O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


BMIning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə6/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
402. Shukurova S. BMI

BMIning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot mavzusi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan.
BMIning maqsad va vazifalari. Tadqiqot ishida lingvokulturologiyaning fan sifatida shakllanishi va ilmiy asoslanishi, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va bog‘liqligi, bu bog‘liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqari (madaniyat)da aks etishi bilan bog‘liq hodisalar hamda leksema, so‘z va so‘z birikmalari, mifologiyalashgan til birliklari, paremiologik fondi ya’ni frazeologizm, maqol va matal, o‘xshatish, ramz va stereotiplar, muloqot shakllari, nutqiy etiketlari, umushlashtirib aytganda til birliklari, xususan, lingvokulture-malarni belgilash va o‘rganish mazkur ishning maqsadini tashkil qiladi. Tadqiqot muammosi va tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra quyidagilar vazifa sifatida belgilandi:
1) lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi va ilmiy asoslanishini belgilash;
2) til va madaniyatning o‘zaro aloqasini o‘rganish;
3) o‘zbek va qoraqalpoq tillarida leksema, so‘z va so‘z birikmalarini lingvokulturologiya sohasi yuzasidan qiyoslash;
4) ikki til miqyosida lingvokulturologiyaning predmeti sanalgan muqobilsiz leksika va lakunalarni tahlil qilish;
5) til birliklarining miflashgan ko‘rinishlari: arxitep va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlarni o‘zbek va qoraqalpoq tillarida lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish;
6) til etalonlari, stereotip va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalarni o‘zbekcha va qoraqalpoqcha variantlarini qiyoslab tahlilga tortish;
7) tilning paremiologik va frazeologik fondini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish;
BMIning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti xalq madaniyatining tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog‘liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalar hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o‘ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash va tadqiq etishdan iboratdir. Xalq madaniyatining tilda yorqin ifodasini o‘zida namoyon etuvchi noekvivalent leksika va lakunalar, tilning stilistik jamlanmasi, til birliklarining miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek va qoraqalpoq nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari mazkur BMIning tadqiqot predmeti sifatida belgilanadi.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə