O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Bitiruvchi ___________________ Shukurova Sevara



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə4/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Bitiruvchi ___________________ Shukurova Sevara
Ilmiy rahbar _________________ f.f.n., dots. Qodirov Quvondiq


O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA TIL BIRLIKLARINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI


MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………….…7-13
ASOSIY QISM:
I BO‘LIM. Lingvokulturologiyaning tarixiy va nazariy asoslari………..…...14
1.1. Lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi va o‘rganilishi…….14-19
1.2. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi…………………………………...20-25
II BO‘LIM. Lug‘aviy birliklarning o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi qiyosiy tadqiqi……………………………………………………………………….…..26
2.1. Leksema, so‘z va so‘z birikmalari……………………………….…….26-35
2.2. Muqobilsiz leksika va lakunalar……………………………………….36-49
III BO‘LIM. Lingvokulturemalarning o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi qiyosiy tadqiqi……………………………………………………………….….50
3.1. Mifologiyalashgan til birliklari, ramz, stereotip va o‘xshatishlar …..…50-59
3.2. Tilning paremiologik va frazeologik fondi………………………….…60-69
XULOSA…………………………………………………………………….70-72
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………..……73-77
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”1 - degan bebaho so‘zlari tilning jamiyatdagi rolini yorqin aks ettiradi. Zotan, ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi tarixiy taraqqiyotni tilsiz tasavvur qilish mumkin emasligini ham ta’kidlab o‘tadi.
“O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari azaldan ma’naviyati, milliy madaniyati, qadriyatlari bir xil bo‘lgan, har ikkisi o‘z ona tillari – o‘zbek va qoraqalpoq tillarida so‘zlashuvchi millat vakillaridir. Xalqlarning bunday mushtarakligi o‘zaro hamjihatlikni, shuningdek, tillararo munosabatlarni yanada mustahkamlashni taqozo etadi.
Milliy istiqlol tufayli Qoraqalpog‘iston hududida o‘zbek va qoraqalpoq tillarining rasmiy davlat tili sifatida yonma-yon iste’molda bo‘lishi, ta’lim tizimida o‘rganilishi bu tillarni tilshunoslikning turli sohalari bo‘yicha qiyosiy nuqtai nazardan o‘rganish, umumiy va xususiy jihatlarini aniqlash maqsadida tadqiq qilish zaruriyatini vujudga keltiradi”2.
Hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e’tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan lingvokulturologiya masalalari ko‘pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo‘lsa-da, biroq to‘la qonli o‘z yechimini topgan emas. Bugungi kunda ushbu soha bilan bog‘liq bir qancha ishlar amalga oshirilganligini alohida e’tirof etish mumkin, ammo o‘zbek va qoraqalpoq tillarida til birliklarining qiyosiy lingvokulturologik tadqiqi yuzasidan tadqiqotlar olib borilmagan.
Turkiy tillarga mansub bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq tillari kelib chiqishiga ko‘ra bir o‘zak ildizga borib tutashsa-da, ularning lingvokulturologiya sohasi bilan bog‘liq holda tadqiq qilinadigan leksema, so‘z va so‘z birikmalari, mifologiyalashgan til birliklari, paremiologik fondi ya’ni frazeologizm, maqol va matal, o‘xshatish, ramz va stereotiplar, muloqot shakllari, nutqiy etiketlari, umushlashtirib aytganda til birliklari, xususan, lingvokulturemalari bilan bog‘liq tafovutlar mavjud. Tilshunoslikning lingvokulturologiya sohasi bilan bog‘liq ana shunday tomonlarini ko‘rsatib berish bugungi kun tilshunosligi uchun dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shunday ekan, mazkur bitiruv malakaviy ishimiz ayni mana shu masala – tilshunoslikning yangi sohasi hisoblangan lingvokulturologiyani ikki til (o‘zbek va qoraqalpoq tili) miqyosida qiyosiy tadqiq qilishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə