O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi 101-20-guruh talabasi Yakubov Shohrux Nozimjon o’g’lining


Otlarda son va egalik kategoriyalari



Yüklə 131,17 Kb.
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü131,17 Kb.
#180491
1   2   3   4   5   6   7
Mikroiqtisodiyot kurs ishi - Oligopoliya

Otlarda son va egalik kategoriyalari.

  1. Otlarda son kategoriyasi.

Otlarga xos morfologik xususiyatlardan biri son kategoriyasidir. Otlarda son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan birlik son shakli va ko‘plik son shakli tashkil etadi.
Birlik son shaklida qo‘llanuvchi otlar yakka bir predmetni yoki yakkalikni ajratilmaydigan predmetni anglatadi: qalam, daftar, tog‘ , uy, talaba kabi. Birlik son shaklida qo‘llangan ot maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega emas. Shuning uchun otning bunday qo‘shimcha olmagan shakli (nol ko‘rsatkichli shakl) grammatik jihatdan birlik son shakli deb qaraladi.
Ko‘plik son shaklida qo‘llanuvchi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (yoki noaniq ko‘plikni) anglatadi: qalamlar, daftarlar, tog‘lar, uylar, talabalar kabi.
Otlarda grammatik ko‘plik son shakli –lar affiksi bilan hosil qilinadi.
Ko‘rinadiki, otlardagi birlik ma’nosi va ko‘plik ma’nosi hamda bularni ifoda etuvchi shakllar yig‘indisi son kategoriyasini hosil qiladi.
Otlarda son kategoriyasini birlik va ko‘plik ma’nosida qo‘llana oladigan otlarga xosdir. Sanash mumkin bo‘lgan, bevosita predmetni anglatadigan konkret turdosh otlar birlik shakli bilan birga ko‘plik son shaklida ham qo‘llanadi: xona – uchta xona – xonalar; bola – besh bola – bolalar kabi.
O‘zbek tilida birlik va ko‘plik son shakliga ega bo‘lgan otlar bilan bir qatorda faqat birlik shaklida qo‘llanadigan otlar ham mavjud.
Bunday otlarga abstrakt otlar (sevgi, ishonch, ko‘ngil kabi), donalab sanalmaydigan predmetlarni anglatuvchi otlar (un, suv, yog‘ , guruch kabi), yakka bir predmetni anglatuvchi otlar (til, bosh, yurak kabi), juft predmetni anglatuvchi otlar (ko‘z, qosh, qo‘l, etik, paypoq kabi), atoqli otlar (Zulfiya, Toshkent, Sirdaryo kabi) kiradi. Ayrim hollarda bu otlarga –lar ko‘plik affiksi qo‘shila oladi. Bunday holda –lar ko‘plik ma’nosini emas, balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:
1. Abstrakt otlar, yakka bir predmetni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda –lar affiksi qo‘shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy).
2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga –lar affiksi qo‘shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo‘llik kabi ma’nolarni bildiradi: Zilol suvlar, eram kabi bog‘u-bo‘stonlar (G‘ayratiy).
3. Atoqli otlarga qo‘shilganda esa umumlashtirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi.
Shuningdek, qarindosh-urug‘lik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda, bu otlar hurmat ma’nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi.
Otlarda ko‘plik ma’nosi turli xil usullar bilan ifodalanadi.
1. Otlarda ko‘plik ma’nosi , asosan, -lar affiksini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Ko‘plik ma’nosining bunday maxsus grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanishi ko‘plikning morfologik usul bilan ifodalanishi sanaladi: eshiklar, ko‘chalar kabi. Bunday otlarga grammatik jihatdan ham, semantik jihatdan ham ko‘plik son shaklida deb qaraladi. Otlarda ko‘plik ma’nosi, asosan shu usul bilan ifodalanadi.
2. Otlarda ko‘plik ma’nosi leksik ma’nosi ko‘p predmetni bildiradigan otlar orqali ham anglashiladi. Bunday otlar birlik shaklida bo‘lsa ham, bir turdagi predmetlarning to‘dasini, jamini bildiradi: to‘da, gala, aholi, xalq, olomon kabi. Ko‘plik ma’nosini bunday jamlovchi otlar orqali ifodalanishi leksik-semantik usul deyiladi. Bunday ma’nodagi otlarga grammatik jihatdan birlik shaklda, lekin semantik jihatdan ko‘plikda deb qaraladi.
3. Otlarda ko‘plik ma’nosi ot oldidan miqdor bildiruvchi ravishlar, sanoq sonlar, gumon olmoshlarini keltirish, so‘zlarni takrorlash bilan ham hosil qilinadi. Bu usul bilan ko‘plik ma’nosining ifodalanishiga sintaktik usul deyiladi: ko‘p bola, uchta kitob, bir necha qiz, dasta-dasta gul, to‘da-to‘da odam kabi.

Yüklə 131,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə