O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə9/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi

Til madaniyatning asosiy ifoda birligi bo‘lib, ayni vaqtda madaniyatlararo muloqot jarayonida asosiy vazifani bajaradi. Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirilishi chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytiradi. Bu kabi lingvomadaniy yondoshuvlar tufayli til o‘rganuvchilar nafaqat tilni, balki tili o‘rganilayotgan xalqning an’analari va urf-odatlarini o‘rganadi, boshqa madaniyatga nisbatan xurmatda bo‘lib, o‘z madaniy merosimiz orqali boshqa xalqlarning e’tiqodlarini hurmat qila boshlaydi.
Madaniyatshunoslik insoniyatning tabiat, jamiyat, san’at, tarix va boshqa ijtimoiy va madaniy jarayonda o‘z-o‘zini anglashi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rgansa, tilshunoslik tilda dunyoning lisoniy manzarasini kognitiv modellari ko‘rinishida aks etuvchi dunyoqarashni o‘rganadi. Lingvomadaniyatshunoslikning asosiy tadqiqot mavzusi doimiy o‘zaro bog‘liq holatda bo‘lgan til va madaniyat hisoblanadi.
Madaniyat haqida biror narsa o‘rganishda tilning realiyarini tushunish zarur bo‘ladi. Til nafaqat madaniyat bilan bog‘liq: u uning tarkibida rivojlanadi va uni o‘zida ifoda ettiradi. Til bir vaqtning o‘zida madaniyatni aks ettirishi va rivojlantirishi, madaniyatning yaxlit holda saqlanishi uchun asosiy vositadir.
Shu jihatdan ham til va madaniyat masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunoslar turlicha yondashadi.
Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o‘rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning tadqiqotchisiga aylanadi”22 degan tezisi tilshunoslikni shakllanishidan boshlab tasdiqlanib kelmoqda.
Til va madaniyatning o‘zaro munosabati V. fon Gumboldtning ta’limotida batafsil yoritilgan: 1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi; 2) har qanday madaniyat milliydir, uning milliy xarakteri tilda dunyoni o‘ziga xos ko‘rish vositasi bilan ifodalanadi; tilga har bir xalq uchun o‘ziga xos bo‘lgan ichki shakl xosdir; 3) tilning ichki shakli – “xalq ruhi” va madaniyatining ifodasi; 4) til inson va uning o‘rab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanadi.
V. fon Gumboldtning qarashlari A. Potebnyaning “Tafakkur va til”, Sh.Balli, J.Vandriyez, I.A.Boduen de Kurtene, R.O.Yakobson va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida o‘ziga xos talqin qilingan.
E.Sepirning “Tilshunoslik va madaniyatshunoslik bo‘yicha tanlangan asarlari” (“Избранные труды по языкознанию и культурологии” M., 1993.)da madaniyat – turmush tarzini tavsiflovchi, ijtimoiy meros qilib olingan amaliy malakalar va g‘oyalar majmuyi (185-bet) deya izohlangan. Ammo uning yana bir boshqa talqiniga ko‘ra, madaniyat – jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning tanlab olinishi (193-bet).
E.Sepir “til oldin paydo bo‘lganmi yoki madaniyatmi?” degan savolga o‘zining asarida quyidagicha javob bergan: “Til madaniyatdan oldin paydo bo‘lgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi” (42-bet). Adabiyotlarda aytilishicha, til milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq E.Sepirning fikrlariga ko‘ra, til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning ijtimoylashgan qismidir (265-bet).
E.Sepir til va madaniyatning mushtarakligini nutq ham madaniyat ham konseptual tanlab olishni talab qiladi (60-bet). Tillar ham, madaniyatlar ham kamdan kam holatlarda o‘z-o‘zicha yetarli bo‘ladi (173-bet). Jamiyatni nima qilishi va nimani o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni aniqlash mumkin” (193-bet) degan fikrlari bilan izohlaydi.
Til va madaniyat bir-biriga qanday ta’sir qilishini o‘z asarida quyidagicha ta’kidlagan: “Til madaniyatga nisbatan madaniyatni to‘plash va uni meros qilish kumulyativ xususiyatiga ega bo‘ladi. Chunonchi, kumulyativlik ham oddiy, ham rivojlangan tillar va madaniyatlarning xususiyatidir (233-bet). Bundan tashqari Sepirning fikricha, madaniyatni saqlanib qolishining asosiy shakllaridan biri “maqollar, standartlashgan duolar, qarg‘ishlar, xalq rivoyatlari, nasl-nasab shajarasi” hisoblanadi. Tildagi farqliliklar madaniyat farqliliklarini ko‘rsatadi (245-bet)23.
Til va madaniyat 1) kommunikativ jarayonlarda; 2) ontogenez (inson lisoniy qobiliyatlarining shakllanishi)da; 3) filogenez (insonning irsiy va ijtimoiy shaklla-nishi)da o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Ushbu ikki mohiyat 1) tilda ommaviy adresat (so‘zlovchi murojaat qilgan kishi)ni belgilash hodisasi, madaniyatda saralanganlik qadrlanadi; 2) madaniyat (tilga o‘xshash) belgilar tizimi bo‘lsa-da, u o‘zicha tashkil bo‘la olmaydi; 3) til va madaniyat turli semiotik tizimlardir24.
“Til va madaniyat” masalasi favqulodda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgani uchun mazkur masalaga turlicha yondashiladi:
Birinchi yondashuv rus faylasuflari S.A.Atanovskiy, G. A. Brutyan, Ye. I. Kukushkin, E. S. Markaryanlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy mazmuni quyidagicha: til va madaniyatning o‘zaro aloqasi bir tomonga bo‘lgan harakatdir; til borliqni aks ettiradi, madaniyat esa bu borliqning ajralmas qismidir, til madaniyatning in’ikosidir.
Ikkinchi yondashuv E. Sepir va B.Uorf maktabining qarashlarida o‘z aksini topgan. Mazkur gipotezaning asosida insonlar olamni o‘z ona tillari vositasida turlicha ko‘rishadi. Tilda aks ettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til borliqni o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining “olamning lisoniy manzarasi”ga ko‘ra farqlanadi. E. Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli subyektlarning qan-
day tillarda fikrlashiga bog‘liqdir25.
Uchinchi yondashuvga ko‘ra, til madaniyatning dalilidir: 1) til – biz ajdodlarimizdan meros qilib olgan madaniyatning tarkibiy qismi; 2) til - madaniyatni o‘zlashtirishning asosiy vositasi; 3) til – barcha madaniy hodisalarning eng muhimi.
Shunday qilib, lingvokulturologiya – o‘z ichiga olgan jonli milliy tilni va tilda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni ijtimoiy-madaniy protsessda o‘rganuvchi gumanitar soha sanaladi. U tilning fundamental funksiyalaridan biri bo‘lib, tilning rivojlanishi, saqlanishi, shuningdek, madaniy translyatsiyasini o‘z ichiga oladi.
Til va madaniyatning o‘zaro yaqinligi ya’ni aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o‘rganishga imkon beradi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) til va madaniyat inson va xalqning dunyoqarashini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir;
2) til va madaniyat o‘zaro diologda mavjud: nutq subyekti va uning adresati hamma vaqt madaniyat subyekti sanaladi (etiket shakllari: salomlashish, urf-odat bilan bog‘liq rasm-rusum va hokazolar);
3) har ikkala shakl individual yoki umumiy mavjudlik shakliga ega, ya’ni til va madaniyat subyekti – hamma vaqt individual yoki ijtimoiy, shaxs yoki jamiyat sanaladi;
4) til va madaniyat uchun umumiy belgi bu umumiylikdir;
5) tarixiylik – “til va madaniyat” uchun (“ dinamika” (o‘zgaruvchanlik) yoki “statika” (turg‘unlik)) eng asosiy xususiyat sanaladi;
6) madaniyat xalqning o‘ziga xos tarixiy xotirasidir. Til esa o‘zining kumulyativ (to‘ldiruvchi) xususiyatiga ko‘ra o‘zida o‘tmish xotirasini saqlaydi va to‘ldirib boradi, shu kabi qator xususiyatlari ularni yagona metodologik asosda o‘r-
ganish imkonini berdi;
Lingvokulturologiya uchun taraqqiyotga nisbatan madaniyatni o‘rganish muhimroq sanaladi, chunki taraqqiyot moddiy, madaniyat esa ramziydir. Mif, urf-odatlar, marosimlar madaniyatga xos, ular xalqning turmushi va marosimlari shaklida til birliklari va ifodalarida jo bo‘ladi. Shu sababli, ulardagi til birliklari lingvokulturologiyaning obyekti sirasiga kiradi.
O‘zbek tilshunosligida “til va madaniyat” masalalari bilan eng ko‘p shug‘ullangan olim professor Nizomiddin Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab...” nomli maqolasida “til” va “madaniyat” tushunchalari haqida quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, ko‘pincha, “nutq madaniyati” deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi madaniyatning aynanligini aslo ko‘rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, (to‘g‘risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o‘rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xo‘jalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)” emas, balki “kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuyi (madaniyat tarixi, o‘zbek madaniyati)” demakdir”26.
N. Mahmudov tilga ehtirom ko‘rsatish va unga e’tibor berishni ta’kidlab, quyidagilarni yozadi: Til benihoya muqaddas va mo‘tabar ne’mat, u odam degan mavjudotga shakllantirilgan, qavmlar o‘laroq birlashtirgan, taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan bemisl bir robitadir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik insoniyatning o‘zligiga nopisandlik demkdir. Tilga ehtirom va e’tibor esa bu dunyoda inson bolasi muhtaramligining e’tirofidir”27.
V. fon Gumboldning “Tilda xalq ruhi aks etadi degan fikri N. Mahmudovning asarlarida o‘ziga xos tarzda davom ettirilganini ko‘rish mumkin: “...tilda xalqning urf-odati, yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, qisqasi, xalqning borbudi, bo‘y-basti aks etadi. Muayyan xalqning tilini bilish uning butun borlig‘ini anglash demakdir. Muayyan xalq tilining mazmunu mohiyatini idrok etish shu xalqning tarixiyu kelajagini idrok etish demkdir. Til xalqning bebaho va muqaddas boyligidir, xalqning har bir asl farzandi o‘z tilida sobit va o‘z tiliga sodiq bo‘lmog‘i azal-abad ham qarz, ham farz”.
Olim buyuk nemis tilshunosi Yakob Grimmning “Xalq haqidagi saqlanib qoladigan eng jonli guvoh – bu uning suyagi, foydalangan ish qurollari yoki qabri emas, balki uning tilidir” degan fikrini Mahmudov shunday rivojlantiradi: “Xalq o‘z tili haqida uning ibtidosidan boshlab ma’lumotga ega bo‘lsa, bu tilning turfa tovlanishlariyu, tarang va lo‘nda mantiqini chuqur his eta olsa, o‘zining uzoq va murakkab tarixini ham chuqur his eta oladi, tarixidan faxrlana oladi, o‘zinikidan boshqa tillarning xam muqaddasligiga. Har jihatdan hurmatga loyiqligiga imon keltira oladi. Bu esa xalqning o‘zligini anglashi demakdir” .
Darhaqiqat, til bilan madaniyat o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik mavjud. Aslida madaniy til xalq madaniyatining bir qismi. Lekin til bilan madaniyat o‘rtasida determinizm, sabab-natija munosabati yo‘q. Buning dalili sifatida shuni ko‘rsatish mumkinki, ba’zi hollarda ma’lum xalq o‘z madaniyatini saqlagan holda, tilini o‘zgartirishi mumkin. Til shakli bilan madaniyat shakli bir-biriga muvofiq kelmagan holatlar ham uchraydi. Xususan, bir-biriga yaqqol qarindosh bo‘lgan xuta va navaxo tillarida gaplashuvchi qabilalar butunlay boshqa-boshqa madaniyatga ega. Aksincha, pueblo va pleyi hindu qabilalari juda yaqin madaniyatga ega bo‘lib, tamomila boshqa-boshqa tillardan foydalanishadi. Yoki Markaziy Osiyoda o‘zbek va tojik xalqlari tamomila boshqa-boshqa sistemadagi tillarga mansub bo‘lsalar-da, bir-biriga juda yaqin madaniyatga ega.
Xullas, N.I.Jinkin aytganidek, “til madaniyatning tarkibiy qismi va uning vositasidir. U ruhimizning borlig‘i, madaniyatimizning ko‘rinishidir; u milliy mentallikning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Til inson oldida tafakkur sohasini ochgan mexanizmdir”.



Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə