O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Tovoq so‘zining sinonimi sifatida



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə12/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Tovoq so‘zining sinonimi sifatida:
Қырма - ovqаt solinаdigаn, mеtаlldаn ishlаngаn kichkinа idish.
O‘zbek va qoraqalpoq xalq madaniyati bir-biriga juda yaqin bo‘lib, har ikki tilda qo‘llaniladigan so‘zlarning ma’nolari ham deyarli bir xil. Faqat bu kabi so‘zlarning ko‘pchiligini ikki qardosh xalq tilida boshqacha nom ostida qo‘llanilishini guvohi bo‘lamiz. Yuqoridagi izohli lug‘atlardan yig‘ilgan materiallar asosida shuni ta’kidlash joizki, tovoq atamasi har ikki tilda mavjud, ammo shunisi e’tiborliki, ularning hajmiga, taomning turiga, qaysi materialgan ishlanganligiga ko‘ra turlari o‘zbek va qoraqalpoqchada boshqa-boshqa nom ostida qo‘llanilar ekan. Xususan, o‘zbek tilida qo‘llaniladigan norin tovoq, osh tovoq hamda damtovoqlarni olaylik. O‘zbek milliy taomlari xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan nega aynan osh tovoq yoki norin tovoq kabi atamalar bugungi kunga qadar faol qo‘llaniladi?
Biz yaxshi bilamizki, osh hamda norin o‘zbek xalqining milliy taomlaridan biri hisoblanib, bayramlarda, yig‘inlarda yoki mehmon kelganda uni izzat-ikromda kutib olish uchun, asosan, shu ikki taom tayyorlangan. Osh hamda norin taomlari katta tovoqlarda suzilgan, shu bois ham tovoqga taom nomi bilan bunday nisbat berilishi taom suziladigan tovoqning hajmini ham belgilab bergan. Damtovoq ham shular jumlasidan bo‘lib, oshning ustini yopib, damlab qo‘yish uchun katta-katta tovoqlardan foydalanilganligi bois ham damtovoq deganda katta hajmli tovoqlar tushunilgan.
O‘zbek tilida tovoqning hajmi ba’zi o‘rinlarda taomning turiga ko‘ra aniqlansa, qoraqalpoq tilida har bir tovoqning hajmiga ko‘ra alohida nomlari mavjud ekan. Masalan, зерен (kichkinа bеzаkli tovoq), шанақ (kichkinа tovoq), керсен (kаttа yog‘och tovoq).
Qoraqalpoq tilida ba’zi bir tovoqlarga bu kabi alohida nom berilishi qadimgi urf-odatlarga ko‘ra bugungacha saqlanib kelgan bo‘lishiga qaramasdan kam iste’moldagi so‘z hisoblanadi.

ip o‘tkazib, narsa tikishga mo‘ljallangan ingichka metall asbob (mashina igna, tepchik igna, qaviq igna).
Juvoldiz (forscha) – xalta, qop tikish uchun ishlatiladigan yo‘g‘on, egik igna.
So‘ngra lattaga o‘ralgan ikkita juvoldizni yerdan olib, ikkalasini terakka sanchdi (M.Osim, Karvon yo‘llarida).
O‘ktam supachada o‘tirib, juvoldiz bilan yirtiq qop-qanorlarni tikayotgan kampir qoshiga keldi (Oybek, O. v. shabadalar).
Qoraqalpoq tilida:

  • 2. Ийне – tikish uchun temirdan ishlangan qurol.

Тебен – ignaning eng yirik turi.
Шуўда ийирип күннен бурын, Тебен алып кемпир келип,
Үзигиниң жыртық жерин, Жамап алмақ оның ойы (С. Мэжитов).
Igna har bir xalq va millatda bor bo‘lib, biror narsani tikish uchun ishlatiladigan temirdan ishlangan qurol hisoblanadi. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari ham ignadan foydalanishadi, ammo ignaning hajmiga ko‘ra katta turining nomlanishi farqlilikni, shu bilan birga ikki qardosh xalqning turkiy tillardan so‘z olishda mushtarak belgilarini bildiradi. Xususan, o‘zbek tilida kam iste’molda bo‘lgan, fors tilidan o‘zlashgan, yirik igna ma’nosida qo‘llaniluvchi juvoldiz so‘zini olaylik. Ignaning bu turi qoraqalpoqlarda teben shaklida qo‘llanilar ekan. Demak, katta igna ma’nosini beruvchi so‘z ikki xalq tilida boshqa-boshqa atama sifatida ishlatilinar ekan. Bu holat qardosh tillar orasidagi farqlilikni yuzaga keltirsa, o‘zbeklarda igna deya ishlatiladigan so‘zning qoraqalpoqlardagi iyne atamasi tillar orasidagi qisman mushtaraklikni yuzaga keltiradi.
Izlanishimiz natijasida ushbu so‘zni Mahmud Qoshg‘ariyning XI asrda yaratilgan “Devonu lug‘otit turk” asarida esa teman yigna tariqasida qo‘llanilganining guvohi bo‘ldik.

  • 3. Sandiq (arabcha) – (quti, yashik) turli buyumlarni, bisotlarni solib

qo‘yishga mo‘ljallangan, ochilib-yopiladigan qopqoqli, qulf-kalitli, yashik shaklidagi uy-ro‘zg‘or buyumi.
Sandiq ichida podshoh in’om qilgan oltinning bir qismi hamyoni bilan turgan edi (P.Qodirov, Yulduzli tunlar).

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə