O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi 101-20-guruh talabasi Yakubov Shohrux Nozimjon o’g’lining



Yüklə 131,17 Kb.
səhifə2/7
tarix22.03.2024
ölçüsü131,17 Kb.
#180491
1   2   3   4   5   6   7
Mikroiqtisodiyot kurs ishi - Oligopoliya

II. Asosiy qism.
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil so’ z turkumlaridan biri ot so‘z turkumi hisoblanadi. Otning predmet nomini bildirishi kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo‘shiladigan kelishik qo‘shimchalari boshlang‘ich sinflardan o‘quvchilarga ma’lum. Mazkur so‘z turukumini o‘rganishda avvalo ana shu o‘rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida qayta xotirlash va qisman ijodiylikka asoslangan ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi. Takrorlash jarayonida “predmet” tushunchasiga kengroq to‘xtalish lozim. Predmet deganda nafaqat qo‘l bilan ishlash, ko‘z bilan ko‘rish yoki o‘lchash mumkin bo‘lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar ( ovqat, imorat), tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (toshqin, zilzila, momaqaldiroq), harakat nomlari (bilim, terim), belgi-holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodlilik, tashvish) ham tushiniladi. Otning lug‘aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintiktik vazifalariga oid zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar, asosan, amaliy ishlar orqali o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Dastur talabiga ko‘ra mazkur so‘z turkumi yuzasidan o‘quvchilarni otning lug‘aviy shakllari (son shakli, kichraytirish shakllari) atoqli va turdosh otlar, atoqli otlar, ularning turlari va imlosi, kishi nomlari, o‘rin-joy nomlari (toponimlar) va ularning imlosi, mahsulot nomlari va imlosi; turdosh otlar va ularning guruhlari (aniq va mavhum otlar, aniq otlarning ma’noviy guruhlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-koriga ko‘ra shaxs otlari, shaxsni boshqa jihatlariga ko‘ra atovchi otlar, shaxs otli birikmalar, hayvonot nomlari (zoonimlar), daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-buyum otalari, modda-ma’dan, xomashyo anglatuvchi otlar, o‘rin-joy (makon) otlari, payt (zamon) anglatuvchi otlar, mavhum otlar yuzasidan zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish ko‘zda tutilgan. “Ot” so‘z turkumini o‘rganish bu turkum haqida umumiy ma`lumot berish bilan boshlanadi. O‘quvchilar Toshkent, Buxoro, “G‘uncha”, “O‘zbekiston ovozi”, Ro‘zimurodova, gul, qo‘shiq, non, tuz, go‘zallik, sog‘lik, san`at, nafosat singari otlarning har biriga so‘roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir guruhdagi otlar uchun umumiy bo‘lgan ma’noni aniqlash va sharhlash orqali boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu mustaqil ishlarni bajarish natijasida ular quyidagi xulosaga keladilar: Kim? Nima? so‘roqlariga javob bo‘lib, yakka shaxs, narsa nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlarni atab keladigan so‘zlar ot turkumiga kiradi. [3.101]. Shundan so‘ng “Otlarning lug‘aviy shakllari” mavzusi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar, daraxt-daraxtlar, uy-uylar singari so‘zlarning shakli ustida ishlaydilar, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib, ko‘plikni ifodalovchi qo‘shimchalar ma’nosini sharhlaydilar. Atoqli otlar o‘rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so‘zlar ustida ish olib boriladi. Chunonchi berilgan so‘zlarni: 1) kishilarning ismi, familyasi, taxallusini ifodalovchi otlar; 2) jug‘rofiy nomlar; 3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari; 4) planeta va yulduzlarning nomi; 5) tarixiy hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy muassasalarning nomlari; 6) hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar kabi guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish “belgi nomiturdosh ot” qolipli qo‘shma toponimlar, “belgi nomi atoqli ot” qolipli jug‘roviy nomlar ro‘yxatini tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so‘z zaxirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilarning so‘z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun matndan shaxs otlarini ajratish, tub va yasamalariga ko‘ra guruhlash, ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlab guruhlarni kengaytirish, -chi, -vchi, -uvchi, -dosh, -kor, -zor, - shunos kabi qo‘shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari lug‘atini tuzish ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. O‘quvchilar egallagan bilimlarga asoslanib,istagan matndan otlarga so‘roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning aniqligi, ya`ni ishlash, ko‘rish o‘lchash mumkinligi va mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash muhim o‘rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, berilgan so‘zlar ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar lug‘atini shunday birikmalar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh yoki tobe so‘zga muvofiq keladigan tobe yoki bosh so‘zlar tanlash ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o‘quvchilari so‘z dovrug‘i, g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari kabi so‘zlarni topib qo‘shib, maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so‘z birikmalari hosil qiladilar. O‘quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradigan muammolardan biri qo‘shma otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan so‘z birikmalaridan joy nomlari hosil qilish (qora ko‘l-qorako‘l, yangi er-yangier, etti o‘g‘il-ettio‘g‘il, ko‘hna machit-Ko‘hnamachit, katta qo‘rg‘on-Kattaqo‘rg‘on v.h.) qo‘shma so‘zlarni so‘z birikmalariga aylantirish (paxtagul-paxta guli, boshog‘riq-bosh og‘rig‘i, badantarbiyabadan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog‘i, gulbozor-gul bozori, otbozor-ot bozori v.h.) berilgan qo‘shma so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o‘zlashtirishini ta`minlaydi.



Yüklə 131,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə