O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasining 2020-2021-O’quv yilida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan


III. 4. Iqtidorli talabalar bilan ishlash



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə11/17
tarix29.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#142575
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Мактабгача таълим методикаси -Тешабоев А.

III. 4. Iqtidorli talabalar bilan ishlash.
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasiga 14 nafar iqtidorli talabalar biriktirilgan bo’lib, reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan. Ularga bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashda kreativ va innovatsion faoliyatni takomillashtirishning dolzarb masalalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg’ulotlar samaradorligini oshirishda o’quv-metodik ta’minotni tizimli tashkil etish mexanizimi bo’yicha mashg’ulotlarda atroflicha ma’lumotlar berib borilmoqda. Mashg’ulotlar asosan to’garak mashg’ulotlarida jadval asosida kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasida 5 ta to’garak muntazam ravishta faoliyat olib boriladi.”Yosh adabiyotchi” nomli to’garakka jami 11 nafar talabalar qamrab olingan, to’garak rahbar etib T.Kazieva biriktirilgan, “Yosh matematik” nomli to’garakka jami 14 nafar talabalar qamrab olingan, to’garak rahbar etib, N.Mamadalieva biriktirildi. SHu bilan birga, “Ranglar jilosi” to’garagiga 16 nafar talabalar biriktirilgan, mazkur to’garakka S.Tadjibaev rahbarlik qilib kelmoqda. “Mohir qo’llar” “Sport salomatlik va bilim tayanchi” to’garagiga 18 nafar talabalar biriktirilgan, ushbu to’garakka D.Abdullajonova, rahbarlik qilib kelmoqda.
“Yosh matematiklar to’garagi ” ish rejasiga asosan olib borilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida “Matematik tasavvurlarni shakllantirish” mavzu bo’yicha 2021 yil 16 yanvarь va 30 yanvarь kunlari mashg’ulotlar o’tkazdi. Mashg’ulotlarda kattaliklar, geometrik figuralar, fazoviy tasavvurlar, miqdorlarga oid mavzularni o’z ichiga oladi.
5-19 fevralь kunlari fazoviy tasavvurlar, miqdorlar mavzusida M.Tairova tomonidan mashg’ulotlar olib borildi.
5-19 mart kunlari dotsent A.Teshaboev “Yangi pedagogik texnologiya” va “Mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyadan foydalanish” mavzusida mashg’ulotlar olib bordi.
3-17 aprelь kunlari N.Mamadalieva talabalarga “Ertaklar yordamida matematikani o’rgatish” mavzusida mashg’ulotlar olib bordi.
15-29 may kunlari “Arifmetik masalalar” va “Drammalashgan masalalar” mavzularida N.Mamadalieva tayyorlov guruhlari uchun mo’ljallangan qiziqarli mashg’ulotlarini olib bordi.
12-26 iyunь kunlari “O’yinlar orqali mashg’ulotlar o’tish”mavzularida N.Mamadalieva Maktabgacha ta’lim muassasalarining barcha guruhlari uchun mo’ljallangan qiziqarli mashg’ulotlarini olib bordi.
“Yosh adabiyotchi” to’garagi ish rejasiga asosan maktabgacha ta’limga hos bolalar adabiyoti, nutq tovushlari, ertak larni o’rgatishni oldiga maqsad qilib olgan.
16-30- yanvarь kunlari “Nutq tovushlari haqida tushuncha” mavzusida T.Kazieva mashg’ulotlar olib bordi.
5-19 fevralь kunlari Z.Madumarova “Unli va undosh tovushlar tasnifi” mavzusida mashg’ulot ishlarini olib bordi.
5-19 mart kunlari dotsent F.Kiyikboev “A.Navoiyning bolalarga xos ijodi” mavzusida qiziqarli mashg’ulot olib bordi.
3-17 aprelь kunlari Z.Madumarova “Bolalar adabiyotshunos olimi Raim Farxodiy” ijodiga mansub asarlardan parchalar orqali mashg’ulot o’tkazdi.
15-29 may dotsent F.Kiyikboev va T.Kazieva “Aka –uka Grimm ertaklari” asosida mashg’ulotlar o’tdilar.
16-17 oktabrь kunlari D.Abdullajonova “ Mohir qo’llar” to’garagi a’zolari bilan birga, qo’l mehnatlari asosida ko’rgazmalar tashkil etdilar.
12-13 dekabrь kunlari S.Tadjibaev “Ranglar jilosi” to’garagi a’zolari bilan birga amaliy mashg’ulotlar tashkil qildilar.

Kafedra to’garaklari talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’tiladigan mashg’ulotlarga dars ishlanmalar tuzish, yangi g’oyalar yaratish, ertaklar asosida mashg’ulotlar o’tkazish, qo’l mehnati orqali ko’rgazmalar tayyorlash va yasashlarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari “Hunarmandlar uyushmasi” a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan qo’g’irchoqlar bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.


Quyidagi iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot yo’nalishi bo’yicha ilmiy rahbarlari bilan hamkorligida mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy anjumanida o’zlarining maqolalari bilan ishtirok etdilar.Quyidagi iqtidorli talabalar ishtirok etib, maqola chop ettirdilar. E.R.Suleymanova “Maktabgacha taolim so’asida taolim samaradorligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari tщplami adu-2021 rolь izobrazitelьnoy deyatelьnosti v vsestoronnem razvitii rebenka doshkolьnogo vozrasta 58-59

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə