O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə2/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqot muammosi va tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra quyidagilar vazifa sifatida belgilandi:
1) lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi va ilmiy asoslanishini belgilash;
2) til va madaniyatning o‘zaro aloqasini o‘rganish;
3) o‘zbek va qoraqalpoq tillarida leksema, so‘z va so‘z birikmalarini lingvokulturologiya sohasi yuzasidan qiyoslash;
4) ikki til miqyosida lingvokulturologiyaning predmeti sanalgan muqobilsiz leksika va lakunalarni tahlil qilish;
5) til birliklarining miflashgan ko‘rinishlari: arxitep va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlarni o‘zbek va qoraqalpoq tillarida lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish;
6) til etalonlari, stereotip va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalarni o‘zbekcha va qoraqalpoqcha variantlarini qiyoslab tahlilga tortish;
7) tilning paremiologik va frazeologik fondini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu tadqiqotda o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi til birliklari lingvokulturologik jihatdan ilk bor qiyosiy tadqiq qilindi va quyidagi jihatlarga e’tibor qaratildi:
- o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi leksema, so‘z va so‘z birikmalari lingvokulturologiya sohasi yuzasidan qiyoslab o‘rganilindi va oradagi tafovutlar aniqlab ko‘rsatildi;
- ikki til miqyosida muqobilsiz leksika va lakunalar lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi;
- o‘zbek va qoraqalpoq tillarida til birliklarining miflashgan ko‘rinishlari: arxitep va miflar, tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi va misollar orqali qiyoslab o‘rganildi;
- o‘zbekcha va qoraqalpoqcha til etalonlari, stereotip va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar variantlari qiyoslab tahlilga tortildi;
- o‘zbekcha – qoraqalpoqcha paremiologik va frazeologik birliklar o‘rganildi va ularning o‘xshash hamda farqli jihatlari misollar orqali ochib berildi.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə