogdanovning [5] «Jivotniye Uzbekistana» kitobida barcha baliqlar turlari, suvda hayot kechiruvchi sut emizuvchi kemiruvchilardan Janubiy va Shimoliy Amerikadan akklimatizasiyalashtirilgan (iqlimlashtirilgan) ondatra (Ondatra ribetnica) va nutriya (Myocastor coypus) larning yashash tarzi, ko’payishi, hozirgi areali (tarqalish hududi) va ahamiyati, ya’ni ularning mo’ynalarini eng yaxshi qimmatbaho mahsulot sifatida ishlatilishi hamda, ularning sonini yanada ko’paytirish va qo’riqlash xususida muxtasar ma’lumotlar berilgan.

Ondatraning O’zbekistonga keltirilishi, oziqlanishi va tarqalishi xususidagi ma’lumotlar V.A.Moiseyev va D.Yu.Kashnarevlarning «O’zbekistonning hayvonot dunyosi» kitobida ham tasvirlangan va unda ularning rangli suratlari ham mavjud.

G.K.Kamilovning «Opredelitel rib Uzbekistana» [21] va «Rekomendasii po ispolzovaniyu rastitelnoyadnыx rыb v kachestve biomelioratorov v irrigasionnoy sisteme Uzbekskoy SSR» [25] aniqlagichi va tavsiyanomasida Zarafshon daryosi havzasi baliqlari har tomonlama to’liq o’rganilgan.

I.M.Mirabdullayev, Mirzayev U.T., Xegay V.N.larning [27] «Opredelitel rыb Uzbekistana» nomli kitobida yuqorida ko’rsatilgan G.K.Komilovning baliqlar xususidagi ma’lumotlarga Zarafshon daryosi suvlarida Uzoq Sharq, Oq amur kompleks iqlimlashtirilgan baliqlarni: oq amur, xumbosh kabilari keng muhokama etilgan.

Ushbu ma’lumotlar asosida I.M.Mirabdullayev, Mirzayev U.T., Kuzmetov A.R., Kimsanov Z.O. lar birgalikda «O’zbekiston va qo’shni hududlar baliqlari aniqlagichi» [28] uslubiy qo’llanmasida baliqlarning sistematik tarkibi, tavsifi, tarqalishi, biologiyasi, endem turlari, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati va ularni asrash muammolari to’liq ta’riflangan. Unda baliqlarning aniqlagichi va endem turlari jadvallari keltirilgan.

SamDU professori J.Laxanovning «Umurtqali hayvonlar zoologiyasi fanidan ma’ruzalar matni» [24] hamda «Umurtqali hayvonlar zoologiyasi» darslik kitobida [25] Zarafshon daryosi hududi baliqlari va suvning sut emizuvchi, kemiruvchilari – Ondatra, Nutriya kabilarga ham tasnif berilgan.

S.K.Xusenov, D.S.Niyozov va G.M.Sayfullayevlarning «Baliqchilik asoslari o’quv qo’llanmasida» baliqlarning anatomiyasi va biologiyasi hovuz baliqchilik xo’jaliklarini tashkil etish, ularni baliqlarni boqishda gidrotexnik inshootlari va suv bilan ta’minlash, naslchilik ishlari kabi turli-tuman masalalarni yechishga qaratilgan kitobda O’rta Zarafshon suvlari havzasidagi baliqlar ham o’rganilgan, ularning rangli suratlari, turli xil jadvallar, fermer xo’jaliklarida ko’paytirish usullari berilgan. Xullas, ushbu barcha organizmlar ifloslangan suvlarni filtrasiya qilishda ishtirok etib, bioindikator organizmlar hisoblanadi.

Yuqoridagilardan shu ma’lum bo’ldiki, O’rta Zarafshon daryosi bioindikator organizmlarini o’rganish bo’yicha maxsus izlanishlar o’tkazilmagan. Quyida bioindikator organizmlarning faunistik tarkibi, turlarining tasnifi, ekologiyasi, tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati batafsil bayon etiladi.


2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari

    1. Samarqand viloyatining tabiiy geografik tasnifi

Geografik o’rni. Samarqand viloyati Pomir Oloy tog’larining g’arbiy chegarasida, Zarafshon daryosi havzasining o’rta qismida joylashgan bo’lib, relyefi asosan kenglik bo’ylab cho’zilgan va shimoldan Turkiston tog’ tizmalarining tarmoqlari (Nurota tog’i, uning balandligi 2169 m, Oqtog’ 2003 m janubdan Zarafshon tog’ tizmalari bilan o’ralgan Zarafshon vodiysidan iborat. Vodiy shahardan (750-800 m) g’arbda (350 m) tomon pasayib boradi. U g’arbda 60-100 metrgacha kengayib, shimoliy –sharqda (viloyat hududining tashqarisida) Qizilqum cho’liga, janubiy g’arbda Karnab cho’liga o’tadi, shimoliy –sharqda Nurota cho’llari orqali Mirzacho’lga birlashadi. Vodiyning o’rtasidan Zarafshon daryosi oqib o’tadi. Vodiydan shimoliy qismda va uning janubida qiya tekisliklar joylashgan va tog’larga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon tog’ tizmasi (uning g’arbiy qismi) janubda Qashqadaryo viloyati bilan bo’lgan chegara bo’ylab cho’ziladi. Bu tizma dengiz sathidan (2388 m) asosan, paleozoyning kristalli shakllari va ohaktoshlardan iborat. G’arbda bu tizma tog’ asta-sekin pasayib borib, Kattaqo’rg’ondan janubda past-baland tepaliklardan iborat bo’lgan tekisliklar bilan qo’shilib ketadi. Asosan, kutli, slanes va magmatik jinslardan tashkil topgan. Nurota tog’i bir necha yirik organik birliklarga parchalanib ketgan. Foydali qazilmalaridan oltin, kumush, alyuminiy, volfram rudasi (Ingichkada), flyuarit, kvars, ohaktosh, granit tergel, gips, bektoniy gili, mineral boyliklar, oq marmar (Omonqo’ton, G’azgon, Jom) va 2007 yildan iborat (Nurota tog’larida) dunyoda yagona bo’lgan izloba marmarni qazish ishlari boshlanadi. Nurobodda Korun konlari va mineral buloqlar mavjud.
Iqlimi, suv manbalari, tuproqlari, o’simlik va hayvonot olami.
Iqlimi kontinental, quruq iqlim bulutli kunlar kam bo’ladi. Tekisliklarda qish iliq. Yanvarning o’rtacha harorati shimolda -20 S, tog’larda – 4,80 S, iyulning o’rtacha harorati 25-300 S, absolyut minimumi – 320 S, absolyut maksimum harorat 460 S ni tashkil etadi [ 28 ].

Yillik o’rtacha yog’in miqdori 200-881 mm va yog’inning 80 foizi qish va bahorda yog’adi. Qor 16-20 kun yotadi. 2011-2012 yil qishda qor 30 marta yog’di. O’simliklarning vegetasiya davri 269 (harorat 500 S dan yuqori) ko’p. Balandlikga ko’tarilgan sari harorat pasayadi. Iqlim harorati va sug’orish Samarqand viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, o’rik, uzum, anjir va anor o’stirish imkonini beradi. Oxirgi 10-15 yilda ushbu viloyatda subtropik o’simliklardan xurmo ham iqlimlashtirilgan.

Viloyatning asosiy daryosi – Zarafshon uning viloyat hududidagi qismining uzunligi 215 km bo’lib, Samarqand viloyati maydonida ikki tarmoqqa – Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Ushbu daryolar Yangirabot qishlog’i yonida yana qo’shilib Miyonkol orolini (1200 km 2 maydoni) hosil qiladi. Zarafщon daryosi muz qorlardan to’planadi. Tevarak-atrofdagi tog’lardan oqib turadigan soylar sug’orishga sarflangani uchun Amudaryoga yetmasdan tugaydi. Darg’om, Narpay, O’ng sohil Zarafshon, Eski anhor, Tuyatortar, Miyonkol –Xatirchi kanallari va Kattaqo’rg’on suv ombori ham ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Viloyatning janubiy-g’arbiy qismida oqadigan bir nechta soylar ham yozda qurib qoladi.

Tuproqlari, asosan bo’z tuproqlar. Tekisliklar va 500 m gacha balandliklardagi tog’ etaklarida och bo’z tuproqlar (sug’oriladigan yerlarda o’tloqi bo’z tuproqlar), 1500-1700 m balandliklarda bo’z tuproqlar, cho’l zonasida qumoq, taqirbo’z, qo’ng’ir tuproqlar va sho’rxok tuproqlar tarqalgan. Yong’oqzorlar va archazorlar tagida qo’ng’ir tuproqlar yanada balandliklarda qoramtir tuproqlar bo’lib, undan yuqorida tog’ o’tloqi va tog’ tundra tuproqlari uchraydi.

Yovvoyi o’simliklardan: chalacho’l va cho’l o’simliklari asosiy o’rinni egallaydi, tog’ yon bag’irlarida o’rmonlar uchraydi (archa, namataklar). Tog’ yon bag’irlaridagi tekisliklarda shuvoq va efemerlar, ya’ni tez qurib qoluvchi 1-2 yillik o’simliklar o’sadi. Daryo vodiylarida, dashtlarida sho’ra-galofolit o’simliklar o’sadi. Zarafshon daryosi vodiysida terak, jiyda, oblepixa-chakanda, tol, maymunjon, yo’lg’un va turli tuman to’qayzorlar mavjud. Tog’larda 1120-2700 m balandliklarda archa, pista, toshloq yer yon bag’irlarida bodomzorlar uchraydi. Samarqand shahri yaqinidagi Omonqo’tonda yong’oqzorlar ko’p.

Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, bo’ri, tekisliklarda jayron, tog’larda qo’ng’iz, ayiq, tog’ suvsari, to’qayzorlarda cho’chqa, to’qay mushugi, daryo suvsari, qushlardan tustovuq, tezvaloq, tog’larda kaklik, daryolarda baliqlar: qora baliq- marinka, laqqa baliq va hokazolar ko’p. Samarqand yaqinidagi Zarafshon qo’riqxonasida Buxoro jayroni pitomnigida iqlimlashtirilgan Buxoro kiyigi –Xongul yashaydi.


2.2.Materiali va o’rganish uslublari. Biz malakaviy bitiruv ishni bajarishda prof.Z.Izzatullayev va dos.X.T.Boymurodovning 2003-2011 yillarda Zarafshon daryosining turli suv tiplaridan ikkipallali mollyuskalarining terilgan kolleksioni materiallarini o’rganib chiqdik. Jami bo’lib 50 dan ortiq namunalar o’rganildi.

2.3. Tadqiqot uslublari. Materiallarni tahlil qilishda G.Zinberg (1985, 1984) ning bentos organizmlarni o’rganish, G.K.Komilov (1964,1985), K.M.Mirabdullayev, U.T.Mirzayev (2002), I.M.Mirabdullayev, U.T.Mirzayev, A.R.Kuzmetovlarning (2010)- baliqlarning aniqlagichlari prof. J.Laxanovning (2006) «Umurtqalilar zoologiyasi» kitobidan, hamda R.M.Karayev va K.S.Safarovlarning «Metodika kompleksnыx issledovaniy vodnыx ekosistem» (2011) uslubiy qo’llanmalaridan foydalandik. Barcha materiallardan ikkipallali mollyuskalar MBS-3 sterioskopik binokulyar mikroskop ostida tahlil qilindi. Bundan tashqari baliqlar va suvning sutemizuvchi kemiruvchilarini SamDU Tabiiy fanlar qoshidagi zoologiya muzeyi fondlaridan o’rgandik va tabiatda kuzatuvlar olib bordik. Barcha materiallarni aniqlashni ilmiy rahbarim professor Z.Izzatullayev nazorati ostida bajardim.

3. Tadqiqot natijalari.

3.1. O’rta Zarafshon daryosi bioindikator organizmlarining faunistik tarkibi.

Yumshoqtanlilar, mollyuskalar (Mollusca) tipi

Ikkipallalilar (Bivalvia) sinfi

Tishlilar (Unionidae) oilasi

Tishsizlar (Anodontinae) kenja oilasi

Xitoy tishsizlari (Sinanodanta) urug’i



  1. Orbikularis xitoy tishsizi – Sinanodonta orbicularis

  2. Gibba Xitoy tishsizi – Sinanodonta gibba

  3. Puerorem Xitoy tishsizi – Sinanodonta puerorum

O’rta Osiyo tishsizlari Colletopterum urug’i

  1. Sug’d tishsizi - Colletopterum Coreum sogdianum

  2. Bakteriya tishsizi - Colletopterum bactrianum

  3. Volga bo’yi kenja tishsizi- Colletopterum ponderosum volgense

Kesilgan eugleza - Euglesa obliguata

Umurtqalilar (Vertebrata) tipi

Baliqlar (Pisces) sinfi

Karpsimonlar (Syprimfermes) turkumi

Karplar (Ciprinus) urug’i

Yurakshakllilar (Corbiculidae) oilasi

Yurakshakllilar (Corbicula) urug’i

8. Yurakshaklli korbikula - Corbicula cor

9. Purpur rangli karbikula – Corbicula purpureo

10. Flyuminal karbikula Corbicula fluminalis

Kichik yurakshakllilar (Corbiculina) urugi

11. Tibet karbikulinosi – Corbiculina tibetensis

12. Farg’ona karbikulasi – Corbiculina ferganensis

Euglezalar (Euglesidae) oilasi

Eugleza (Euglesa) urug’i

13. Oq do’ngpeshona yoki oq xumbosh – Hypophthalimichthys molitrix

14. Zog’ora baliq – Cyprinus carpio

15. Qorabaliq – Schizothorax intermedius

16. Sharq oqchasi – Abramis brama orientalis

17. Oq Amur – Ctenopharyngodon idella

18. Samarqand xramuliyasi –Varicorhinus capoeta Steindachneri

Laqqasimonlar (Siluritormis) turkumi

Laqqa baliqlar (Siliridae) oilasi

Laqqa baliq (Silirue) urugi

19. Laqqa baliq – Siluris glanis

Sutemizuvchilar (Mamalia) sinfi

Olaxo’rjinlar (Cricetidae) oilasi

Ondatra (Ondatra) urug’i

Ondatpa yoki mushukli kalamush Ondatrazibethicus

Nutriya (Myocastor) urug’i

Nutriya yoki suv bobri Myocator coypus

Shunday qilib, O’rta Zarafshon daryosi bioindikator organizmlari umurtqasizlardan mollyuskalar tipi ikkipallalilar sinfining 12 turi va 3 oilasiga mansubdir; umurtqalilar tipi, baliqlar sinfi – 7 tur, 7 urug’ va 2 oila; sutemizuvchilar sinfi: 2 tur, 2 urug’ va 2 oilaga talluqlidir.

Jami bo’lib, ushbu hudud bioindikator organizmlari 2 tip, 3 sinf 7 oila

14 urug’ 21 turni tashkil etdi.



3.2. Turlar tasnifi, ekologiyasi tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati

Molyusskalar (Mollusca) tipi

Ikkipallalilar (Bivalvia) sinfi

Ikki pallali yoki plastika jabralilar, mollyuskalar tipining maxsus sinfiga mansub. Chig’anog’i ikki tovaqali, ular orqa tomonidan bir-biri bilan birikkan va u mollyuska gavdasini qoplab turadi. Ularning chig’anoqlari turli shaklda bo’lib, cho’zoq tuxum va yurakka o’xshash. Odatan ayrim jinslidir, biroq ajralgan suv tiplariga kirib qolsa yoki suv ifloslansa, ular germafrodit turga aylanishi kuzatiladi [7] Bu mollyuskalar erkin suzib yuruvchi ham tirik tuguvchi va tuxum qo’yuvchi urug’lari tarqalgan. Masalan, Urta Osiyoda karbikulalar oilasiga mansub Corbicula avlodi turlari shu guruhga kiradi [8] Bu to’g’rida quyida to’xtalib o’tamiz.

Tishsizlarning ko’plab turlarining lichinikalari – gloxidiyalari baliqlarning ektaparazitlari hisoblanadi. Ular ifloslangan suvlarni butun tanasidan jabralari orqali o’tkazib filtraydi va shu sababli, ularni indikator organizmlar deb atashadi [11] Uzbekistonda ularning nas, sonini kamaytiruvchi, endem va kam uchraydigan 8 turini prof.Z.Izzatullayev Respublikaning «Qizil kitob» lariga [31] kiritgan, biz o’rgangan suvlarda ularning 3 turi va 1 kenja turi yashashi aniqlangan, yuqoridagi sistematik tarkibda ular ikki sug’d - simvol bilan ko’rsatilgan.


Tishlilar (Unionidae) oilasi

Tishsizlar (Anodontinae) kenja oilasi


Zarafshon daryosi o’rta oqimida (Samarqand va Navoiy viloyatlari hududi) bu kenja oilaning Sinanodonta (Xitoy tishsizlari) urug’iga mansub 3 tur va Colletepterum (O’rta Osiyo tishsizlari) urug’idan 1 turi 2 kenja turning tarqalganligi aniqlangan [2,19]. Quyida ularning turlariga tasnif beriladi.

Xitoy (Sinanodonta) tishsizlari

1.Orbikularis - xitoy tishsizi - Sinanodonta orbicularis (3,2,1- rasm)



Terilgan joyi. Kattaqo’rg’on suv omboridan 2008-2011 yillarida iyun-iyul oylarida dos.X.T.Boymurodov tomonidan 10 dona chig’anoq terilgan.

Chig’anoq o’rta hajmda, devori yupqa keng chuzoq shaklda yoki keng cho’zoq uchburchakli, juda yassi, shu shakli bilan oxirgi turlaridan ajralib turadi. Chig’anoqning oldingi chekkasi keng doira shaklda, orqa tomoni yuqori qismi to’g’ri, pastkisi esa yumaloqlashgan va u qorin qismiga o’tadi. Mantiya chizig’i chuqurlashgan. Sadafi oq havo rang va qirmizi rang bilan tovlanadi. [9,19]

Chig’anoqning o’lchamlari: uzunligi 98 mm cho’qqisidagi balandligi 66 mm, qanoti cho’qqisidagi balandligi 67 mm, ikki pallasining qovariqligi 31 mm ga teng.

Ekologiyasi. Kanallyar, hovuzlar suv omborlarida loy orasida yarim ko’milib yashaydi va suv oqimida uchraydi. Pelorefil soni jihatidan juda kam uchraydigan, Urta Osiyo tekislik suvlariga iqlimlashtirilgan xitoy tishsizi hisoblanadi.


Xo’jalikdagi ahamiyati. Yaxshi filtrator [9,11]

Tarqalishi. Sharqiy Osiyo turi. Ilk bor uni prof.Izzatullayev Z. Toshkent viloyati «Baliqchi» xo’jaligi Oqqo’rg’on suv omboridan tergan. Endilikda u Zarafshon daryosining o’rta va quyi oqimlari suvlarida keng tarqalgan.



  1. Gibba Xitoy tishsizi - Sinanodonta gibba

( rasm)
Terilgan joyi. Yuqoridagi tur bilan va Narpay kanali suvlaridan X.Boymurodov tomonidan 15 dona chig’anog’i terilgan.



Chig’anog’i katta qalin devorli mo’tadil qavargan baland ko’tarilgan orqa qanoti bilan cho’qqilari keng, kam namoyon bo’luvchi. Chig’anoq pallalarining ustki tomoni ko’rinuvchi, o’suvchi chiziqlar bilan, mantiya chizig’i bazir ko’rinadi.

Chig’anoqning o’lchamlari: uzunligi 156 mm, cho’qqisidagi balandligi 105 mm, qanotining yuqoridagi balandligi 111 mm, ikki pallasining qovariqligi 57 mm ga teng.

Ekologiyasi. Loylar orasida yarim ko’paygan holda yashaydi, suvda 1-3,5 metrgacha chuqurliklarda kam oqimda uchraydi. Palareobiont – oqar suvda, loy orasida hayot kechiradi. Soni jihatidan boshqa turlarga nisbatan kup uchraydi.

Xo’jalikdagi ahamiyati. Yaxshi filtrator peloreofil. Chig’anog’ining qalinligi uni yengil sanoatda qo’llash mumkinligiga imkon yaratadi. Masalan, uning chig’anog’idan turli buyumlar –tugma, pol parketlarini bezashda qo’llash mumkin.

Tarqalishi. Sharqiy Osiyo turi, yuqoridagi tur bilan birgalikda O’rta Osiyo va xususan, Uzbekiston tekislik suv havzalariga iqlimlashtirilgan [20] va hozirgi kunda Zarafshon daryosi sohilida keng tarqalgan va soni jihatidan ko’p tur hisoblanadi.

  1. Puerorum. Xitoy tishsizi – Sinanodonta puerorum

(3.2.2.- rasm)



Terilgan joyi. Yuqoridagi tur bilan Oqtosh atrofi va Kattaqo’rg’on suv omboridan, uning 10 donasi tahlil qilindi.

Chig’anog’i yuqoridagi turnikidan katta o’rtacha qalinlikda juda ko’p qavargan va mo’tadil bo’rtgan cho’qqilari bilan va kam ko’rinuvchi mantiya chizig’i bor [9]

Chig’anog’ining o’lchamlari uzunligi 159 mm, balandligi 106 mm, ikki pallasining balandligi 63 mm.

Ekologiyasi. Yashash sharoitidagi yuqori 2 tur bilan o’xshash. Peloreofil oqimda loylar orasida yarim ko’milib yashaydi, soni jihatidan ko’p uchraydi.

Xo’jalikdagi ahamiyati. Yaxshi suv filtratori

Tarqalishi. Sharqiy Osiyo turi, yuqorida zikr etilgan turlar bilan birga Urta Osiyo, Tojikiston va Uzbekistonda tekislikdagi suv havzalarda yashaydi. U insonning ehtiyotsizligi tufayli baliqlar bilan bizning hudud suvlariga iqlimlashtirilgan.


  1. Sug’d tishsiziColletopterum cyreum sogdianum (Kobelt)

( 3.3.3. -rasm)
Terilgan joyi. Kattaqo’rg’on suv ombori Narpay kanali suvlaridan X.Boymurodov tomonidan 2008-2011 yillarda terilgan. Jami bo’lib, 12 dona.

Chig’anog’ining o’lchamlari 150 mm, cho’qqisidagi balandligi 80 mm, ikkipallasining balandligi 53,65 mm ga teng.

Ekologiyasi. Zarafshon daryosi qayrlarida, hovuzlarda, kanallar va suv omborlarida 2-2,5 m chuqurliklarda, ko’pincha 0,5-1,5 m yashaydi, reofil yaxshi detritofag va katta ikki pallali mollyuskalar orasida eng ko’p tarqalgan, soni jihatidan ham ko’p mollyuska hisoblanadi

Xo’jalikdagi ahamiyati. Yuqoridagi turlar kabi yaxshi filtrator hisoblanadi.




Dostları ilə paylaş:
  1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə