O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə14/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Piyoda o‘choq – oshxonada boshqa o‘choqlardan alohida qurilgan o‘choq, shuningdek, ochiq hovlidagi alohida o‘choq; yerga qurilgan, og‘zi osmonga qaragan tandir.
Ko‘ra (forscha) – o‘choq. Tunuka temirdan tarnov shaklida yasalgan, kabob pishiriladigan asbob.
Doshqozondagi jajji gumbazday sap-sariq palovning, ko‘kish tutun chiqib turgan ko‘ralardagi sixkabobning hidi hamma yoqni tutib ketgan (S.Siyoyev, Avaz).
Manqal (arabcha) – (ko‘chma o‘choq; otashdon, o‘tdon) ko‘mir bilan yoqiladigan ko‘chma o‘choq.
Samovarchi bo‘shagan choynaklarga choy damlab, yana manqal ustiga qo‘ydi (S.Ayniy, Doxunda).
Qoraqalpoq tilida:

ishlatiladigan buyum.
Қазан ошақтан түсирилди (“Эмиўдэья” ж.)
O‘choqning har xil turlari mavjud bo‘lib, ular Qoraqalpoq tili izohli lug‘atida quyidagicha izohlangan: жер ошақ – yerga qazib ishlangan o‘choq; темир ошақ – doira shaklida temirdan ishlangan o‘choq; тандыр ошақ – tandir shaklida loydan qilingan o‘choq; шай ошақ – qumg‘onda choy qaynatishga ixchamlashtirilgan o‘choq. Hozirgi qoraqalpoq tilida ошақ deganda ovqat pishirishga yoki choy damlashga mo‘ljallangan, loy yoki g‘ishtdan ishlangan qurilma tushuniladi.
O‘zbek hamda qoraqalpoq tillarida o‘choq atamasi garchand boshqacha talaffuz qilinsa-da, bir xil ma’noni bildirish bilan bir qatorda, tuzilishi, qanday materialdan yasalganligi, qay holatda qurilganligi bilan farqlilikni yuzaga keltiradi. Masalan, o‘zbek tilida o‘choq deganda faqat ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan buyum tushunilsa, qoraqalpoq tilida choy qaynatish uchun ham oshaq atamasi ishlatiladi.
Qardosh xalqlar madaniyatida yuqorida keltirilgan misollar kabi bir-biriga o‘xshash yoki tamoman farqlanuvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari ham borki, ularning etimalogiyasi bilan qiziqish xalqning nafaqat til bilan bog‘liq jihatlarini balki, lingvokulturologiya sohasiga oid taraflarini ham ochib beradi. Bunday leksemalarga juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, qoraqalpoq leksikologiyasiga oid bo‘lgan atlaw – ayron sipqorish uchun yog‘ochdan maxsus ishlangan predmet, gubi – qatiqni pishib ayronga aylantirib yog‘ini olish uchun mo‘ljallangan, uzunligi bir metr chamasidagi silindr formali yog‘ochdan ishlangan idish, piskek – chelakning ichiga suqib sumbalaydigan uzun sopli etib ishlangan xo‘jalik buyumi, kergi – to‘rtburchak, ikki burchagida bog‘ichi bor qoshiq, pichoq va boshqa mayda chuyda narsalarni solib osib qo‘yiladigan idish turi, mardan – qamishdan to‘qilgan, don va boshqa narsalar solib qo‘yiladigan, balandligi odam bel-ko‘krak qismiga teng keladigan dumaloq idish, saba – ot terisidan qimiz quyish uchun maxsus ishlangan mesh, sebet – tol chiviqdan to‘qilgan tovoqqa o‘xshagan idish, kabi leksemalar o‘zbek tilida uchramaydi. Chunki ular qoraqalpoqlarning necha asrlar davomida shakllanib kelgan tarixi, madaniyati, turmush tarzi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan bo‘lib, qoraqalpoq tili leksikasini boyitadi.
Bundan tashqari Qoraqalpoq tilida uy-ro‘zg‘or buyumlari ishtirok etgan shunday so‘z birikmalari ham borki, bu kabi birikmalar xalqning madaniyati bilan bog‘liq holda shakllangan bo‘lib, bir necha xil ma’nolarni ifodalashda qo‘llaniladi. Bularga misol sifatida pichoq so‘zi ishtirok etgan so‘z birikmasining bir necha xil variantlarini olishimiz mumkin:


  1. Yüklə 150,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə