O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi 101-20-guruh talabasi Yakubov Shohrux Nozimjon o’g’lining



Yüklə 131,17 Kb.
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü131,17 Kb.
#180491
1   2   3   4   5   6   7
Mikroiqtisodiyot kurs ishi - Oligopoliya

Kurs ishining maqsadi: Kichik maktab yoshidagi bolalarga ot so’z turkumi savodxonligini va ushbu mavzu bo’yicha bilish faolligini oshirish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Bolalarga ot so’z turkumi haqida dastlabki va umumiy tushunchalar berish;

  • Bolaning uzluksiz ta’lim olishida ot so’z turkumining muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlash;

  • Bolalarda ot so’z turkumini bilish faolligini oshirish yo’llarini o’rganish.

Kurs ishining ob’ekti: Ot so’z turkumi.
Kurs ishining predmeti: Bolalarga ot so’z turkumi to’g’risida batafsil tushunchalar berish.
Kurs ishining metodik asoslari: Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektordagi nutqi hamda Qosimova K. va boshqalar. - Ona tili o‘qitish metodikasi. - T.: Noshir, 2009, Hamroev.A. O`zbek tilidagi ma’ruzalar majmuasi kabi metodikalarni o’z ichiga jamlaydi.
Kurs ishining metodlari: kuzatish, ilmiy-nazariy, pedagogik, psixologik, uslubiy adabiyotlar tahlili, bolalar hujjatlari bilan tanishish va o’yinli texnologiyalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ta’lim tizimida kadr tayyorlashning pedagogic asoslari yuzasidan bolalarga tavsiyanomalar uzluksiz ta’lim tizimining respublikas, viloyatdagi ta’lim muassasalarining o’qituvchilari, pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda va ish faoliyatida foydalanishlari tavsiya etiladi.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 4 ta reja, umumiy xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


  1. Reja.

  1. Otning leksik-grammatik xususiyatlari

P redmetning nomini (keng ma’noda) bildiruvchi mustaqil so‘z turkumiga ot deyiladi. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlar kim? nima? kimlar? nimalar? savollaridan biriga javob beradi: o‘qituvchi, xonanda, tilshunos – kim?, er, suv, tuz, non – nima? kabi.

Keng ma’noda predmet ma’nosini ifodalash otning leksik xususiyatidir. Predmetlik ma’nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabi), er va osmonga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog‘ , tosh, daryo kabi), kundalik turmushga oid narsalarning nomi (tuz, non, choynak, qatiq kabi), o‘simliklarning nomi (paxta, sholi, jo‘xori, beda kabi), voqea-hodisa, belgi, xususiyat va munosabatlarning nomi (to‘y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash kabi), o‘rin va vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik kabi), shuningdek atab qo‘yilgan shaxs va predmet nomlari (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O‘qituvchi» nashriyoti kabi) ifoda etadi.


O t shu ma’no xususiyati jihatidan ikki turga bo‘linadi: turdosh otlar va atoqli otlar. Kitob, daftar, tinchlik – turdosh otlar; Samarqand, Akmal, «Qora ko‘zlar» (roman), «Fan» (nashriyot) - atoqli otlar.

Ot o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega, ya’ni:


1) Ot son kategoriyasiga ega, ya’ni predmet anglatuvchi so‘zlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi. Otlar birlik sonda yakka bir predmetni ifodalaydi: daraxt – yakka bir predmet, birlik son shaklida kelgan; daraxtlar - noaniq ko‘plik son shaklida kelgan;
2) ot egalik kategoriyasiga ega, ya’ni predmetning uch shaxsdan biriga (so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga shaxsga) taalluqliligini, qarashliligini, maksubligini bildiradi: mening daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi;
3) ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma’nosiga ega bo‘lib, bu kelishik shakllari otning boshqa so‘zlarga bo‘lgan sintaktik munosabatini ifodalaydi (Barnoning kitobi, kitobni o‘qidi, kitobdan foydalandi kabi);

Ot o‘ziga xos sintaktik belgilarga ham ega:


1) ot ot bilan bog‘lanadi. Bosh va qaratqich kelishigidagi otlar ana shunday xususiyatga ega: paxta g‘ururimiz, farzandning baxti kabi;
2) ot fe’l bilan bog‘lanadi, ya’ni tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar fe’l bilan birikadi: xatni o‘qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan, xatdan ko‘chirdi kabi;
3) ot ba’zan sifat, ravish, son, olmosh, taqlid va undov so‘zlar bilan ham birika oladi: osmon tiniq, uylar ko‘p, beshta bola, maqsadim shu, dupur-dupur ovoz, holiga voy kabi;
4) bosh kelishik shaklidagi ot gapda asosan, ega va kesim, ba’zan sifatlovchi-aniqlovchi, izohlovchi kabi gap bo‘laklari vazifasida, shuningdek, undalma, nominativ gap tarzida keladi. Masalan: O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat (I.Karimov). Olim kishi o‘zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Seni ulug‘layman, ey ona xalqim (A.O.) Subhidam. Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi (P.Q.);
5) Qaratqich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi: Sen Pushkinning sevgan malagi (A.O.);
6) tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar to‘ldiruvchi, hol, ba’zan kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi (S.A.). Bog‘ chada daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi (O.). Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda. (Maqol).
Demak, otning qanday sintaktik vazifada kelishi uning qaysi kelishik shaklida kelishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, ot so‘z turkumi so‘z yasalish xususiyatiga ega. Ot so‘z turkumi faol so‘z yasalish usullari morfologik, sintaktik va faqat ot so‘z turkumi yasaydigan abbreviatsiya usuli bilan yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, sevinch (morfologik usul bilan); belbog‘ , ko‘zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); DAN, ToshDPU (abbreviatsiya usuli bilan) kabi.

Otlarda modal shakl yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma’no otning leksik ma’nosiga kengaytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq, ta’kid, umumlashtirish kabi qo‘shimcha ma’nolarni qo‘shish bilan hosil qilinadi: qizcha, qo‘zichoq, bo‘taloq, bolagina, Karimjon, Ra’noxon, un-pun, non-pon kabi.






  1. Yüklə 131,17 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə