O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə7/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda jahon tilshunosligida keng qo‘llanilgan va qo‘llanilayotgan an’anaviy hamda sistem-struktur metoddan va uning tarkibiy qismi bo‘lgan oppozitsiya, distributsiya, transformatsiya hamda glottoxronologik usullardan, falsafaning umumiylik va xususiylik, voqelik va imkoniyat, tilshunoslikning sinxron tavsiflash va diaxron metodlaridan keng foydalanildi, shuningdek, qiyosiy-tarixiy, statistik tahlil usuliga murojaat etildi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
- o‘zbek va qoraqalpoq tillarida leksema, so‘z va so‘z birikmalarini lingvokulturologiya sohasi yuzasidan qiyoslash;
- ikki til miqyosida lingvokulturologiyaning predmeti sanalgan muqobilsiz leksika va lakunalarni tahlil qilish;
- til birliklarining miflashgan ko‘rinishlari: arxitep va miflar (asotir va rivoyatlar)ni ikki tilda qiyoslab o‘rganish;
- tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlarni o‘zbek va qoraqalpoq tillarida lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish;
- til etalonlari, stereotip va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalarni o‘zbekcha va qoraqalpoqcha variantlarini qiyoslab tahlilga tortish;
- ikki qardosh tilning paremiologik va frazeologik fondini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish va boshqalar.
Ishning ilmiy yangiligi. Ushbu tadqiqotda o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi til birliklari lingvokulturologik jihatdan ilk bor qiyosiy tadqiq qilindi va quyidagi jihatlarga e’tibor qaratildi:
- o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi leksema, so‘z va so‘z birikmalari lingvokulturologiya sohasi yuzasidan qiyoslab o‘rganilindi va oradagi tafovutlar aniqlab ko‘rsatildi;
- ikki til miqyosida muqobilsiz leksika va lakunalar lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi;
- o‘zbek va qoraqalpoq tillarida til birliklarining miflashgan ko‘rinishlari: arxitep va miflar, tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi va misollar orqali qiyoslab o‘rganildi;
- o‘zbekcha va qoraqalpoqcha til etalonlari, stereotip va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar variantlari qiyoslab tahlilga tortildi;
- o‘zbekcha – qoraqalpoqcha paremiologik va frazeologik birliklar o‘rganildi va ularning o‘xshash hamda farqli jihatlari misollar orqali ochib berildi.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə